Page 1367
kuchli jurnalistika barqaror taraqqiyotning asosiy omillaridan biri sifatida o‘zini
ko‘rsatgan. O‘zbek jurnalistikasi ham ana shunday maydonga chiqishi kerak. Buning
uchun esa eng avvalo, jamiyatning, iqtisodiyotning rivojlanishida shaffoflik muhim.
Nima uchun aynan 27 iyun – Matbuot va OAV xodimlari kuni sifatida nishonlanishini
bilasiz-ku. Chunki bu kunda ilk milliy nashrimiz “Taraqqiy” chop etila boshlangan.
Bu kunni bayram sifatida nishonlar ekanmiz, mustamlakachilik zamonidagi o‘sha
og‘ir vaziyatlarda milliy matbuotimizning poydevorini qo‘ygan insonlardan shijoatni,
jasoratni o‘rganaylik, ulardan ruh olaylik. Ular millat qayg‘usi bilan yashagan.”
“Rost24.uz” sayti bosh muharriri Anora Sodiqova o’zining “Hurriyat” gazetasi 2021
yil 27 iyun soniga bergan intervyusida jurnalistika sohasidagi yutuq va kamchiliklar
haqida o`z qarashlarini bayon etgan.
Axborot (Informatsiya) termini “information” lotincha so‘zdan olingan bo‘lib,
ma’lumot berish, tushuntirish ma’nosini anglatadi
2
. Qadimdan bu tushuncha orqali
odamlar o‘rtasida og‘zaki, yozma va boshqa usullar vositasida ma’lumot almashinish
tushunilgan. “Informasiya” tushunchasiga keng, har tomonlama izohni kibernetika
beradi. Uning asoschisi Nobert Viner shunday yozadi: “Informasiya bu tashqi olamdan
olingan ma’lumot mohiyatiga bizning moslashuvimiz va bizning xis-tuyg‘ularimiz
moslashuvi jarayoni bilan izohlanadi”
3
. Ikkinchi tomondan “informasiya” tushunchasi
“ma’lumot bilan ta’minlangan, ya’ni axborot uzatish va uni ommaviylashtirish”
ma’nosini ham anglatadi. Axborot - inson va jamiyat hayotidagi o‘ziga xos hodisadir.
Bir tomondan, axborot bu inson va jamiyatning mavjudlik sharoitlariga moslashuv
imkoniyatini ta’minlovchi, atrofimizdagi dunyo haqidagi bilimlarni yig‘ish vositasi
bo‘lib, ular asosida inson va jamiyat o‘z ehtiyojlarini qondirish va manfaatlarini
amalga oshirish maqsadlarida to‘g‘ri keladigan harakat yo‘nalishini tanlashadi.
Masalan, “ko‘chada yomg‘ir yog‘yapti” degan axborot sayrga otlangan kishi uchun
soyabon olish zarurligi haqida qaror qabul qilishga yordam beradi.
Boshqa tomondan, axborot bu - insonni, uning harakatlarini, jamoat tashkilotlari
faoliyatini, davlat hokimiyati organlarini, texnik tizimlarni boshqarish vositasidir.
Axborot muloqoti shaxsni tarbiyalash, ta’lim berish va shakllantirishning asosini hosil
qiladi. Axborot insonga ijtimoiy va texnik me’yorlarning mazmunini yetkazish, uni
ushbu me’yorlarga amal qilmaslikning bo‘lg‘usi salbiy oqibatlari haqida
ogohlantirishning yagona vositasi hisoblanadi.
Bugungi kun insonlari kundalik hayotini axborot yoki yangiliklarsiz tasavvur eta
olmaydi. Zamonaviy media makonda juda katta hajmdagi axborotlarni auditoriya har
kuni qabul qilyapti. “Buning uchun ommaviy axborot vositalari vakillaridan nafaqat
professional bilim va malaka, hayotiy tajriba, o‘z so‘zi uchun ma’sulyati hissi, ayni
2
Nesterenko F.P., Irnazarov K.T., Mamatova Y.M. Lug‘at-ma’lumotnoma: jurnalistika, reklama, pablik rileyshnz. - T., Zar
qalam, 2003. 48-b.
3
Принципы международной журналистики и международный обмен информацией. –М., 1999. С.5.