«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya



Yüklə 20,39 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.12.2023
ölçüsü20,39 Kb.
#193177
ZDIF1517



70 
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy 
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
 
YANGI O’ZBEKISTON BOSIB O’TAYOTGAN YO’L 
Abduvokhidova Shakhribonu 
Samarkand State Institute of Foreign Languages 
princess13082001@gmail.com 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6554989 
Annotatsiya
: Ushbu tezisda O’zbekistonning erishgan va erishayotgan yutuqlari, 
yangiliklar, olib borilayotgan islohotlar va ularning strategiyasi haqida so’z 
yuritilgan. 
Kalit so’zlar:
Yangi O’zbekiston, gender tengligi, iqtisodiy taraqqiyot,rivojlanish 
strategiyasi. 
Bugun O'zbekiston o'z mustaqil taraqqiyotining sifat jihatdan yangi bosqichiga 
qadam qo'ydi. Bu yo'lda u jahonning ko'plab mamlakatlari va yirik xalqaro 
tashkilotlari bilan turli sohalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, 
xorijiy davlatlar bilan do'stona hamda o'zaro manfaatli munosabatlarni 
rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishilyapti. 
Aytish mumkinki, davlatimiz rahbari bugungi kunda nafaqat O'zbekiston, balki 
Markaziy Osiyoning farovonligi uchun jon kuydirayotgan, mintaqani sanoati 
rivojlangan, obod va dunyo bilan keng integratsiyalashgan hududga aylantirish 
orzusi bilan yashab, shunga monand mehnat qilayotgan etakchi sifatida 
namoyon bo'lmoqda. 
Qisqa davr ichida O'zbekiston xalqi mamlakatimizning jahon hamjamiyatida 
munosib o'rin egallashiga asos bo'luvchi ulkan yutuqlarni qo'lga kiritdi. SHunga 
monand ravishda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan islohotlar va 
modernizatsiya jarayoni, jumladan, qo'shni mamlakatlar bilan aloqalarni 
mustahkamlash bo'yicha siyosatni dunyo hamjamiyati e'tirof etmoqda.
Yana bir muhim xususiyati shundaki, unda Yangi O'zbekiston — demokratiya, 
inson huquq va erkinliklari borasida umume'tirof etilgan norma va printsiplarga 
qat'iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do'stona hamkorlik tamoyillari 
asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon 
hayot yaratib berishdan iborat bo'lgan davlat ekani alohida qayd qilingan. 
Bu demokratik o'zgarishlar esa kimlargadir yoqish, maqtanish, turli reytinglarga 
kirish uchun emas, balki xalqimiz, avvalambor, yosh avlodimizning bugungi 
hayoti va ertangi istiqbolini o'ylab, milliy manfaatlarimiz yo'lida amalga 
oshirilmoqda. Ayniqsa, “inson huquq va erkinliklari”, “qonun ustuvorligi”, 
“ochiqlik va oshkoralik”, “so'z erkinligi”, “din va e'tiqod erkinligi”, “jamoatchilik 
nazorati”, “gender tenglik”, “xususiy mulk daxlsizligi”, “iqtisodiy faoliyat 


71 
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy 
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
 
erkinligi” singari fundamental demokratik tushunchalar va hayotiy ko'nikmalar 
hozirgi vaqtda real voqelikka aylanib borayotgani e'tiborlidir. 
Yangi O'zbekiston iborasida haqida to'xtalganda, eng avvalo, yangicha iqtisodiy 
munosabatlar, yangicha iqtisodiy dunyoqarash ko'z oldimizda gavdalanadi. 
O'tgan besh yilda bu borada qilingan ishlarni sanab adog'iga etolmaysiz. endi 
ko'p yillardan buyon odamlarni qiynab kelgan elektron kartochkadagi pullarni 
bankomatlar orqali naqd pulga aylantirish, milliy valyuta kursining “qora 
bozor”da — bir xil, banklarda esa boshqacha bo'lishi, xorijiy val yutalarni sotib 
olish, fuqarolikka ega bo'lish, O'zbekistonning istalgan hududidan uy-joy va mol-
mulk sotib olish hamda ularni ro'yxatga qo'yish bilan bog'liq qator muammolar 
tarixda qoldi. 
So'nggi besh yilda davlatimiz rahbarining mustahkam siyosiy irodasi tufayli 
tadbirkorlar o'z biznesini rivojlantirish uchun erkinlik va yangi- yangi 
imkoniyatlarga ega bo'lmoqda, dehqon va fermerlar, klaster xo'jaliklari o'zlari 
etishtirgan hosilning haqiqiy egasiga aylanmoqda. Bularning barchasi 
Prezidentimizning Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo'lida tunu kun 
tinim bilmasdan, bor bilim va tajriba, kuch va imkoniyatlarini safarbar 
etayotgani hamda bu jarayon tobora kuchayib, yangi sifat bosqichiga ko'tarilib 
borayotganidan dalolat beradi. 
Xulosa qilib aytish joizki, tarixiy jarayonlarning qaynoq izlarini o'zida mujassam 
etgan ushbu keng qamrovli maqola mard va olijanob xalqimiz Prezident Shavkat 
Mirziyoev rahbarligida keyingi yillarda qanday og'ir va mashaqqatli, shu bilan 
birga, sharafli rivojlanish yo'lini bosib o'tayotganini, o'z kuchi, o'z salohiyati 
bilan yangi O'zbekiston davlatini barpo etayotganini bamisoli ko'zgudek yorqin 
aks ettiradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Mirziyoev sh.m. o'zbekiston respublikasi rivojlanishining 2017-2021 yillarga 
mo'ljallangan 
beshta ustvor yo'nalishi bo'yicha “harakatlar strategiyasi”.-t.: o'zbekiston, 2017. 
2. Mirziyoev sh.m. qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt 
taraqqiyoti 
va 
xalq 
farovonligi 
garovi. 
–t.: 
o'zbekiston, 
2017. 
3.mirziyoev sh.m. yoshlar tarbiyasida besh tashabbus. -t.: o'zbekiston, 2018 
4. Mavlonova r., b. Normurodova, n. Rahmonqulova, tarbiyaviy ishl
AR 
METODIKASI. 
-T.:"TIB-KITOB",
2010. 
5. Ortiqov n.o., jo’rayev a.j. maktab, oila va jamoatchilik hamkor
LIGI 
KENGASHI.T.: 
“O’QITUVCHI”,
1989. 
6. Ochilov m. “muallim – qalb me’mori” t.: “o’qituvchi” 2001.
 

Yüklə 20,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin