Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
193
hamda bolaning xarakteri, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar, yaxshilik 
va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori 
oila sharoitida qaror topishi tabiiydir
115

Shunday ekan, oilada olingan tarbiya uning butun umri davomida berilgan boshqa ta’lim-tarbiyaga 
o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Fikrimizcha, “tarbiyadan gap ochishdan ilgari oila va undagi ruhiy muhit haqida gap 
yuritish lozim bo‘ladi”
116

Aytish joizki, oiladagi muhit shaxsning shakllanishida o‘zining ijobiy yoki salbiy tomondan ta’sirini 
ko‘rsatadi. Olib borilgan tadqiqot natijalarining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, g‘ayriijtimoiy salbiy xatti-
harakatlarni sodir etgan voyaga yеtmaganlarning 40-45 foizi ota-onasi ichkilikbozlikka berilgan, muntazam 
ravishda janjal va nizolar bo‘lib turadigan nosog‘lom oilalarda yashaydi. 
“Ota-onalar tomonidan zulm ko‘rsatilgan bolalar va o‘smirlar” dasturi asosida ishlayotgan bir guruh 
amerikalik psixiatrlar tomonidan 76 nafar zolim ota-onalar shaxsi o‘rganib chiqilganda, ularning faqat 7 
foizi ruhiy sog‘lom bo‘lib, qolganlari, ya’ni 25 foizi ichkilikbozlar, 68 foizi esa jamiyatga zid turmush tarzi 
yurituvchi shaxslar ekanligi
aniqlangan
117
. Oiladagi bunday nosog‘lom muhit voyaga yеtmaganlar ruhiy 
rivojlanishning yomonlashuvi, uzoq muddatli aqliy nosozlik va nosog‘lomlik kabilardan iborat bo‘lib, o‘z 
navbatida, jismoniy nosog‘likka ham olib kelishi mumkin
118
.
Shunday omillar mavjud bo‘lgan oilalarga jamiyat tomonidan yеtarlicha yordam berilmasa, unda 
yashayotgan bolalarning bunday nosog‘lom muhitdan jabr ko‘rish xatari yuqori bo‘lishi, o‘z navbatida, 
qarindosh-urug‘lar tomonidan ko‘mak berilmasligi ham mazkur muammoni yanada og‘irlashtirishi tabiiy.
Ta’kidlash joizki, ijtimoiy shart-sharoitning jinoiy xulq-atvor bilan aloqasi murakkab xususiyat kasb 
etadi
119
. Ba’zi hollarda bunday xulq-atvor jinoyatning sodir etilishiga olib keladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, voyaga 
yеtmaganlarda salbiy xulq-atvorning paydo bo‘lishi va ular tomonidan jinoyat sodir etilishini taqozo etuvchi 
kriminogen omillar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, oiladagi nosog‘lom turmush tarzi natijasida vujudga 
kelgan salbiy odatlarning oqibatidir. Ma’lumki, inson shaxs sifatida oilada shakllanadi, ijtimoiylashuv 
jarayonida oila individga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi uning muayyan ijtimoiy qiyofasini shakllantirishi 
lozim
120
. Oiladagi muhit shaxsning shakllanishida o‘zining ta’sirini o‘tkazishi bilan birga, unda ma’naviy-
axloqiy fazilat va xususiyatlarning rivojlanish jarayonini ta’minlaydi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Kriminologik nuqtayi nazardan qaraganda, oiladagi nosog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhit kriminogen 
vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Xususan, tadqiqot davomida o‘rganilgan jinoyat ishlari tahliliga ko‘ra, 42 foiz 
jinoyat sodir etgan shaxslar oilasida nosog‘lom muhit hukmron bo‘lgan, 27 foiz oiladagi shaxslar o‘rtasida 
adovatning mavjud bo‘lganligi va faqatgina 14 foiz holatda zo‘rlik bilan sodir etilgan jinoyatlarning tasodifiy 
sodir etilganligi ma’lum bo‘ldi. Bu shundan dalolat beradiki, oiladagi nosog‘lom muhit oqibatida yuzaga 
kelgan nizo va kelishmovchiliklar oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning 
sodir etilishiga turtki bergan. Zotan, oiladagi nosog‘lom vaziyat, urush-janjal, oila a’zolari o‘rtasidagi 
g‘ayriijtimoiy munosabatlar va boshqa noqulay sharoitlar shaxsning ma’naviy jihatdan salbiy shakllanishida 
asosiy manba bo‘lib hisoblanadi
121

Xususan, jinoyatchi shaxslarning 50 foizidan ortig‘i to‘liqsiz oilada o‘sgan, 32 foizining oilasi “nosog‘lom 
oila”lar qatorida bo‘lgan
122
. Zero, nosog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhitdagi shaxsning turmush tarzi yoki shunday 
holatda namoyon bo‘luvchi “salbiy harakatlar
i” muayyan jinoyatlarning sodir etilishiga olib keladi. Bu, 
o‘z navbatida, shaxs ongini buzadi, bu sohadagi ijtimoiy va ma’naviy qadriyatlarni o‘zgartiradi, ma’naviy 
qiziqish va ehtiyojlar doirasini toraytiradi
123

115
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – 52 б.
116
Йўлдошев М. Оилада руҳий муҳит ва унинг тарбияга таъсири. – Тошкент, 2004. – Б. 5.
117
Клевцова Н.А. Убийства детей, совершаемые в семье. // Российский следователь. – Москва, 2009. №13. – С. 17. 
118
Болаларга нисбатан зўравонлик бўйича бутунжаҳон ҳисоботи. – Тошкент, 2009. – Б. 174.
119
Абдурасулова Қ.Р. Профилактика – тарбиявий чора-тадбирлар асоси. Воla va zamon. – Тошкент, 2008. №14. – Б. 24.
120
Хўжаниёзов Т. Оила тарихи ва ҳуқуқ. – Тошкент, 2006. – Б. 252. 
121
Криминология: Дарслик. – Тошкент, 1996. – Б. 142.
122
Исмаилов И. Жиноятчиликда уюшганлик: назария ва амалиёт муаммолари. – Тошкент: Ўзбекистон Республикаси 
ИИВ Академияси, 2005. – Б. 77.
123
Исмаилов И. Уюшган жиноий тузилмалар фаолиятининг олдини олишни назарий ва ташкилий-ҳуқуқий таъминлаш: 
юрид. фан. докт. ... дис. афтореф. – Тошкент, 2006. – Б. 24. 



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin