Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
192
Murodov Alisher,
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, 
Xuquqbuzarliklar profilaktikasi kafedrasi 
boshlig‘i o‘rinbosari, 
yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
VOYAGA YETMAGANLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING
OLDINI OLISH MASALALARI
Annotatsiya. 
Maqolada oiladagi nosog‘lom muhitning voyaga y
е
tmaganlarning ta’lim va tarbiyasiga 
salbiy ta’siri, voyaga y
е
tmaganlar huquqbuzarligining sabablari, sharoitlari va uni keltirib chiqaruvchi 
omillar hamda uning oldini olishga oid fikr va mulohazalar bildirilgan. 
Kalit so‘zlar: 
oila, oiladagi muhit, huquqbuzarliklar, jinoiy xulq-atvor, nizo, sabab sharoit, g‘ayriijtimoiy 
munosabatlar.
Анн
o
тация.
 В статье представлены мнения и взгляды о негативном влиянии нездоровой 
среды в семье на образование и воспитание несовершеннолетних, причинных условиях и факторах 
правонарушений среди несовершеннолетних и их профилактике.
Ключевые слова
: семья, обстановка в семье, правонарушения, преступное поведение, конфликт, 
причины и обстоятельства, антисоциальные отношения.
Annotation.
The article presents opinions and views on the negative impact of an unhealthy environment 
in the family on the education and upbringing of underages, causal conditions and factors of offenses among 
minors and their prevention.
Keywords

family, family situation, offenses, criminal behavior, conflict, causes and circumstances, 
anti-social relations.
Oilada huquqbuzarlik va jinoyatlarning sodir etilishiga hamda uni sodir etuvchi shaxslarda g‘ayriijtimoiy 
xususiyatlarning shakllanishiga oiladagi muhitning ta’siri o‘ziga xosdir. Shunisi e’tiborliki, oiladagi nosog‘lom 
muhit nafaqat huquqbuzarliklar, balki og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning sodir etilishiga ham shart-sharoitlar 
yaratadi. Zero, “hech kim onadan jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi. Jinoyatchilik nomaqbul ijtimoiy-iqtisodiy, 
ma’naviy-axloqiy muhitdagina ildiz otishi mumkin”
112

Ma’lumki, oiladagi nosog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhit sabablarini o‘rganish borasida turli davrlarda 
turli soha mutaxassislari tomonidan qator tadqiqotlar olib borilgan. Bu muammoga bag‘ishlangan ilmiy 
izlanishlarning predmeti bo‘lib, har bir millat mentaliteti, o‘sha jamiyatda ustuvor bo‘lgan oilaviy qadriyatlar, 
urf-odatlar va marosimlar hisoblangan. Chunki oilada tarbiyalanayotgan farzandlarning shakllanishi oila 
a’zolari o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar xususiyatiga bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida, 
oilada ijobiy yoki salbiy munosabatlar, nizolar hamda ularning oqibatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarning 
shakllanishiga zamin bo‘ladi.
Oilaning shaxsning ma’naviy shakllanishidagi ahamiyati shundaki, inson shaxsining poydevori shu 
joyda quriladi. Inson o‘zini o‘rab olgan dunyo haqidagi dastlabki bilimni, yaxshi va yomon haqidagi, axloq 
normalari haqidagi dastlabki tasavvurni, birinchi tarbiyaviy saboqni oilada oladi, shaxs sifatida dastlabki 
qadamni oilada qo‘yadi. Shuning uchun inson tarbiyasi u tug‘ilgan kundan boshlanmog‘i lozim
113
. Chunki 
oila bolaga muayyan g‘oyaviy-siyosiy qarashlar asoslarini singdiradi, bola oilada axloq normalarini bilib 
oladi va ularni o‘zlashtiradi, undagi dastlabki ko‘nikmalar va xulq-atvor namunalari oilada shakllanadi
114
112
Каримов И.А. Бунёдкорлик йўлидан. Т. 4. – Тошкент, 1996. – Б. 147. 
113
Исмаилов И. Жиноятчиликда уюшганлик: назария ва амалиёт. – Тошкент: Ўзбекистон Республикаси ИИВ 
Академияси, 2005. – Б. 97. 
114
Ота-Мирзаев О .Б., Ғаниева М. Х., Латипова Н. ва бошқалар. Оила маънавияти: ўқув қўлланма. – Тошкент, 2007. – 
Б. 9 . 



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin