qilishni asoslab beradi. O’zaro aloqada va ma’lum jihatdan bir-biriga bo’ysinuvchi bo’lgan
boshqaruv ob’ektlari va sub’ektlari faoliyatning alohida ko’rinishi sifatida boshqaruvning
muhim elementlari hisoblanadi.
Korxonada boshqaruv
Korxonada boshqaruvning ta’siri
boshqaruv ob’ektiga
yo’naltirilgan bo’lib, ishlab
chiqarish va xo’jalik yuritish
jarayonlari, ishab chiqarish
uskunalarini ekspluatatsiya qilish,
turli miqyosdagi mehnat
kooperatsiyasi va hokazolar
boshqaruv ob’ekti bo’lishi
mumkin. Boshqaruv sub’ekti esa
qoidaga ko’ra, korxona rahbari
yoki boshqaruv ob’ektlarini
maqsadli ravishda boshqarishni
amalga oshiruvchi xizmat
rahbarlaridir. Agar yuqorida
keltirilgan misolga qaytadigan
bo’lsak, orkestr, bu – boshqaruv
ob’ekti, dirijer esa, boshqaruv
sub’ektidir.
Masalan, zamonaviy g’arbiy firma (korporatsiya) 20-25 dan
kam bo’lmagan (ba’zida 40 gacha) ichki va tashqi ishlab
chiqarish vazifasiga ega.
Ular quyidagilar:
Asosiy ishlab chiqarishni boshqaruvi.
Yordamchi ishlab chiqarishni boshqaruvi.
Xizmatga ishlab chiqarishni boshqaruvi.
Marketing boshqaruvi.
Moliya boshqaruvi.
Sifat boshqaruvi.
Mehnat boshqaruvi.
Yangiliklar kiritish boshqaruvi.
Xodimlar boshqaruvi va boshqalar.
Boshqarish faoliyatining turlariga ko’ra,
funktsiyalar quyidagicha bo’ladi:
boshqarishning iqtisodiy funktsiyalari; ya’ni:
mablag’larning doiraviy oborotini amalga
oshirish;
mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar
ko’rsatish;
marketing xizmatini uyushtirish;
foyda olishni ta’minlash va h.k.
|