Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

Maktab 

 bu 
hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Bu masalani davlat, hukumat va hokimlarning o‘zi hal 
qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak. Maktabni o‘zgartirmasdan turib, 
odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi
”, – deya alohida ta’kidladi. 
Darhaqiqat, uzoq yillar davomida tarbiya bolalar ta’limdan bo‘sh vaqtida amalga oshiriladigan qo‘shimcha 
yuklamaga – ikkinchi darajali ishga aylanib, uzuq-yuluq jarayon bo‘lib kelganligi hamda jamiyatning 
pedagogik madaniyati pasayib, maktabgacha ta’lim, maktab pedagoglari, ota-onalarning tarbiyaga oid 
pedagogik-psixologik bilimlari zamon talablariga javob bermay qoldi. Tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xatolar 
asoratlari kundalik hayotda, ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, 
jamoatchilikning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. 
Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasining asosi milliy tarbiyamiz, Unsur ul-Maoliy Kaykovus, Yusuf 
Xos Hojib, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Abu Nasr Farobiy, 
Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat kabi ulug‘ mutafakkirlarimizning ma’naviy-ilmiy 
merosiga asoslangan. Ayni vaqtda dunyoning rivojlangan davlatlari tajribasida sinovdan o‘tgan zamonaviy 
tarbiya texnologiyalaridan foydalanish konsepsiyaning zamon bilan hamnafasligiga xizmat qiladi.
“... hamma narsa tarbiyaga bog‘liq. Tarbiya yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat 
yo-falokat masalasidur
”, degan edi milliy pedagogikamizning buyuk darg‘asi Abdulla Avloniy. Konsepsiya 
ana shu hikmatga hamohang bo‘lib, unda farzandlarimizda milliy yuksalishimiz uchun eng zarur fazilatlar: 
Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy 
madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi. 



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin