“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 216 “Imom al-Buxoriy: “Najot faqat ilmdadur”, – deb bejiz aytmagan. Chunki bilimsizlik – jaholatdan, jaholat
esa takabburlik, mutelik va buzg‘unchilikdan kelib chiqadi”
149
. Bilimsizlik oqibatida ko‘plab muammolar,
tashvishlar kelib chiqadi. Bilimsizlikning oldini olsh uchun barcha islohotlarni jamiyatning asosiy bo‘g‘ini
bo‘lgan oiladan boshlashimiz kerak, oiladagi ta’lim va tarbiyaning muhimligi barcha zamonlarda ahamiyatli
hisoblanib bizning zamonamizda esa dolzarb bo‘lmoqda. Oilada tinchlik, totuvlik bo‘lsa, farzandlar tarbiyasida
va ta’lim oilishida yuksalish bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga
2020-yil 24-yanvardagi Murojaatnomasida ilm-ma’rifat va texnologiyalar rivojiga alohida ahamiyat qaratib
quyidagilarni ta’kidlagan edi: “Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm,
Eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, Eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir”
150
. Ushbu fikrlar zamirida
juda katta ma’nolar jamlangan. O‘zimizdagi turli illatlardan ertaga emas, bugun voz kechishimiz kerak.
Yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda
birinchi o‘rinda oilada totuvlik, tinchlik, hamjihatlik, ilm-ma’rifat va diniy qadriyatlarga hurmat-e’tiborlarni
yoshlar ongiga singdirishda ota-onalar va ustozlarning mashaqqatli mehnatlariga suyanamiz va tayanamiz,
ertaga o‘rnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar
beqiyos ekanini barchamiz yaxshi tasavvur qilamiz.
“Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yoʻl turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz oʻqib-oʻrgansak, ishimizni mukammal