Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
113
o‘zlari ham bevosita o‘z turmushlarida ushbu qoidalarga amal qilib, oilalarining jannatmakon bo‘lishini 
ta’minlashlari kerak.
Xalqimizda kelin bo‘layotgan qizlarning nasl-nasabi, yetti pushtini surishtirishdek odat mavjud bo‘lib, 
Amir Temur ham bu odatga doimo amal qilib yashadi.
Amur Temur o‘zining “Tuzuki Temuriy”asarida shunday yozadi: “O‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimni 
uylantirmoq tashvishida kelin so‘rmoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat ishlari bilan teng ko‘rdim. Kelin 
bo‘lmishning nasl-nasabi, yetti pushtini surishtirdim. Xos odamlar orqali sog‘lik-salomatligini, jismonan 
kamolotini aniqladim. Kelin bo‘lmishning nasl-nasabi, odob-axloqi, sog‘lom va baquvvatligi bilan boshqa 
qusurlardan xoli bo‘lsa, el-yurtga katta to‘y-tomosha berib, kelin tushirdim”
66
.
Ma’lumki, qizlarning o‘smir yoshi eng mas’uliyatli davr hisoblanadi. O‘smirlik davrida qizlar ham o‘g‘il 
bolalar singari o‘z fe’l-atvoriga, o‘z nuqtayi nazariga ega bo‘ladi, atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga 
o‘zicha baho bera boshlaydi, katta yoshlilarning o‘zaro munosabatlari va bir-birlariga muomalalarini ko‘rib, 
kuzata boradi, o‘zicha fikr-mulohaza yuritadi, organizmdagi fiziologik o‘zgarishlar esa uning ruhiyatiga 
ham ta’sir etadi.
O‘smirlik yoshida paydo bo‘lgan nuqsonlar keyinchalik butun umrga saqlanib qolib, u ham jamiyat va 
oila ma’naviyatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun ham o‘smirlarni, ayniqsa, qizlarni, oilaviy 
hayotga ma’naviy tayyorlash muhim pedagogik muammo sanaladi.
Demak, biz oilada qizlarni tarbiyalashda quyidagi masalalarga e’tibor berishimiz lozim ekan:
– odob-axloq, sharm-hayo, ibo, muloyimlik, yurish-turish, kiyinish madaniyati, tejamkorlik, sabr-
chidam masalalarida tushuncha berib borish, ortiqcha erkalatmaslik, ranjitmaslik, yomon so‘zlar bilan 
haqoratlamaslik;
– qizlarimizga yoshligidanoq o‘zimizning urf-odatlarimizni singdirib borish;
– oilada qizlarimizga o‘zining vazifasini, huquqini tushuntirib borish, yengil koyish bilan birga yaxshi 
ishlarini rag‘batlantirib borish, qiz bolaga katta bo‘lgan sari oila, turmush o‘rtog‘i, unga munosabat, farzand 
tarbiyasi masalasida bosqichma-bosqich tushunchalar berib borish;
– qiz bolani san’atga, adabiyotga, shariatga havasini orttirib borishdan iborat deb o‘ylaymiz.
Oilada qizlarni har jihatdan yetuk qilib tarbiyalash ancha murakkab ishdir. Xalqimizning eng ajoyib 
milliy an’analari oilada qiz bolalarni har tomonlama tarbiyalashda hayot maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda. 
Qimmatli urf-odatlarimiz bobolarimizdan qolgan meros sifatida ulardan muntazam foydalanishga yordam 
beradi.
Xulosa qilib shuni aytmoqchimizki, o‘zligimizni anglash muhim bo‘lgan hozirgi davrda oiladagi 
yoshlarni axloqiy shakllantirishda, ularga bisotimizdagi mavjud bo‘lgan odob-axloq qoidalarini, sharqona 
udumlarimizni o‘rgatishimiz zarur. Bola tarbiyasi haqidagi bilimlarga ega bo‘lmoq va ajdodlarimiz qoldirgan 
manbalardan tarbiya vositasi sifatida foydalanish lozim.

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin