Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
84
4. Allohga tegishli bo‘lgan mavjudot sifatida farzandni yaxshi ko‘rish, uni mehr bilan tarbiya qilish 
joiz. Farzandni yaxshi ko‘rish uchun mehr qudrati otaga ham, onaga ham Alloh tomonidan in’om etiladi. 
Islom diniga ota, umuman, hayot tebratish uchun mas’ul, shu jumladan, oilaviy tarbiya uchun ham mas’ul 
sanaladi
48
. Binobarin, ota farzandni islom ta’limoti bo‘yicha tarbiya qilish uchun ham mas’uldir. Ota farzand 
boquvchisidir. Ota bolani shakllantiruvchi insondir. Ota bolani musulmon kishisiga aylantiruvchi asosdir. 
Shu bois, otaga Alloh bola uchun rizq in’om etadi. “
Ota-ona o‘z bolasiga go‘zal odobdan afzal narsa bera 
olmaydi
”, deyiladi hadislarda
49
(Imom Buxoriy va imom Termiziy rivoyati). 
5. Har bir farzand o‘z qazoyu qadariga ega bo‘lib dunyoga keladi. Ilmiy til bilan ifodalansa, har bir 
tug‘ilajak bolaning o‘z missiyasi mavjud. Har bir bolaning dunyoga kelishi va hayot kechirishida Yaratgan 
tomonidan ato etilgan o‘z missiyasi, ya’ni hayotdagi maqsadi va vazifalari bor. Shu bois uning rizqi ham, 
uning hayotdagi o‘rni va missiyasi ham faqat mana shu bolaniki bo‘ladi. Hayot, rizq, mavqe va missiya 
ham Allohdan beriladi. Shunga ko‘ra, Allohning farzandga bergan aql-u idroki, iste’dodi, missiyasi va 
rizqini o‘z vaqtida to‘g‘ri anglash, uni mana shu taqdir yo‘nalishida, mana shu missiya tomon tarbiya qilish 
zarur. Bolaning missiyasini hurmat qilish, e’zozlash va uni Alloh tomonidan bola taqdiriga boylanganligini 
anglash zurur.
 
Hadislarda aytilishiga ko‘ra, “
Kimning yosh bolasi bo‘lsa, u uchun o‘zini bolalarcha tutsin»
” 
(Muoviya rivoyati)
50
.
6. Bolaning muhofazasi, rizqi, hayoti Allohning qo‘lidadir. Alloh bola to‘g‘risida qayg‘uradi, unga 
o‘z mehrini ayamaydi, balolardan asraydi. Islom e’tiqodi bo‘yicha, har bir bola nasabi pok bo‘lib tug‘iladi. 
Bolaning mana shunday muhofazasi uning qonuniy yo‘l bilan, yoki noqonuniy, ya’ni nikohsiz bunyod bo‘lgani 
bilan belgilanmaydi. Qonuniy tug‘ilgan va noqonuniy tug‘ilgan chaqaloqlar o‘z erklari va huquqlarida 
tengdirlar. Noqonuniy tug‘ilgan chaqaloqlarga jazo berilmaydi, jazo ularning ota-onalariga tegishlidir. Agar 
chaqaloq noqonuniy tug‘ilgan bo‘lsa-yu, keyin uning ota-onasi nikoh o‘qigan bo‘lsa, bu farzand qonuniy 
maqomga ega bo‘ladi. Noqonuniy bolaning tug‘ilishi bu bolaga gunoh sifatida yozilmaydi (“

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin