Zamonaviy o`qituvchi va unga qo`yiladigan talablar anarbayeva Guljamol Saydullayevna



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix22.05.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#119839
  1   2   3
zamonaviy-o-qituvchi-va-unga-qo-yiladigan-talablar (1)



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№1 2022 

ZAMONAVIY O`QITUVCHI VA UNGA QO`YILADIGAN TALABLAR 
 
Anarbayeva Guljamol Saydullayevna 
Toshkent viloyati Qibray tumani 
9-umumta’lim maktabining o`zbek tili fani o`qituvchisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7216681
Annotatsiya: ushbu maqolada umumiy o`rta ta’lim maktablarida ta’lim 
jarayonini tashkil etishda va o`quvchilarni tarbiyalashda o`qituvchilarning zamon 
talabiga mos zamonaviy mutaxassis bo`lib shakllanishi yuzasidan masalalar yoritib 
berilgan. 
Kalit so`zlar: o`qituvchi, zamonaviy, mahorat, matonatli, psixolog. 
O`qituvchilik – inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran davom etib, shu 
bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq e’zozlab 
kelingan kasbdir. 
“... O`qituvchi – deydi Al Forobiy, - aql-farosatga, chiroylik nutqqa ega bo`lishi 
va o`quvchilarga aytmoqchi bo`lgan fikrlarini to`la va aniq ifodalay olishni bilmog`i 
zarur.” U o`z fikrini davom ettirib: “O`qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat 
rahbari vazifasiga o`xshaydi, shu sababli o`qituvchi eshitgan va ko`rganlarining 
barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroylik nutqqa ega bo`lishi, o`qituvchilarga 
aytmoqchi bo`lgan fikrlarini to`la va aniq ifodalab berishni bilmog`i lozim. Shu bilan 
birga o`z nomusini qadrlashi, adolatli bo`lmog`i lozim. Ana shundagina u 
insoniylikning yuksak darajasiga ega bo`ladi va baxt cho`qqisiga erishadi,” – deb 
ta`kidlaydi. 
Abu Ali Ibn Sinoning fikricha, “... O`qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo`y 
va bolani tarbiyalash metodlarini, ahloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo`lmog`i 
lozim. O`qituvchi o`quvchining butun ichki va tasjqi dunyosini o`rganib, aql 
qatlamlariga kirolmog`i lozim.” 
Nosiriddin Tusiy o`zining “O`qituvchilarni tarbiyalash to`g`risida” degan 
asarida shunday deydi: “... O`qituvchi munozaralarni olib borishi, rad etib 
bo`lmaydigan darajadagi isbot qilishni bilishi, o`z fikrlarining to`g`riligiga ishonishi, 
nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo`lishi lozim... o`qituvchi 
nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali, qo`pol yoki qattiq bo`lishi mumkin 
emas. Ars paytida o`qituvchining o`zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin... 
Zamonaviy maktab o`qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O`qituvchi – sinfdagi 
o`quv jarayoni tashkilotchisidir. O`qituvchi o`quvchilar uchun dars payti, qo`shimcha 
darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli maslahatlar 



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin