17.Raqamli ishlov berish tezkorligini oshirish yo’llari Zamonaviy kompyuter o‘zaro bog‘langan - protsessorlar, tezkor xotira modullari va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish
qurilmalaridan iborat bo‘lishi mumkin. -rasmda bitta markaziy protsessorga ega bo‘lgan kompyuterning tuzilish chizmasi
keltirilgan
Ko‘pgina zamonaviy kompyuterlar ikki va undan ortiq sathlardan iboratdir. Nolinchi sath – bu kompyuterning apparat taminoti
sathi hisoblanadi. Raqamli mantiqiy sath, ya’ni nolinchi sath ob’ektlari ventillar, ya’ni uzgich-ulagichlar deb ataladi. Ular
yordamida - I, ILI, NE (AND, OR, NOT) kabi oddiy mantiqiy funksiyalar bajariladi Birinchi sath – mikroarxitektura sathi deb
ataladi. Ushbu sathga tegishli bo‘lgan elektron sxemalar mashinaga bog‘liq bo‘lgan dasturlarni bajaradi, ya’ni kompyuterda
ishlatilgan protsessorga mos keladigan dasturlarni bajaradi. Masalan Intel, Apple, DEC va boshqa xil protsessorlarga mos
bo‘lgan dasturlar. Birinchi sathda 8-ta yoki 32-ta registrlardan iborat lokal xotira va arifmetik mantiqiy qurilma (Arithmetic
Logical Unit - ALU) deb nomlangan . Ikkinchi sath – buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathi deb ataladi. Kompyuter ishlab
chiqaruvchi har bir firma, o‘z kompyuterida ishlatilgan protsessorga mos mashina tiliga oid qo‘llanma ham taqdim etadi. U
tavsifi keltirilgan buyruqlar to‘plami interpretator-mikrodastur yoki apparat ta’minoti tomonidan bajarilishi va bu sathga oid
ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. Uchinchi sath – operatsion tizim sathi. Ushbu sath gibrid sath hisoblanadi. Operatsion tizim
sathining bunday deb atalishiga sabab, uning tilidagi ko‘pchilik buyruqlar, undan pastroqda joylashgan buyruqlar to‘plami
arxitekturasi sathida ham, mavjuddir. Biron bir sathga tegishli buyruqlar, boshqa bir sathda ham ifodalanishi va ishlatilishi
mumkin. Operatsion tizim sathi ba’zi bir qo‘shimcha xususiyatlarga ega. Bu – unda xotiraning boshqacha tashkil qilinganligi, bir
vaqtda ikki va undan ortiq dasturlarni bajara olish imkoniyatining borligi, hamda operatsion tizim sathining yangi buyruqlar
to‘plamiga ega ekanligi xususiyatlaridir To‘rtinchi va beshinchi sathlar – dasturchilar uchun ishlab chiqilgan quyi va yuqori sath
tillaridan iboratdir. To‘rtinchi sath - turli xil protsessorlar uchun ishlab chiqilgan turli xil assembler tillaridan iborat bo‘ladi.
Beshinchi sath esa amaliy dasturchilar uchun mo‘ljallangan yuqori sath tillari - C, C++, Java kabi tillardan tashkil topgan bo‘ladi