Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
68
Bugungi kunda ham ana shu an’analarni davom ettirib, o‘zbek oilalari oilaning barqarorligini ta’minlashda 
uning sog‘lom iqlimi, ota-onaning bir-biriga mehri va hurmati sharoitida, oila bag‘rida farzandlarini el-yurtining 
munosib o‘g‘il-qizlari, Vatanining haqiqiy sodiq fuqarosi bo‘lib voyaga yеtishlarida jon kuydirmoqdalar. 
Shuning uchun ham o‘zbek xalqida “qush o‘z uyasida ko‘rganini qiladi” deb, bejizga aytilmagan, bunda 
chuqur ma’no-mazmun bor. Muqaddas dinimiz islomda “oila” mavzusiga katta e’tibor berilib, uni qanday 
tashkil qilish, oila a’zolarining huquqlari, farzandlar tarbiyasi, oilada chiqadigan kelishmovchiliklarni bartaraf 
etish, umuman, oilaviy hayotning ijtimoiy-ma’naviy barqarorligini ta’minlashga oid barcha masalalariga 
javob topish mumkin. Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladiki: “Uning alomatlaridan (yana biri) – 
sizlar (nafsni qondirish jihatidan) taskin topishingiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratgani va o‘rtangizda 
inoqlik va mehribonlik paydo qilganidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan kishilar uchun alomatlar bordir”. 
Oilali bo‘lish insoniyat naslining ko‘payishi va qiyomat kunigacha boqiy bo‘lishi uchun lozim bo‘lgan 
haqiqiy yo‘ldir. Islom dinida nikoh – bu Allohning amri, Payg‘ambar (s.a.v.)ning sunnatlari bilan, mo‘min-
musulmonlar guvohligida bog‘lanadigan muqaddas aloqa vositasidir. Umr yo‘ldoshini tanlashda har ikki 
tomon ham teng huquqqa egadir. Nasl qoldirish vazifasi ham o‘zining andoza va qoidalari asosida amalga 
oshirilishi kerak. Bunda juftlarning har biri o‘zida xotirjamlik, sokinlik, nafsoniy rohat hosil qilishi bilan 
birga, ikkinchi tomonga nisbatan o‘z zimmasida oiladagi burch va vazifalarini ham idrok etishi lozim. 
Ayniqsa, ikkisidan dunyoga keladigan naslning istiqboli to‘g‘risida ko‘proq qayg‘urishlari talab etiladi. Oila 
hayotning abadiyligini, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu 
bilan birga, kelajak nasllar yеtishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘idir. 
Bugungi kunda оilalarda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni qaror toptirish uchun oilalarga nazar solib 
ko‘rdik. Bugungi kunda ayrim oilalarda ma’naviy muhitni buzilishi, mehr-oqibat, hamjihatlikni yo‘qolib 
borishi, o‘zaro munosabatlarda salbiy tendensiyalarning kuchayib borishi farzand tarbiyasida nimalarda 
oqsoqlanib qolayotganligimiz sabablarini o‘rganishimiz jarayonida quyidagi holatlar aniqlanganliginia 
ko‘rishimiz mumkin.
Oila a’zolari, avvalo, inson bolasi tug‘ilgan kunidan ona oq o‘rab, oq tarashiga, otasining ta’minotiga va 
boshqa hayot talablariga ehtiyojli ekanligini unutmoqdalar yoki mazkur masalaga befarq bo‘lib borishmoqda. 
Yana er va xotin nikohlanib, oilali bo‘lgandan keyin ularning har biri ikkinchisi oldida bir qancha vazifani 
o‘z zimmasiga olish mas’uliyatini anglamayotgani yoki suiste’mol qilayotgani va ba’zi oilalarda erkak 
kishining mas’uliyati, o‘z ahli ayoli oldidagi ham ijtimoiy, ham jismoniy, ham moliyaviy ham ma’naviy 
burchiga, farzandlar tarbiyasidagi ulushi va ta’siri, oila muhitining barqarorlashuvidagi ibrat va namunaning 
holati, oilada erkakning mavqeyi pasayib borayotgani, bundan tashqari, ayol kishining oiladagi o‘rni, maqeyi, 
itoati va go‘zal xulqi, nafosati ro‘zg‘or boshqaruvidagi didi, farosati, farzandlar tarbiyasidagi mas’uliyati 
va salohiyati yеtishmayotgani oilalarda barqaror muhit yaratilmayotganiga asosiy sabab bo‘layotganining 
guvohi bo‘lmoqdamiz. Bu esa achinarli holat. Bizning vatanimiz urf-odatlar, muqaddas oilaviy qadriyatlar 
asosida farzand tarbiyalashga asoslagan zamin sifatida e’tirof etib kelingan. Bularni sof holda saqlash go‘zal 
an’ana va urf-odatlar asosida farzandlarni tarbiyalash bizning vatan oldidagi burchimizdir.
Oila hayotning abadiyligini, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni 
saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar yеtishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i 
sanaladi. 
Oilada ota-ona farzand tarbiyasi jarayonini o‘z holiga tashlab qo‘ymasligi kerak. Farzandini go‘dakligidan 
parvarish qilib, uni oq yuvib, oq tarab voyaga yеtkazib, uning kamoloti yo‘lida jon kuydirib, kasb-korli, 
uyli-joyli qilishgacha bosh-qosh bo‘lishi ota-onaning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy vazifalaridan biri emasmi? 
Tariximizga nazar soladigan bo‘lsak, Ibn Sino bola tarbiyasi bilan uning tug‘ilishidan avvalroq, ona 
qornidan boshlaboq shug‘ullanish lozim, deb javob bergan. Yana shu so‘zga qo‘shimcha qilib taniqli pedagog 
A. S. Makarenko besh yoshgacha bo‘lgan tarbiya bolaning shaxsiyati shakllanishida o‘ta muhim ahamiyatga 
ega ekanini qayd etib o‘tgan. Bu haqda u shunday deb yozgan: “…tarbiyaning bosh asosi besh yoshda 
nihoyasiga yеtadi, demak, siz besh yoshgacha nima qilgan bo‘lsangiz, bu tarbiyaviy jarayonning 90 foizini 
tashkil etadi, keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida davom etadi”. 
Ota-bobolarimiz azal-azaldan o‘g‘il-qizlarning go‘zal xulqli, odobli bo‘lishiga katta ahamiyat berganlar. 
Binobarin, islom dinida ham axloq imon qatoriga qo‘yilgani to‘g‘risida fikr yuritilgan.



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin