Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
167
mahalla yoshlari milliy o‘yinlarni sevib o‘ynamoqda. Bu o‘yinlarning nomini, qoidalarini yaxshi bilmaslik 
holatlari ham mavjud. Bu uzoq yillik tarixga ega milliy o‘yinlar yoshlarni barkamol etib tarbiyalashda 
asosiy vazifani o‘tagan. Milliy o‘yinlar yoshga ko‘ra, hududlarga ko‘ra farqlanib har bir hudud sharoitiga 
moslashgan bo‘lib, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashib kelmoqda. Mahallada 
bunday milliy o‘yinlarni tashkil etish orqali oila va ijtimoiy muhitda shaxsni tarbiyalash o‘zbek xalqining 
tarixi, madaniyati, etnografiyasi, ma’naviy-axloqiy qadriyatlari o‘rganishning manbasi bo‘lib xizmat qiladi.
Mahallada yoshlikdan milliy o‘yinlarni tashkil etilishi shaxs rivojlanishiga bir necha yo‘nalishlar 
bo‘yicha o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ishtirok etayotgan yoshlar o‘z tengdosh va tengdoshlari jamoasi bilan, aynan, 
mahallada yig‘iladi. Yutuq va muammolarini o‘rtoqlashadi. 
Tadqiqotlarimizda kuzatishimiz jarayonida, mahallada milliy o‘yinlarni o‘ynab ulg‘aygan o‘g‘il, qizlar va 
ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilib ko‘chada milliy o‘yinlarni o‘ynamagan o‘g‘il va qizlarning fe’l-atvorida, 
dunyoqarashida, ma’naviy-axloqiy qarashlarida sezilarli farq bor. “Mahallalarda milliy xalq o‘yinlariga oid 
musobaqalar, bellashuvlar o‘tkazilishi, ularda g‘olib bo‘lgan yoshlarni munosib rag‘batlantirish tadbirlari 
amalga oshirilishi lozim. Masalan, mahallada milliy kurash bo‘yicha musobaqa o‘tkazilsa va g‘olib 
o‘quvchilarga “yosh polvonlar” nomi berilsa, bu ularning kelajakda xalq orasida nomdor polvonlar bo‘lib 
yetishishida muhim omil bo‘ladi”
88
.
Demak, yoshlar ijtimoiy hayotda ma’naviy va jismoniy sog‘lom bo‘lishga intilish va milliy o‘yinlar 
o‘rni muhim ekanligini anglashi darkor. Qolaversa, mahallalarda milliy o‘yinlar vositasida ijtimoiy faollikni 
oshirishning ilmiy o‘rganish faolligini oshirish va ular orasida milliy o‘yinlarni rivojlantirish targ‘ib qilishga 
e’tiborni yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda. 
Mahallalarda milliy o‘yinlardan foydalanish orqali yoshlarning hayotga bo‘lgan qiziqishlari ortadi, 
ijodkorlik, yaratishga nisbatan rag‘bat kuchaytirish maqsadida:
– mahallada milliy o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha dasturni yaratish;
– fuqorolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish o‘quv kurslari uchun 
multimediya materiallarini tayyorlashni targ‘ib qilish;
– fuqorolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish o‘quv kurslari uchun 
“Mahallalarda milliy o‘yinlar vositasida ijtimoiy faollikni oshirish” mavzusida uslubiy materiallar tayyorlash;
– turli hududlardagi mahallalarda milliy o‘yinlarni o‘tkazish va qiyosiy tahlil qilish, ijobiy tomonlariga 
urg‘u bergan holda milliy o‘yinlarni o‘tkazishni ommalashtirish. Hududlar bo‘yicha mahallalarda milliy 
o‘yinlar va uning shaxs ijtimoiylashuviga ta’sirini rivojlantirish.

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin