Korxonalarda yangiliklarni ishlab chiqishning tashkiliy texnalogik tayyorlash asoslari
Boshqaruv - ijtimoiy mehnat jarayoni
Boshqaruv - ijtimoiy mehnat jarayoniga ishlab chiqarish rivojlanishining ob’ektiv qonunlari asosida yo’naltirilgan tarzda ta’sir o’tkazish tizimi, har bir ishchining va butun jamoaning mehnatini bir vaqtning o’zida nazorat qilish, motivatsiya va tartibga solish usulidir. Moddiy boyliklar va ne’matlar hamda ularga tenglashtirilgan qadriyatlarni taqsimlash, iste’mol qilish va ayirboshlash ham boshqaruvni talab qiladi. Hozirgi paytda, iqtisodiy va ilmiy-texnik o’zgarishlar davrida boshqaruv usullari, tamoyillari va texnikasida sezilarli o’zgarishlar ro’y bermoqda. Boshqaruv alohida tizim sifatida tobora ko’proq tajriba almashish sohasi, reklama, ishlab chiqarish vazifalarini tezkor hal qilish vositasi bo’lib bormoqda. Bunga esa boshqaruvni professionallashtirish, biznes va tadbirkorlik maktablari hamda maslahat markazlarining ochilishi sabab bo’lmoqda. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi borgan sari xo’jalik yuritishning iqtisodiy usullariga asoslangan boshqaruv tizimiga o’rnini bo’shatib bermoqda. Boshqaruvga yondashishdagi zamonaviy usullarning muhim ahamiyati inson omilini faollashtirish, o’z-o’zini boshqarish va tashabbuskorlikni rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi yangi tashkiliy tuzilmalarni yaratishda namoyon bo’ladi. Ma’lumki, o’z korxonasi yoki tsexida, o’z ish yoki xizmat joyining “xo’jayini” bo’lmay turib iqtisodiyotning har tomonlama rivojlanishini talab qilib bo’lmaydi. Insoniyat hayotida shu narsa isbotlab berilganki, moddiy to’kin-sochinlik o’zidan-o’zi paydo bo’lmaydi, uni mehnat faoliyati va oqilona boshqaruv yordamida yuzaga keltirish mumin. Bu holatni aniq tushunish va unga to’g’ri baho berish zamonaviy menedjmentni boshqaruv to’g’risidagi fan sifatida qabul