Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
91
Masala
yuzasidan adabiyotlar tahlili milliy va ma’naviy tarbiya sohasida o‘qituvchilarning faoliyatini 
metodik ta’minlovchi o‘quv materiallari, shu jumladan, milliy va ma’naviy tarbiya sohasiga oid metodik 
qo‘llanmalar, o‘quvchilar uchun zarur darsliklar yetarli emasligini ko‘rsatmoqda.
Shu munosabat bilan bugungi globallashuvning shiddatli va axboriy sharoitida milliy tarbiyaning 
ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini tadqiq qilish orqali oilada farzand tarbiyasi uchun tayanch fazilatlarni 
shakllantirish, mazkur fazilatlarga ularni odatlantirish, tarbiyada tushuntirish, ko‘rsatish, o‘rgatish, namuna 
bo‘lish kabi ta’sirchan usullarni isloh qilish va shu orqali ma’naviy tarbiya tizimini yanada rivojlantirish 
alohida ahamiyat kasb etadi.
Oilada milliy tarbiya va farzand tarbiyasi haqida gap ketganda beixtiyor taniqli ma’rifatparvar Abdulla 
Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat 
masalasidir” [1] degan chuqur ma’noli so‘zlari inson e’tiborini tortadi. Ko‘plab olimlar o‘z tadqiqotlarida 
ma’naviy tanazzulning asosiy omillari bo‘yicha qator izlanishlar olib borishdi, har xil qiziqarli tahliliy 
ma’lumotlar asoslandi, lekin bularning ichida odamni tashvishga soladigan bir qaraganda e’tiborsizdek 
tuyuladigan, lekin oqibati tanazzulga, johillikka olib boradigan bir omil, ya’ni oilada farzand tarbiyasiga 
e’tiborsizlik illati millatning ma’naviy tanazzulining asosi desak hecham mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xo‘sh nega bugun ota-onalar farzand tarbiyasiga e’tiborsiz? Farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishga 
qanday omillar to‘sqinlik qilyapti? Ota-onalar farzand tarbiyalash metodlarini biladimi? Mazkur savollar 
bizni masala yuzasidan hamma uchun bir tildagi optimal yechim topish vazifasini qo‘ymoqda. Bugun butun 
dunyoda inson kapitali uchun kurash, eng katta sarmoya farzandni yaxshi bilimli bo‘lishiga, tarbiyasiga 
tikilayotgan bir vaqtda bizda farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik illat va tahdidi kuchayib bormoqda. 
Oilada farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik illati bir qator qarorlarda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3160-sonli [2], 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-sonli[3], 2021-yil 
26-martdagi PQ-5040-sonli Qarorlari[4] va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 
31-dekabrdagi 1059-sonli[5] qarorida ichki tahdid sifatida qayd qilinib, mazkur tahdidlarni yuzaga keltiruvchi 
pedagogik, psixologik omillar bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, mazkur tahdidlarga nisbatan psixologik-
g‘oyaviy kurash olib borish vazifasi qo‘yildi.
Yuqoridagi masalani nechog‘lik xavotirli va dolzarbligi to‘g‘risidagi mulohazalarni asoslashda biz 
tomonimizdan bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish, 
baholash, ustuvor yo‘nalishlarni aniqlab, ularning aholi turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganish va zarur 
maqsadli va manzilli psixologik tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan milliy tarbiyaning ijtimoiy-psixologik 
mexanizmlari mavzusi bo‘yicha joylarda tekshiriluvchilar bilan suhbat, ekspert-intervyu, so‘rovlar (ijtimoiy-
psixologik), kuzatish, kontent tahlil, modellashtirish, matematik statistika (spss dasturi), gipotetik-deduksiya
vizualizatsiya, longityud monitoring va ma’naviy marketing kabi metodlar orqali o‘rganishlar olib borildi 
va quyidagicha empirik natijalar qayd qilindi(1-jadval).
1-jadval

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin