145 «Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» nomli ilmiy-amaliy konferensiya -
rahbarning boshqaradigan tizim maqsadini chuqur tushunishi, uni umum
jamiyat maqsadi bilan muvofiqlashtira olishi boshqarishda taktik va strategik
tomonlarni hisobga olib, istiqbolni belgilashiga zamin hozirlaydi.
-
boshqarish maqsadini belgilash, uning mazmuni va boshqarish usul,
vositalarini optimal belgilash imkoniyatini beradi;
Boshqarishning uzluksizligiga ham jiddiy e’tibor berish kerak. Ta’lim tizimi
uzluksiz bajaradigan vazifasi jihatidan bir-biriga bog’liq umumiy maqsad-komil
insonni shakllantirishni amalga oshiradi. Bunda har bir bo’g’in o’z vazifasiga ega.
Demak boshqarishning maqsadi, funksiyasi va tuzilishi uning shakli va
mazmunini belgilab berar ekan. Mazmun esa shaklni belgilaydi. O’z navbatida
shakl ham mazmunga ta’sir ko’rsatadi. Boshqarish funksiyasi faoliyatda amalga
oshadi. Tizimning mavjudligi uni boshqarish jarayonini amalga oshirilishi bilan
xarakterlanadi. Boshqaruvchi kishining faoliyati aniq va maqsadga qaratilgan
ma’lum talablardan iboratdir.
Boshqarish vazifasi mohiyatli zaruriy, takrorlanuvchi xarakatlar majmui
bo’lib, yagona mazmun va maqsadga qaratilgan. Bunda boshqarish faoliyati bir-
biriga bog’liq va alohida vazifalarni o’z ichiga oladi bunda boshqarish vazifalari
rejalashtirish, tartibga solish, tashkil etish, sozlash, muvofiqlashtirish, nazorat,
rag’batlantirish, izlash, faollashtirish, hisob-kitob kabi harakatlar orqali amalga
oshiriladi. Boshqarish vazifalarini amalga oshirish uchun ta’lim muassasasida
boshqarish tizimini tashkil etiladi. Bu asosan boshqarish sub’ekti direktor oliy
o’quv yurtlarida esa rektor o’z navbatida boshqarish bo’g’inlarini tashkil etadi.
Shu bo’g’inlar orqali u boshqarish ob’ektiga ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir mavjud
ob’ekt rivojlanishini tezlashtirishga xizmat qiladi. Yuqorida aytilganidek,
boshqarish sub’ektlar faoliyatining harakatlari majmui bo’lib, har xil vazifalarni
ado etish hisoblanadi.
Xulosa: Ta’lim muassasalari faoliyatini maqsadli boshqarish yosh avlod
tarbiyasida, o’quv-uslubiy faoliyatni modernizatsiyalash hamda innovatsion
texnologiyalarni joriy qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda yangi
o’sib kelayotgan avlodning ta’lim sohasida tashkil etilgan zamonaviy moddiy-
texnik bazasidan unumli foydalanishni ta’minlash, oliy va o’rta maxsus ta’limi
tizimidagi yo’nalishlar va mutaxassislar bo’yicha davlat ta’lim standartlari, o’quv
dasturlari, o’quv-metodik adabiyotlarni qayta ko’rib chiqish va takomillashtirish
borasida ko’plab ishlar amalga oshirildi.