«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya


«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix01.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#170481
1   2   3   4
ZDIF16023

«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy 
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
 
atrofdagi o‘rtoqlariga, faqat o‘zing uchun emas, boshqalar uchun ham muhim 
bo‘lgan faoliyatga nisbatan xudbinlik, beparvo munosabatning namoyon 
bo‘lishiga ziddir.
O‘quvchilarda uyushqoqliq, mas’uliyat asoslari, burch, adolat hissi, 
mehribonlik, insonparvarlik kurtaklari tarbiyalangan bo‘lsa, do‘stlik 
munosabatlari birinchi sinfdanoq ularning xush ko‘rishlik, ijobiy, do‘stona 
munosabatlarini rivojlantirishga asoslanadi, bu o‘quvchilarning xayrixohlik 
munosabatlari uchun nihoyatda muhimdir. Birgalikdagi rang-barang o‘quv 
faoliyati har bir bolada o‘zaro do‘stlik munosabatlarini rivojlantirish va uchun 
hal qiluvchi ahamiyatga egadir. 
Ta’lim-tarbiya jaranida o‘zaro do‘stlik munosabatlarining yu’aga kelishida 
sifat jihatidan siljish kuzatiladi. Bu o‘qituvchining o‘quvchilarga yuqori talablar 
qo‘yishiga: dars paytida, topshiriqlarni bajarishda o‘rtoqlari bilan aloqa bog’lash, 
tengdoshlari bilan birgalikda umumiy faoliyat uchun sharoit yaratish, 
boshqalarning qiziqishlari, istaklari bilan hisoblashish, yordam ko‘rsatishga 
imkon beradi. 
Pedagog o‘quvchilarni yakka tartibdagi va birgalikdagi faoliyatga jalb etar 
ekan, ularni yaxshi ishlarga mashq qildiradi, insonparvarlik tuyg’ularini 
shakllantiradi, atrofdagilarga (o‘qituvchiga, o‘rtoqlariga) quloq solish, ularga 
hurmat bilan munosabatda bo‘lish istagini uyg’otadi. 
Boshlang’ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarda o‘rtoqlari bilan salomlashish, 
minnatdorchilik bildirish, ulardan xushmuomalalik bilan iltimos qilish, boshqa 
bolalar yonida ularga halaqit bermay o‘qish, yoish, topshiriqlarni bajarish, 
o‘rtoqlarini kerakli vaziyatlarda tinchgina kutish ko‘nikmalarini tarbiyalaydi. 
Darsdan tashqari vaqtlarda o‘quvchilardan bir-birlari bilan xushmuomalalik 
bilan munosabatda bo‘lish, o‘rtoqlariga qo‘lidan keladigan xizmatlar ko‘rsatish, 
tengdoshlari bilan birgalikda turli o‘yinlar o‘ynash, yon bosish malakalarini 
mustahkamlaydi. 
Pedagog asta-sekin o‘quvchilarda o‘rtoqlariga nisbatan maylni, yaxshi 
mehribon bo‘lishiga intilishini tarbiyalashni davom ettiradi, bolaga o‘zining 
yomon odatlaridan uyalish kerakligini uqtiradi. 
2-3-sinflarga o‘tgach, boshlang’ich sinf o‘quvchilarida tengdoshlari bilan 
birgalikdagi o‘quv faoliyatiga, o‘yinlarga, ular bilan muloqotda bo‘lishga ehtiyoj 
aniq ifodalangan bo‘ladi. Bu ijtimoiy ehtiyoj oz’aro do‘stlik munosabatlarini 
rivojantirishning zamini hisoblanadiki, bu ham muhim tarbiyaviy vazifadir.
O‘quvchilarga nisbatan bu vazifa tengdoshlari bilan muloqotda, yaxshi 
natijalarga erishganda quvonch hissini rag’batlantirishdan iborat bo‘ladi. Shu 
bilan birga o‘qituvchi o‘quvchilarni o‘zaro munosabat qoidalarni buzilishini 


95 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin