Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
66
Yoshlarni kasbga yo‘naltirish jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanligidan kelib chiqqan Sharq 
mutafakkirlari (Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy, Alisher 
Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalar)ning qarashlari alohida ahamiyatga ega. 
N.P.Krilov tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, o‘z niyatlarini amalga oshirish maqsadida oliy o‘quv yurtlariga 
kirgan talabalarning ko‘pchiligi o‘zining kim bo‘lishini oxirigacha hal qila olmaydi. Bunga sabab maktabni 
bitirgan o‘smirlarni mazkur oliy o‘quv yurtiga olib kirgan kasb haqidagi tasavvurlari bilan bu kasbning 
haqiqiy mazmuni o‘rtasidagi nomuvofiqlikdir [3]. 
Tabiiyki, bugungi yoshlarning ko‘pchiligida o‘zlarining kasbiy taqdirlarini tasodifan hal etishlari ma’lum 
ma’noda murakkab kechinmalarga, tanlagan kasb sohasi yuzasidan ikkilanishlarga, ichki nizolarga olib 
kelmoqda. Jumladan, A.N.Leontev talqinidagi shaxs, faoliyat, ong va ijtimoiy faollik o‘rtasidagi psixologik 
mutanosiblikning mavjudligi shaxs munosabatlari tizimining psixologik mexanizmlari yaratilishida muhim 
metodologik ahamiyat kasb etadi. V.D.Shadrikov esa munosabat motivatsiyasi jarayonini faoliyat tizimining 
funksional psixologik modeliga bog‘lagan holda faoliyatli yondashuv motivatsiyasi kasbiy tayyorgarlikning 
o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik istiqbollarini ochib berishini ta’kidlaydi [4].
Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy ahamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida jismoniy individual (yakkahol) 
shaxs turadi. Holbuki, har bir kasb tanlovchi shaxsiyatiga individual munosabatni amalga oshirish zarur. 
Buning uchun kasb tanlovchining yosh va jins xususiyatiga binoan kasb maorifini amalga oshirish maqsadga 
muvofiq. Bunda, birinchi navbatda, shaxsning kasbiy ehtiyoji, motivi, layoqati, qiziqishi va qobiliyatini 
hisobga olish darkor. Aks holda, umumiy xususiyatli yo‘llanma, ko‘rsatma ijobiy natijaga olib kelmaydi
chunki individuallik o‘ziga xos talablarni taqozo etadi. Hatto oddiy kasb maorifi turlicha yondashuvni talab 
qiladi, binobarin, uni qondirmasdan turib tub maqsadga erishib bo‘lmaydi.
Kasb maorifi – o‘quvchilarni kasbning mohiyati bilan, har bir kasbning shaxs oldiga qo‘yadigan talablari 
bilan tanishtirishdan iborat ta’sirchan axborotlar majmuasidir. Ma’lumotlarning aniqligi, to‘liqligi, xususiy 
va ijtimoiy ahamiyati ifodalanganligi bilan boshqa tarkiblardan ajralib turadi.
Kasb maorifi insonning yoshi, jinsi, saviyasiga ko‘ra xilma-xil tarzda amalga oshiriladi, shakllari esa 
verbal va noverbal, kuzatuv va tanishuv, ko‘rgazmali va grafik, uchrashuv kabi tadqiqotlarga ega.
Kasbiy maslahat yo‘llashning mohiyatini inson ongiga chuqurroq singdirish uchun, shaxning ishtiyoqi va 
qobiliyatlariga mos kasb-hunar (ixtisos) tanlashi uchun muhim obyektiv va subyektiv shart-sharoit yaratish 
jarayonidir. Kasb egallovchi (tanlovchi) ehtiyoji, o‘qituvchi (murabbiy)ning kasbiy mas’uliyatidan kelib 
chiqqan holda ilmiy-amaliy yo‘llanmalar berish jarayonidir. 
Maslahat o‘zining maqsadga yo‘llanganligi, izchilligi, obyektivligi, axborotlar bilan to‘yinganligi bilan 
boshqa asosiy qismlardan keskin ajralib turadi.
Kasbiy saralash muayyan kasbni muvaffaqiyatli ravishda egallab, o‘z oldiga qo‘ygan fuqarolik (xususiy) 
burchini yuqori saviyada ado eta biladigan shaxslarni ajrata olishdan iborat jarayondir [5]. 
Kasbiy bilimlar, shakllangan ma’lum ko‘nikmalar, malakalarga asoslangan holda tekshirish mezonlariga 
suyanib omilkorlik bilan oqilona saralash o‘tkaziladi. 
Saralash jarayoni o‘tkazilgandan keyin kasbiy moslashish davri boshlanadi. Odatda kasbiy moslashish 
deganda, yosh kasb egalarining, mutaxassislarning kasbiy faoliyatiga, uning shart-sharoitlariga, talablariga 
muvaffaqiyatli ravishda moslashish (bir necha bosqichlardan iborat) jarayoni tushuniladi. 
Kasb mohiyatiga kirishish, bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar bilan tanishish, ularni egallash uchun oqilona 
usullar tanlash, ulardan amaliyotda unumli foydalanish, shart-sharoitlarga odatlanish, mahorat qirralarini 
o‘zlashtirish kabi muhim qismlar moslashish tarkiblarini tashkil qiladi.

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin