Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


* * * Umaraliyeva Muxayyo Abdugaparovna



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə244/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

* * *
Umaraliyeva Muxayyo Abdugaparovna,
“Xalq ta’limi” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD)
NOGIRON FARZANDLARI BOR OILALARDA TA’LIMIY-RIVOjLANTIRUVCHI 
MUHITNI TASHKIL ETISHNING PSIXOLOGIK ASPEKTLARI
Annotatsiya. 
Maqolada nogiron farzandlar tarbiyalanadigan oilalarda ta’limiy, rivojlantiruvchi muhitni 
tashkil etish hamda uning psixologik aspektlari yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: 
oila, nogiron bolalar, ta’limiy-rivojlantiruvchi muhit, psixologik aspektlar
Аннотация.
 В статье описана организация образовательной, развивающей среды в семьях с 
детьми с ограниченными возможностями, ее психологические аспекты.
Ключевые слова:
 
семья, дети с ограниченными возможностями, образовательная и развивающая 
среда, психологические аспекты
Annotation.
The article describes the organization of the educational, developmental environment in 
families with children with disabilities, its psychological aspects.
Keywords:
family, children with disabilities, educational and developmental environment, psychological 
aspects
Bugungi kunda aksariyat oilalarda nogiron bolalarga nisbatan avaylash va rahmdillik nuqtayi nazari bilan 
qarash munosabati ustuvorlik qilmoqda. Mazkur holat ularda sog‘lom bolalardagi kabi muomala, muloqot, 


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
200
o‘z-o‘ziga xizmat va boshqa faoliyatlarda ishtirok etish ko‘nikmalarining еtarlicha shakllanmasligiga olib 
keladi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasida 
jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar va nogiron bolalar ular uchun maxsus ishlab 
chiqilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim muassasalarida o‘qish va tarbiyalanish hamda o‘z jismoniy, aqliy 
qobiliyatlari va xohishlariga mos bo‘lgan ta’lim olish huquqiga egaligi belgilab qo‘yilgan.
Imkoniyati cheklangan bolalarning oilada ta’limiy muhitni yaratilishida to‘g‘ri tashxisning ahamiyati 
kattadir. Shuning uchun nogiron bolalarni o‘qitish va tarbiyalash qanchalik erta boshlansa, shunchalik ularning 
umumiy rivojlanishida sifat ko‘rsatkichlariga erishish imkoniyati keng bo‘ladi. Bolalar rivojlanishidagi 
sifat ko‘rsatkichlari ularda nutqiy ko‘nikma va malakalarning shakllanganligi bilan baholanadi. Ta’limning 
dastlabki davrida asosiy e’tibor bolalarning lug‘at zahirasini boyitish va mustahkamlashga qaratiladi. Ma’lum 
muhitda rivojlanayotgan bola o‘z faolliklarini anglay boshlaydi, ya’ni o‘z-o‘zini bilishi, anglashi sodir 
bo‘ladi. Bu jarayon ijtimoiy anglashdir. Asta-sekin muhit ta’sirida o‘z xatti-harakatlari orqali faoliyatini 
qayta o‘zgarishga yo‘naltiradi, bu davr unda dunyoqarashning kengayishi, tajribalarning ortishi, ma’lumotlar, 
voqeliklar haqida mustaqil fikrlaydigan hamda o‘z fikrini qarshi qo‘ya oladigan darajada shakllanganligi 
bilan bog‘liqdir. 
Jahon sivilizatsiyasida ma’lum va mashhur bo‘lgan Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida 
jamiyat paydo bo‘lishining tabiiy-ijtimoiy konsepsiyasini birinchi marta ilgari surdi. Forobiyning fikricha, 
inson jamoalari, jamiyat kishilarning yashashi va kamolotga erishishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va 
ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga tabiiy intilishlari natijasida kelib chiqqan. “Har bir inson tabiatan shunday 
tuzilgan, u yashash va oliy darajadagi еtuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi. U bir o‘zi 
bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi. Ularga ega bo‘lish uchun insonlar – fuqarolik jamoasiga ehtiyoj 
tug‘iladi”, – deb yozadi Forobiy . 
Abu Rayhon Beruniy talqinicha, jamiyatning yuzaga kelishi va rivojlanishi kishilarning hamkorlikdagi 
faoliyati zaruratidan kelib chiqqan, insonning qadr-qimmati o‘z manfaatini a’lo darajada bajarishidan iborat. 
Shuning uchun insonning eng asosiy vazifasi va o‘rni mehnat bilan belgilanadi, inson o‘z xohishiga mehnat 
bilan erishadi. 
Oila ijtimoiylashishning muhim instituti hisoblanadi, chunki oilaning o‘rnini hech qanday boshqa 
jamoa egallay olmaydi. Oilada insonning dastlabki ijtimoiy moslashish davri kechadi, 6 yoshgacha bola 
uchun bu asosiy ijtimoiy muhitdir. Asosiy ijtimoiy munosabat va odatlarni bola oilada egallaydi. Oila bolani 
jamoada o‘zini tutishga o‘rgatadi va unga diniy qadriyatlar, etnik qarashlar va ma’naviy qadr-qimmatlarning 
mohiyatini tushuntiradi. 
Oila nogiron bolalarni reabilitatsiya qilishda, ularni ijtimoiylashuvida va jamiyatga qo‘shilishida alohida 
ahamiyatga ega. Nogironning oilada paydo bo‘lishi har doim ziddiyatli vaziyatning rivojlanishi hamda 
to‘la psixologik zo‘riqish bilan bog‘liq. Nogiron bolaning butun hayoti oilada o‘tkaziladi. Oilada qanchalik 
do‘stona, tinch oilaviy muhit yaratilsa, nogironning jamiyatga qo‘shilib ketishi shunchalik muvaffaqiyatli 
bo‘ladi.
Nogiron farzandlari bor oilalarda tashqi muhit bilan muloqot qilish qobiliyati yaxshi rivojlanmagan, 
ular, asosan, bo‘sh vaqtni o‘tkazish ko‘nikmalarida namoyon bo‘ladi, ular faqat televizor tomosha qilish 
bilan chegaralanadi. Hamma ma’lumotlarning mazmuni va dasturlarining xilma-xilligi tufayli televizion 
eshittirishlar bo‘sh vaqtning yagona shakli bo‘la olmaydi. Bu holat nogiron bolaga bo‘sh vaqtini to‘g‘ri 
taqsimlash zarurligini ko‘rsatadi, bu muloqot qobiliyatini rivojlantiradi, hissiy sohani mashq qiladi, motivatsion 
faollikni rag‘batlantiradi va vosita ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Nogiron bolalarning bo‘sh vaqtini o‘tkazish 
uchun keng imkoniyatlar shaxsning psixologik rivojlanishiga xizmat qiladi. Ijtimoiylashuv jamiyatga yanada 
ishonchli integratsiyani ta’minlaydi. Nogiron bolani tarbiyalayotgan oila ijtimoiy va psixologik yordamga 
muhtoj bo‘ladi. Bunday oilalarni ijtimoiy va psixologik reabilitatsiyalashda ijtimoiy aloqalarni, ayniqsa, 
psixoterapevtik ta’sir ko‘rsatadigan aloqalarni saqlab qolish va kengaytirish katta ahamiyatga ega. Buning 
uchun birinchi navbatda nogiron farzandlari bor oilalarda ta’limiy muhitni yaratish lozim. Imkoniyati 
cheklangan bolalarning ota-onalari uchun seminar-treninglar, mahorat darslarini tashkil etish ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi.



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin