Zamonaviy tabiiyot bilmilari konsepsiyalari Leksiyalar kursi mundarija


Ekologiya fani. Fanning maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə13/14
tarix28.07.2020
ölçüsü0,62 Mb.
#32352
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Zamonaviy tabiiyot bilmilari konsepsiyalari Leksiyalar kursi mun


Ekologiya fani. Fanning maqsadi va vazifalari
Insoniyat o‘z taraqqiyotining ilk bosqichlarida tabiatga bo‘ysunardi. Tabiat hodisalaridan cho‘chib, ularni bartaraf etolmasdi, chunki u hali tabiat qonunlarini bilmasdi. Endilikda insoniyat ham aqlan, ham ma’nan yetildi. Tabiatni o‘rgandi, bildi, qurdi, yaratdi, uning hodisalarini o‘ziga bo‘ysundirdi.

Odamzot doimo tabiat qo‘ynida faoliyat ko‘rsatadi, u bilan uzluksiz munosabatda bo‘ladi. Bu faoliyat oqilona tashkil etilmasa va u bilan munosabat to‘g‘ri o‘rnatilmasa, inson o‘zi va tabiat uchun muammolar keltirib chiqaradi. Mazkur muammolardan biri ekologik muammodir.

Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish shu kunning eng muhim ekologik muammosi hisoblanadi va bu muammo hamma aholi hamda ular yashayotgan davlatlar manfaatini o‘z ichiga qamrab oladi. Bu muammo hayotning barcha muammolaridan farq qilgan holda, Yer yuzidagi jonzotlar, shu jumladan, eng avvalo insonlar salomatligini saqlashni ko‘zda tutadi.

Hozirgi zamon ekologiya muammolarini fan-texnika yutuqlari asosida hal qilish jarayonida, ekologiya fani, uning yo‘nalishlari, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi ziddiyatlarni hal qilishdagi imkoniyatlari muhim omil hisoblanadi. Ekologik tanglik va halokatlarning oldini olishda, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi ekologik ziddiyatlarni hal etishda ekologiya fanining so‘nggi yillarda erishgan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash katta ahamiyatga ega.

Ekologiya fani oldida turgan amaliy vazifalar quyidagilardan iborat:


  1. toza muhitda hozirgi va kelajak avlodalr sog‘ligini ta’minlash;

  2. tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish bilan bir qatorda chiqindisiz texnologiyalarni ishlab chiqarish;

  3. sun’iy ekosistemalarning (qishloq xo‘jaligi) doimiy va yuqori hosildorligini ta’minlash;

  4. aholining turli tabaqalariga ekologik ta’lim va tarbiya berish yo‘li bilan tabiat muhofazasini amalga oshirish.

Ekologiya fanining butun faoliyati, yutuqlari, yo‘nalishlari yuqorida ta’kidlangan muammolarni hal qilishga qaratiladi.

Ekologiya mustaqil fan bo‘lib, uning ob’ektiv usullari, amaliy vazifalari bor. Bu fan tabiiy uyda yashayotgan va shu uyda hayot uchun kerakli funksional jarayonlarni o‘tayotgan hamma tirik organizmlarni o‘rganadi. Ekologiya fani organizmlar va atrof-muhit o‘rtasidagi aloqalarning har xilligiga, umumiyligiga katta ahamiyat beradi.

Fan yutuqlarining hozirgi darajasida va ekologiya rivojining yangi bosqichida uning asosiy mazmuni aniq bo‘lib qoldi, ya’ni ekologiya fani tirik organizmlarning bir-birlari va ularning atrof-muhit bilan munosabatlarini, tirik organizmlarning tabiiy sharoitda rivojlanishi, kuchayishi va tarqalishi haqida, ular o‘zlarining hayot faoliyatlarida muhitning o‘zgarishiga olib keladigan qonuniyatlarini ham o‘rganadi. Bundan ekologiyaning mazmuni haqida shunday ma’no kelib chiqadi: mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvonlarning tabiiy sharoitda yashash, rivojlanish, tarqalish qonunlarini o‘rganish natijasida organizmlarning turli biologik evolyutsion taraqqiyot bosqichlarini, ya’ni: organik molekula gen organella hujayra to‘qima organ tur vakillari

turlar va o‘z navbatida ularning abiotik va biotik omillar ta’sirida katta biologik birliklar (ekosistema-biosfera) tizimini hosil qilinishi va ularga antropogen omillarning ta’sir qilish kuchlarini o‘rganadi. Ekologiya tirik organizmlarni birlikda, ularni bir-birlari va yashab turgan joydagi atrof-muhit birligida va shu birlik ichida energiya va organik moddalarning bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tishini o‘rganadi.

Organizmlarning yashash sharoiti va ularning tashqi muhit bilan o‘zaro munosabati, turlar, populyatsiyalar, biotsenozlar, ekosistemalar, biosfera va boshqa tushunchalar ekologiya fanining manbaini tashkil etadi.

Ekologiya fani biologiyaning eng yosh, lekin juda rivojlanayotgan tarmog‘i bo‘lib, tabiatda uchraydigan jonli organizmlarning bir-birlari va ular yashayotgan muhit bilan bo‘layotgan munosabatlarini o‘rganadi.

Fan-texnika taraqqiyoti jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning o‘rganishiga olib keladi. Salbiy kuchlar ta’sirida tabiatning holati o‘zgara boradi. Buning natijasida tabiiy voqelikni o‘rganadigan ekologiya fani turli biologik va nobiologik fanlar bilan tabiiy ravishda bog‘lana boshlaydi. Masalan, u o‘simlik va hayvonlarning soni hamda sifatini, tashqi qiyofasini, yashash joylarini, tarqalishini o‘rganadigan botanika, zoologiya, sistematika, morfologiya, floristika, biogeografiya kabi fanlarga bog‘liqdir.

Ekologiya o‘simliklar, hayvonlar va odamlarning fiziologik holatini o‘rganuvchi fiziologiya fani bilan ham chambarchas bog‘lanadi va natijada “Fiziologik ekologiya” yo‘nalishi vujudga kelib, bu ikki fan yutuqlari bir-birini to‘ldiradi.

Ekologiya o‘simlik va hayvonlarning turli joylarga moslashishi, mintaqalarga xosligini aniqlashda gegrafiya fani bilan turlarning nasliy belgilarini nasldan-naslga o‘tishi, ularga muhit ta’sirini o‘rganish jarayonida ekologiya o‘z navbatida genetika fani bilan aloqada bo‘ladi.

Organizmlarni o‘rganish jarayonida ularga muhitning tabiiy omillari ta’sirini aniqlashda ekologiya nobiologik fanlarga, ya’ni iqlimshunoslik, landshaftshunoslik, meteorologiya, geomorfologiya, tuproqshunoslik kabi fanlarga bog‘lanadi, chunki organizmlarning o‘sish, rivojlanish va ko‘payish jarayonlari iqlim, yerning tuzilishi, tuproqning tabiiy va kimyoviy holatlari bilan bog‘liqdir.

Hozirgi vaqtda turli shahar va qishloqlarda aholi uchun uy-joylarni, sanoat markazlarini tabiatga zarar keltirmaydigan holda qurishni rejalashtiradigan “me’morchilik ekologiyasi”, tabiatdagi salbiy holatlarni aniqlaydigan, turli ekologik chora-tadbirlarni ishlab chiqadigan, muhitning ifloslanishini, zaharlanishini to‘xtatadigan “ekologik ekspertiza” kabi yo‘nalish, matematik yo‘llar bilan ekologik modullar yaratish kabi yo‘nalishlar ham rivojlanmoqda.

Ekologiyada o‘rganiladigan muammolarning xilma-xilligi turli usullarning qo‘llanishini talab qiladi. Ekologiyada dala, laboratoriya, eksperimental va matematika moddullar qo‘llaniladi.

Tabiiy sharoitda olib boriladigan va o‘tkaziladigan kuzatishlar dala usuli asosida bo‘ladi.

Dala usuli bo‘yicha tur vakillari, ular hosil qiladigan turli katta-kichik tirik organizmlar guruhlari tabiiy sharoitda o‘rganiladi.

Dala usuli tirik organizmga yoki populyatsiyalarga, ularning yirik biologik birliklariga abiotik omillarning kompleks holda ta’sir qilishini, uning natijasida ma’lum joydagi organizmlarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni aniqlaydi.

Laboratoriya eksperiment usuli - maxsus joylarda, xonalarda, turli mikroorganizmlar, suvo‘tlar, umurtqasiz hayvonlar, ularning formalari (shtamlari) kichik-kichik idishlar.

Tirik organizmlarning fiziologik, biokimyoviy va umuman ekologik holatini kuzatish ko‘pincha laboratoriya sharoitida olib boriladi. Shuning uchun ham tirik organizmlarga sun’iy sharoitda sun’iy ekologik omillarning ta’siri natijasida organizmlarga bo‘lib o‘tadigan o‘zgarishlar laboratoriyada – eksperimental holatda o‘rganiladi.

Laboratoriya – eksperimental va dala usullari bir-biridan farq qiladi. Ya’ni laboratoriya – eksperimental usulida sun’iy sharoitda organizmga ta’sir qilayotgan sun’iy ekologik omillarning salbiy va ijobiy tomonini boshqarish mumkin. Tabiiy sharoitda esa, tabiiy ekologik omillarni organizmga bir joyda va bir vaqtda bir necha omilning birdan (Quyoshdan kelayotgan nurni, temperaturani, Yerning namligini, shamol tezligi va yo‘nalishini, suv to‘lqinlarining kuchini, daryo suvining oqish tezligining) ta’sir qilishini boshqarish qiyin.

Ekologik eksperimental kuzatishlar o‘tkazilganda, mikroorganizmlarning, o‘simlik va hayvonlarning hayot faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Organizmlarning ichki va tashqi qiyofalaridagi o‘zgarishlar, ularning salbiy va ijobiy tomonlari, tabiatda hamda insonlar hayotida foydali va zararli tomonlari ochiladi.

Hozirgi vaqtda turli nazariy va amaliy xo‘jalik muammolarini yechishda ekologik tadqiqotlarning mohiyati kattadir. Ekologik kuzatishlar, tekshirishlar natijasida tur vakillarini, turlarning o‘sishi va rivojlanishi, fasl, yil va ko‘p yillar davomidagi o‘zgarishini, turli joylarda tarqalish qonunlari, tirik organizmlarni o‘z navbatida muhitga qiladigan ta’sirlari, ular o‘rtasidagi aloqalarga oid ekologik muammolar aniqlanadi.

Turli ekosistemalarning tabiiy holati, o‘zagirishi va ularga xos boshqa ekologik tomonlar matematik modullar usuli yordamida aniqlanadi.

Hozirgi vaqtlarda tabiiy biologik voqealiklarni modellashtirish, ya’ni tirik tabiatning turli jarayonlarini sun’iy yaratish keng qo‘llanilmoqda. Masalan, o‘simliklarda bo‘lib o‘tadigan fotosintez jarayoni modeli yoki hayvonlar va odamlardagi qon aylanishi jarayoni modeli, sun’iy buyrak, o‘pka, oyoq, qo‘l, yurak va boshqalar modeli.

Biologiya fanining turli yo‘nalishlarida tirik modellar tuzilib, ular yordamida organizmning tuzilishi, o‘zgarishi, harakat funksiyalari bilan bir-birlaridan farq qilishi aniqlanadi. Maxsus ekologik blok-sxema asosida istalgan shaharning ekologik holatini tahlil qilib, kelajak holatini aytib berish mumkin.

Hozirgi ekologik tadqiqotlarda eng ko‘p qo‘llaniladigan konseptual (sistema, matn, sxema, jadvallar tahlili) va matematik modellar tuzish hisoblanadi.

Konseptual modellar tuzish uchun sistemaning bayoni, ya’ni ilmiy tekst, sxema, sistemalar, jadvallar, grafiklar zarur. Ma’lum biologik birliklarning miqdor ko‘rsatkichlarini o‘rganishda matematik modellar juda qo‘l keladi. Ba’zi hollarda matematik formulalar ham qo‘llaniladi.

Turli matematik yo‘llar, modellar amaliy ekologiya, ekologik modellar matematik yo‘nalishlarga xos mutaxassisliklarda chuqur o‘rganiladi.

Matematik modellar tuzish bakteriyalar, bir hujayrali suvo‘tlar populyatsiyalarini o‘rganishda, ularning umumiylik koeffitsiyentlarini topishda katta ahamiyatga ega.

Turli fanlarning rivojlanishi natijasida matematik hisoblar va modellar tuzish hamma biologik fanlarda va shu jumladan, ekologiyada ham keng qo‘llanilmoqda.


Ekologiyaning ahamiyati, yo‘nalishlari

Ekologiyani fan sifatida rivojlanishi XX asrning 30-yillariga to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda ekologiya va uning ko‘p tarmoqlari hamma mamlakatlarda deyarli yo‘lga qo‘yilgan.

Ekologiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri - tabiat sirlarini, ularning har xilligini bilish hislati faqat insonlargagina xos va bu holat tabiiy voqelikni bilish bilan bir qatorda etik, estetik, adabiy fikrlash qonuniyatlarining takomillashishi bilan bog‘liq bo‘lib, yig‘ilgan ilmiy dalillar asosida atrof-muhit holatini tushuntirib berish esa ekologiyaning ikkinchi yo‘nalishi hisoblanadi.

Ekologiyaning bu ikki yo‘nalishi: tabiiy birliklar qonunlarini o‘rganishda aniqlanadigan prinsiplar, tabiiy holati buzilgan senozlar, biotsenozlar holatini belgilashda ham qo‘llaniladi. Yerdan, suvdan foydalanishda fizika va kimyo qonunlari, ularda bo‘lib o‘tadigan kimyoviy reaksiyalar, anorganik moddalarning erishi, organik birikmalarning hosil bo‘lishi, tuzlar, gazlarning bor yoki yo‘qligini, ularni jonzotlar uchun mohiyatini ekologiya fani yoritib beradi.

Tabiatda kuzatiladigan ekologik salbiy hodisalar insonlarda yetarli darajada ekologik bilim yo‘qligidan, u yoki bu yerda qo‘llanilayotgan usul kelajakda qanday natijalarga olib kelishini bilmaslikdan, ertangi kunga befarqlik bilan qarash va tabiatning ekologik qonunlarini inobatga olmaslikdan kelib chiqmoqda.

Hozirgi kunda va kelajakda inson atrof-muhitga katta kuch bilan, uning holatiga misli ko‘rilmagan darajada salbiy qilayotgan ekan, u tabiatdagi salbiy ta’sirlarning natijasini ko‘ra bilishi, uning oldini olishi, ekologik holatni yaxshilash chora-tadbirlarini ko‘rib, muhitni yaxshilashi shart, chunki shu muhitda insonni o‘zi yashaydi, hayot kechiradi.

Tabiiy sharoitda ekologik qonunlarni e’tiborga olib, ularni o‘rganib, ular bilan kelishgan holda, hamjihatlikda tabiatga nisbatan qilgan xatolarin tuzatish ekologiya mohiyatining xulosasidir.
Ekologik omillar. Ekologik omillarning organizmlarga ta’siri

Yerda hayot paydo bo‘lgandan buyon tirik organizmlar tashqi muhitdagi har xil o‘zgarishlar ta’siriga duch keladi.

Bizning ona planetamizda mavjud bo‘lgan hayvonlar, o‘simliklar hamda hayot kechirayotgan boshqa organizmlar yoki jonzotlar sonining serobligi va geografik tarqalishiga bevosita yoki bavosita ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday tashqi omillar ekologik omillar deb ataladi.

Ma’lumki, yer yuzida uchraydigan turli organizmlarning hammasi o‘z-o‘zidan yashamaydi, ularning ko‘payishi, rivojlanishi va tarqalishi atrof-muhit omillari ta’sirida boradi. Tirik organizmlar o‘rab turgan, ularga turli xil yo‘nalishda ta’sir qiladigan jonli va jonsiz tabiat kuchlari, komponentlari oddiy bir tabiiy manzara emas, balki bir-biri bilan bog‘langan tabiiy ekologik omillar bo‘lib, ularga organizmlar moslashadi.

Tirik organizmlar ma’lum muhitda va uning omillari ta’siri ostida yashaydi, rivojlanadi, ko‘payadi, ekologik omillar bilan muloqotda bo‘ladi, o‘zgaradi, doimiy harakatda bo‘lib nasl qoldiradi. Tirik organizmlarga ko‘rsatadigan ta’siri bo‘yicha ekologik omillar juda xilma-xildir. Muhitning barcha omili shartli ravishda uchta katta guruhga ajratiladi. Bular: abiotik, biotik va antropogen omillardir.

1. Abiotik omillar – bu notirik tabiat omillaridir, organizmlarga ta’sir qiladigan anorganik muhitning kompleks omillaridir. Bu kimyoviy (atmosfera, suv, tuproq va loyiqa), fizik yoki iqlim (harorat, bosim, yorug‘lik, namlik, yong‘in, shamol) omillariga bo‘lishi mumkin.

2. Biotik omillar – muhitga uchraydigan tirik organizmlarning hayot faoliyatida bir-birlariga qiladigan ta’siri va ular o‘rtasidagi munosabatlardan iborat bo‘lib, ular tirik organizmga, uni o‘rab turgan boshqa tirik jonzotlarga har xil ta’sir qiladi. Biotik omillar – tirik organizmlarning bir-biriga o‘zaro ta’siri majmui. Bu ta’sir turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan: 1) tirik organizmlar bir-birlari uchun oziqa manbai (o‘simliklar turli hayvonlarga oziqa); 2) bir tirik organizm tanasi boshqa organizmga (xo‘jayin-parazit) yashash muhiti; 3) bir organizm ikkinchi organizmning ko‘payishiga, tarqalishiga sabab bo‘ladi.

Antropogen omillar – bu inson faoliyatining shunday shakliki, ular atrof-muhitga ta’sir etib, tirik organizmlarning yashash sharoitini o‘zgartiradi yoki hayvon va o‘simliklarning ayrim turlariga bevosita ta’sir qiladi. Eng muhim antropogen omillardan biri muhitning ifloslanishi hisoblanadi. Boshqacha aytganda antropogen omil inson va uning xo‘jalik faoliyatining tirik organizmlarga va butun tabiatga turli xil ta’sirlari majmuini tashkil etadi.

Ekologik omillarning organizmga ta’sir etish harakteri xilma-xil bo‘lsa-da, lekin ularning barchasi uchun bir necha umumiy qonuniyatlar mavuddir.

Ekologik omillar organizmga juda kuchli (maksimum), juda kuchsiz (minimum), ijobiy (optimum) ta’sir etishi mumkin. Omillarning qulay (ijobiy) ta’siri optimum deb ataladi. Undan uzoqlashilgan sari omillar noqulay ta’sir etadi. Masalan, ma’lum haroratlar (160-38 0S) o‘simlikning o‘sish - rivojlanishi uchun qulay, undan yuqorisi noqulay hisoblanadi. Minimum va maksimum chegaralari keskinlik nuqtasi deb qaraladi. Keskinlik nuqtalaridan ortiq kuch ta’siri organizmning nobud bo‘lishiga olib keladi.

Muhitning biror omilga keng doirada moslashgan turlari “evri” old qo‘shimchasini qo‘shish yoki tor doirada moslashgan turlari “steno” qo‘shimchasini qo‘shish bilan nomlanadi. Masalan, evriterm, stenoterm (haroratga nisbatan), evrigal, stenogal (sho‘rlanishga nisbatan), evribat, stenobat (bosimga nisbatan) va h.k. Organizmning omilga nisbatan keskinlik nuqtalari orasidagi chidamlilik chegarasi uning ekologik valentligi deyiladi. Turli ekologik omillarga nisbatan ekologik valentliklar yig‘indisi turning ekologik spektri deyiladi. Masalan, o‘simlikning sho‘rlik, qurg‘oqchilik va yuqori haroratga moslashuvi uning ekologik spektrini tashkil etadi.

Har bir omil organizmning har xil funksiyalariga turlicha ta’sir etadi. Bir hayot faoliyati uchun optimum ta’sir ikkinchi bir jarayon uchun maksimum bo‘lib hisoblanishi mumkin. Masalan, 40-45 0S harorat sovuq qonli hayvonlarda modda almashinuv jarayonini tezlashtiradi, ammo bunda ularning faolligi susayadi. Bu holda ular uxlaydi.

Ayrim individlarning tashqi muhit omillariga chidamlilik chegarasi, optimum, minumum zonalari to‘g‘ri kelmaydi. Biror bir omilga nisbatan chidamlik darajasi uning boshqa omillarga chidamliligini ifodalamaydi. Ayrim turlarning ekologik spektrlari ham bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Muhitning ayrim ekologik omillari organizmga bir vaqtda ta’sir etadi va bir omilning ta’siri boshqa omilning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillarning o‘zaro ta’sir qonuniyati deyiladi. Organizmning ma’lum sharoitda yashashi quyi darajadagi omil bilan belgilanadi. Masalan, cho‘lda organizmning keng tarqalishiga suv va yuqori harorat cheklovchi omil bo‘lib hisoblanadi.

Abiotik omillar. Abiotik (yunoncha “a” – inkor, “bios” - hayot) omillar – notirik tabiat elementlari: iqlim (harorat, namlik, yorug‘lik, havo), tuproq, relef. Abiotik omillardan eng muhimi iqlim hisoblanadi. Iqlim qator omillardan yuzaga keladi.

Yorug‘lik. Iqlim, eng avvalo, Quyosh nuriga bog‘liq. Quyosh nuri o‘simliklarning fiziologik funksiyasi, tuzilishi, o‘sish va rivojlanishi tezligiga turli darajada (me’yoriy, kuchli, kuchsiz) ta’sir ko‘rsatadi. Quyosh nurining biologik ta’siri jadalligi, spektral tarkibi, fasliy va kunlik davriyligi bilan belgilanadi. Bunga bog‘liq holda tirik organizmlardagi moslashuvchanlik xususiyati – fasliy va mintaqaviy harakterga ega bo‘ladi.

Ko‘zga ko‘rinmaydigan ultrabinafsha nurlar barcha jonzotlar, butun hayoti uchun xavflidir. Bunday nurlanishning asosiy qismini atmosferaning yuqori qismida joylashgan ozon qatlami tutib qoladi. Shuning uchun ham, tirik organizmlar faqat ozon qatlami oralig‘ida mavjuddir. Ko‘rinmas nurlar o‘simlik va hayvonlarga juda zarurdir. Eng muhimi, yorug‘lik tufayli o‘simliklarda fotosintez jarayoni sodir bo‘ladi. Yorug‘lik hayvonlar va inson uchun ham muhim omil hisoblanadi. Chunki u faollik darajasini belgilab beradi.

Infraqizil nurlar – issiqlik energiya manbai. Ammo uni inson va hayvonlar ko‘ra olmaydi. Ularni organizm to‘qimalari juda yaxshi yutadi. Bu esa ularning qizishiga sabab bo‘ladi. Infraqizil nurlar sovuqqon hayvonlar uchun, ayniqsa muhimdir. Ular bu nurlardan o‘z tanalarini isitish uchun foydalanadilar.

Quyosh energiyasi yorug‘lik tartibini yaratadi. U geografik kenglik va relefga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Yerning aylanishi bilan bog‘liq holda yorug‘lik tartibi aniq kunlik va mavsumiy davriylikka ega. Kecha va kunduzning ma’lum davomiyligining davriy o‘zgarishi natijasida organizmning yoritishning sutkalik tartibiga reaksiyasi fotodavriylik deyiladi. Fotodavriylik biologik saotlar mexanizmi bilan bog‘liq. Organizmlar funksiyalarini siklik o‘zgartirishga qodir. Biologik soatlar xuddi ana shu jarayonda namoyon bo‘ladi. Biologik soatlar atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga xos holda fiziologik muammoni belgilab beradi. O‘simliklardagi sutka (kun)lik fotodavriylik fotosintez jarayonlarini nazorat qiladi. Hayvonlarda esa kunduzgi va tungi hayot tarziga moslashish yuzaga kelgan.

Harorat – hayotiy jarayonlarni cheklovi muhim omillardan biri. Organizmda barcha hayotiy jarayonlar tananing ma’lum haroratida, asosan +10…+40 0S oralig‘ida kechadi. Faqat ayrim organizmlargagina juda yuqori haroratli hayotga moslasha olgan. Umuman, Yer kurasida oranizmlarning ko‘payishi, tarqalishi va boshqa hayotiy jarayonlarni belgilashda harorat asosiy omillardan biridir.

Hayvon va o‘simliklar hayotida ham harorat katta ahamiyatga egadir. O‘zining doimiy tana haroratiga ega bo‘lgan hayvonlar gomoyoterm – issiq qonli hayvonlar deyiladi. Ular o‘zlarining tana haroratini saqlagan holda issiq-sovuqqa moslasha oladi va atrof-muhit haroratiga juda kam darajada bog‘liq bo‘ladi.

O‘simliklar ikki ekologik guruhga, ya’ni issiqlik (harorat) ta’sirida yaxshi o‘sib rivojlanadigan termofil va past harorat ta’sirida yashovchi psixrofil o‘simliklarga ajratiladi.

Namlik. Yerda barcha organizmlar mavjud bo‘lishining zaruriy sharti suvning borligidir. U hujayralar hayotiy faoliyatining barcha jarayonlarida nihoyatda muhim rol o‘ynaydi. Zero, suvsiz hayot bo‘lmaydi. Namlik tushunchasi yomg‘ir, suv, tuman, qor, qirov, muz bilan bog‘liq holda tushuntiriladi.

Suv balansini ta’minlash organizmning asosiy fiziologik funksiyasi hisoblanadi. Suv boshqa omillarga nisbatan ko‘proq cheklovchi (limitlovchi) omil hisoblanadi. Yer yuzida namlik bir xilda taqsimlanmagan. Quruqlikdagi ko‘plab o‘simlik va hayvonlar namsevar hisoblanadi. Suvning yetishmasligi ko‘pincha organizmlar tarqalishini cheklovchi sabab bo‘ladi. Suvning mavjudligi asosan o‘simlik uchun ekologik omillardan biridir. Ekologik omillar o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini belgilaydi.

Namlik omili hayvonlar uchun ham ahamiyatlidir. Cho‘l sharoitida yashovchi hayvonlarning ko‘pchiligi uzoq vaqt suvsiz kun kechira oladi.

Dariy quruqlik paytida o‘simlik va hayvonlarning hayotiy faolligi pasayadi, namlik yetishmovchiligidan fiziologik hayoti susayadi. Jazirama vaqtida o‘simliklar barg tashlaydi, rivojlanmaydi. Ayrim hayvonlar yozda uyquga ketadi, ba’zilari anabioz holatiga kiradi.

Tuproq. Yerning g‘ovak, unumdor yuza qatlami tuproq deyiladi. Tuproq ko‘plab mikroorganizm va hayvonlar uchun yashash muhiti hisoblanadi, shuningdek, unda o‘simliklarning ildizlari va zamburug‘larning giflari ildiz otadi. Tuproqda yashovchilar uchun uning tuzilishi, kimyoviy tarkibi, namlik, oziq moddalarning mavjudligi birinchi darajali omillar hisoblanadi.

Tuproqda turli o‘simliklardan tashqari bakteriyalar, zamburug‘lar, sodda hayvonlar va boshqalar keng tarqalgan.

Havo. Atmosferadagi gazlar aralashmasi havo qatlamini tashkil etgan. Havo qatlamining balandligiga qarab, uning tarkibi va zichligi o‘zgarib boradi. Havo, hayvon va organizmlar uchun nafaqat yashash muhiti, balki ekologik omil sifatida ham ahamiyatlidir.

Havo - atmosferani tashkil etgan muhitning muhim omili. Uning kimyoviy tarkibi Yerning evolyutsiyasi jarayoni kechishida takshil topgan. Havo tarkibida 78,08 % azot, 20,95 % kislorod, 0,93 % argon, 0,03 % uglerod ikki oksidi, 0,2 % boshqa gazlar aralashmalari, 2,6 % suv bug‘lari mavjud. Tirik organizmlar uchun yashash muhitining asosiy elementi – kislorod, yerda kislorod yaratuvchi yagona manba - yashil o‘simliklardir. Kislorodni o‘simlik fotosintez jarayonida ajratadi. Kislorodsiz yonish yo‘q, metallni eritib, ko‘plab kimyoviy birikmalarni sanoat yo‘li bilan olib ham bo‘lmaydi.

Ammo atmosferaning sanoat chiqindilari, transport vositalaridan chiqqan zaharli gazlar bilan ifloslanishi havoda uglerod dioksidi, serovodorod, oltingugurt oksidi, azot oksidi, uglerod oksidi miqdorining ko‘payishiga olib keladi. Bu esa atrof-muhit holatigagina emas, balki kishilar salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Relef – bu tashqi ko‘rinishi, kattaligi, yuzaga kelishi, yoshi va rivojlanish tarixi bo‘yicha har xil yer sirtini shakllantirish majmuidir. Relef iqlimning shakllanishiga ta’sir qiladi, daryolar oqimi yo‘nalishi va harakteri unga bog‘liq. O‘simlik va hayvonot olami tarqalishi xususiyatlari u bilan chambarchas bog‘langan. Relef inson hayot tarziga va uning xo‘jalik faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Biotik omillar. Organizmlarning biotik o‘zaro munosabatlari yoki biotik omillar deyilganda o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning bir-birilariga o‘zaro ta’siri tushuniladi. Tabiatda hech qanday tirik jonzot o‘z qobig‘iga o‘ralib, ayri holda yashay olmaydi. Uni tabiatning ko‘plab tirik vakillari o‘rab olgan bo‘ladi. Ularning barchasi bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Organizmlarning o‘zaro ta’sirlashishi, shuningdek, ularning hayot sharoitlariga ko‘rsatgan ta’siri muhitning biotik omillari majmuini tashkil etadi.

Ekologik o‘zaro ta’sirlar, odatda, nihoyatda murakkab harakterga ega bo‘lib, ko‘plab omillarga bog‘liq va turli sharoitlarda har xil kechadi. Shuning uchun ekologik o‘zaro ta’sirlarning oqibatlarini oldindan bilib bo‘lmaydi.

Antropogen omillar – inson hayot faoliyatining organik dunyoga ta’siri. Jamiyatning rivojlanishi bilan insonning tabiatga ta’sir qilishning yangi-yangi xillari kelib chiqib, atrof-muhitda salbiy ekologik o‘zgarishlar seziladi.

Hozirgi vaqtda antropogen omillar tabiatdagi eng kuchli omil hisoblanadi. Inson tirik organizmlarga bevosita va bilvosita ta’sir etib, ularni yashash sharoitini o‘zgartirib, qirilib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Insonning faoliyati tufayli yer yuzida ko‘plab o‘simlik va hayvon turlari yo‘qolib ketdi. Million-million yillar davomida shakllanib, tarkib topgan dunyo manzarasini inson bir necha yillar davomida beqiyos darajada o‘zgartirib yubordi.

Odamzod hamma vaqt atrof-muhitdan asosan resurslar manbai tarzida foydalanib kelgan. Hatto uzoq zamonlar davomida uning faoliyati tabiatga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsata olmagan. Faqat o‘tgan asrning oxirlariga kelib, xo‘jalik faoliyati ta’sirida biosferaning o‘zgarishiga olimlar jiddiy e’tibor bera boshladilar. XX asrning birinchi yarmiga kelib, bu o‘zgarishlar jadallashib ketdi va hozirgi vaqtda butun insoniyat sivilizatsiyaga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Inson o‘z hayot shart-sharoitlarini yaxshilashga intilib, moddiy boyliklar ishlab chiqarish sur’atini doimo oshirib boradi. Biroq uning oqibatlari haqida hamisha o‘ylab ko‘ravermaydi. Bunday yondoshuv va munosabatlar natijasida tabiatdan olingan ko‘plab resurslar unga chiqindilar tarzida qaytariladi. Bu chiqindilarning ko‘pchiligi zaharli yoki qayta ishlab foydalanishga yaroqsiz bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, biosferaga ham, insonning o‘ziga ham katta xavf-xatarlar tug‘diradi. Bir so‘z bilan aytganda, kelgusida biosferaning mavjud bo‘lish-bo‘lmasligi, insoniyatning yashab qolish-qolmasligi Yer yuzida ekologik vaziyatga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.

Ekologik omillar tirik organizmlarga alohida – alohida va bir-birlaridan ajralgan holda emas, balki ular murakkab kompleks tarzida bir vaqtda ta’sir qiladilar. Organizm kompleks omillarsiz yashay olmaydi.

Organizmlar har bir ekologik omilni turlicha sezadilar va qabul qiladilar. Har bir tur vakili uchun o‘ziga xos sharoit kerak. Cho‘llarda o‘sadigan o‘simliklar va u yerda yashaydigan hayvonlar yuqori harorat va quruq sharoitga moslashgan, tundra, Arktika va yuqori tog‘ mintaqalarida o‘similk va hayvonlar namlikning fiziologik kamligiga, past haroratga chidamli bo‘ladilar. Sho‘r suv havzalarida uchraydigan organizmlar esa, mineral moddalar konsentratsiyasining yuqoriligini turlicha qabul qiladi. Tirik organizmning ekologik omillarga moslashishi va ularni turlicha qabul qilishi ularning evolyutsion rivojlanish jarayonida vujudga kelgan.


Umumiy ekologiyaga oid qonuniyatlar

1. Organizmlarning turli funksiyalariga har bir ekologik omil turlicha ta’sir qiladi. Masalan, havoning yuqori harorati (+40-450) sovuq qonli hayvonlarda molddalar almashinuvi jarayonini jadallashtirish bilan birga, harakatni boshqaruvchi organlar, ishini sustlashtiradi va hayvonlar tinim davriga o‘tadilar. Baliqlarning jinsiy moddalari optimal haroratda yetishsa, bu harorat ularning uvildiriq tashlashi uchun noqulay sharoit hisoblanadi. Tirik organizmlarning hayot sikllari muhit omillarining fasllar bo‘yicha o‘zgarishiga bog‘liqdir.

2. Tirik individlarning optimum va minimum kritik nuqtalari doimo bir xil bo‘lmaydi. Individlarning o‘zgaruvchanligi, tur vakillarining nasliy belgilari sifatiga, ularning jinsiy, yosh va fiziologik holatiga bog‘liqdir. Masalan, ayrim kapalak qurtlari uchun minimal harorat – 7 0S, balog‘atga yetgan formalari uchun – 22 0S, ularning tuzumlari uchun – 27 0S hisoblanadi. -10 0S qurtlarni nobud qiladi, lekin tuxumlar uchun zararsiz. Bu misoldan ko‘rinib turibdiki, turning ekologik valentligi (chidamlilik chegarasi), tur vakillarining chidash chegarasidan yuqori.

3. Organizmlarning u yoki bu ekologik omilning ta’siriga chidamliligini aniqlashda shu ekologik omil bilan bir qatorda boshqa omillar qanday kuch bilan ta’sir qilishiga bog‘liq. Bunday holat ekologik omillarning birgalikda organizmga ta’sir qilishidan kelib chiqadi. Masalan, tur yuqori haroratni nam havodan ko‘ra quruq havoda yaxshi o‘tkazishi mumkin. Shamolsiz, berk va daraxtli joyga qaraganda, kuchli shamol esadigan ochiq joyda muzlash kuchli va tezroq bo‘ladi. O‘simliklarning so‘lib qolishini tuproqdagi namlikni oshirish, havo haroratini pasaytirish va bug‘lanishni kamaytirish yo‘li bilan to‘xtatish mumkin.

Ekologik omillar organizmlarga ta’sir qilish jarayonida, bir-birlarini to‘ldirib, ma’lum darajada bir-birlarining o‘rnini bosib borishlari mumkin, lekin bir ekologik omilni, ikkinchi omil bilan almashtirib bo‘lmaydi. Masalan, bir tajriba uchastkasida tuproqda yetishmagan namlikni yerni sug‘orish bilan qoplansa, tuproqda yetishmay turgan bir mineral moddani (N3PO4) ikkinchi modda (K3PO4) bilan almashtirish mumkin. Lekin, shimoliy mintaqalarda yetishmaydigan issiqlikni yoki cho‘l zonasida uning ortiqchaligini na namlik va na yorug‘lik bilan almashtirib bo‘lmaydi.

4. Ayrim ekologik omillarning optimal holatdan uzoqlashishi boshqa omillarning optimal darajasida organizmga ta’sir qilishiga qaramasdan turning hayotchanligini noqulay sharoitda qoldiradi. Ba’zan ikkilamchi darajadagi yoki shu muhitda bo‘lmay vaqtincha paydo bo‘lgan omillar organizmlarning rivojlanishini chegaralovchi darajasiga qadar ko‘tarilishi ham mumkin. Masalan, paxtazorlarda g‘o‘za chanoqlarining ochilishini tezlashtirish maqsadida kuchli kimyoviy moddalar bilan defoliatsiya o‘tkaziladi. Bunda hamma ekologik omillar optimal bo‘lishiga qaramay g‘o‘za tanasidagi barglar asta-sekin quriy boshlaydi. Muhitda tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar ham ayrim hollarda chegaralovchi omil bo‘lishi mumkin. Masalan, anjirning changlanishi O‘rta dengizning maxsus arisi (Blastophaga) orqali o‘tadi. Demak, muhitning hamma abiotik omillari (harorat, issiqlik, yorug‘lik, namlik) optimal darajada bo‘lishiga qaramay, o‘simliklarning rivojlanishida va ayniqsa ularni nasl qoldirishda biotik omil (arilar orqali) chegaralovchi darajaga ko‘tarilgan.

5. Ekologik omillar organizmlarga bir vaqtda ta’sir qiladi. Bir omil ta’siri so‘zsiz boshqa omilning ta’siriga bog‘liq va ma’lum darajada hamda ma’lum vaqtda birini o‘rnini ikkinchisi bosishi mumkin. Masalan, cho‘l mintaqasida namlikning yetishmasligi tungi soatlardagi havoning namligi bir oz darajada bo‘lsa ham qoplaydi. Arktikada yetishmagan issiqlik yoz faslidagi yorug‘ kunlar hisobiga qoplanadi. Lekin birorta ekologik omilning o‘rnini boshqasi bosa olmaydi. Chunki fototrof o‘simliklar yorug‘liksiz o‘sa olmaydi. Agar erta bahorda efemer va efemeroidlar uchun birlamchi ekologik omil yorug‘lik va issiqlik bo‘lsa, ularni urug‘ hosil qilish davrida esa namlik hamda oziqa moddalar asosiy omillarga aylanadi.
Ekologik muammolar. Globallashtirish – XXI asr muammosi
Planetamiz hududlarida ekologik taraqqiyot darajasi turlichadir. Shu bois ekologik qiyinchiliklar ham turli darajadadir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu qiyinchiliklar oziq-ovqat mahsulotlari yetishmasligi bilan, rivojlangan mamlakatlarda esa tabiiy resurslar tugab qolishi va tabiiy muhitning ifloslanishi bilan bog‘liqdir. Yerning turli hududlarida hal etilishi lozim bo‘lgan bir-biriga qarama-qarshi masalalar mavjud. Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi, muhim masalalardan biri – tug‘ilish sonini kamaytirish bo‘lsa, ayni vaqtda ko‘pgina Afrika va ba’zi Yevropa mamlakatlarida aholi sonining ortishi sanoat va qishloq xo‘jaligining rivoji uchun zarur hisoblanadi. Aslida bularning barchasi bir-birlari bilan o‘zaro ichki bog‘liqda bo‘lgan har xil muammolardir. Xuddi ana shu o‘zaro bog‘liqlik holati hozirgi zamon ekologik vaziyatning sifat jihatdan o‘ziga xosligidan dalolat beradi.

Global ekologik kllaps xavfining o‘ziga xosligi faqat oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmasligi yoki tabiiy resurslarning tugashidangina iborat emas. Bular to‘g‘risida XIX asrdayoq yozishgan edi. Bu ikki muammoga yana yangisi, ya’ni eng asosiysi atrof-muhitning ifloslanishi muammosi qo‘shildi. Bu XXI asrning global muammosiga aylandi. Jamiyatning tabiat bilan o‘zaro munosabatida sifat jihatdan mutloq yangi holat yuzaga keldi. Ichimlik suvi keskin kamaydi. Ko‘plab miqdordagi yoqilg‘ilarning yonishi, o‘rmonlarning kesilib ketishi, okeanlarning neft mahsulotlari va pestitsidlar bilan ifloslanishi – atmosferada kislorodning kamayishiga olib keladi.

DDT dengiz suvida kam eriydi. Ammo neftda juda yaxshi eriydi. Dengiz suvi yuzidagi neft qatlamida DDTning bo‘lishi juda ko‘p organizmlar uchun xavflidir.

Ba’zan qandaydir xususiy ekologik muammoni hal etishga harakat qilinadi. Lekin bunga bir-biriga qo‘shilib ketgan, salbiy ekologik oqibatlar to‘sqinliklar keltirib chiqaradi. Tegishli shart-sharoitlarda muammo hal etilishi ham mumkin, ammo bu ko‘pgina boshqa muammolarning yuzaga kelishi va keskinlashishiga sabab bo‘ladi. Demak, bunda muammo butunlay hal etilmaydi, go‘yo uning “ko‘chishi” sodir bo‘ladi, xolos.

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish muammosini qarab o‘taylik. Ko‘proq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari olishga intilish tabiiy o‘simliklar o‘rniga sun’iylarini yaratishga olib keladi. Ular esa zararkunandalar, hashoratlar, yovvoyi o‘tlarga va ayniqsa, iqlim o‘zgarishga juda sezgirdir.

Tiklanadigan tabiiy resurslarni juda ko‘p miqdorda kamaytirish yoki ularning ma’lum qismlarini yo‘qotib yuborish ekotizimlardagi nozik va chigal bog‘lanishlarni buzadi. Bu esa o‘z navbatida, ularning kambag‘allashishiga, degradatsiyaga yoki ekologik muvozanatning buzilishiga olib keladi. Inson tomonidan yaratilgan sun’iy biogeotsenozlar tabiiy singari barqaror bo‘la olmaydi. Ularning qishloq xo‘jaligi “zararkunandalari”ga chidamliligini oshirish uchun o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Yuqorida aytib o‘tgan muammoning “ko‘chishi” xuddi ana shundan iboratdir.

So‘nggi o‘n yillikda oziq-ovqat muammosini hal etish “yashil inqilob” – o‘simliklarning yuqori hosil beruvchi yangi turlarini yaratish bilan bog‘liqdir. Ammo “yashil inqilob” juda ko‘p miqdordagi mineral o‘g‘itlarni talab etadi. Qo‘llanishi natijasida ulardan ayrimlari salbiy ekologik natijalar berishi mumkin. Bundan tashqari, yangi seleksion navlar virusli kasalliklarga tez chalinadi va garchand ularning quvvati yuqori bo‘lsa-da, tarkibida inson organizmi uchun zarur oqsil hamda boshqa moddalar kamroq bo‘ladi. inson tomonidan ekotizimning mahsuldorligini har qanday oshirish ularni barqaror holatda saqlab turish uchun sarflanadigan harajatlarni ko‘paytirishni talab etadi. Albatta, harajatlarni oshirib borishning ham o‘z chegarasi bor. Agar harajatlar haddan ortiq ko‘p bo‘lsa, mahsulotlarni ko‘paytirishga hech qanday hojat qolmaydi. Umuman, inson qancha istasa, shuncha mahsulot olish yoki ishlab chiqish mumkin. Ammo bu biosferaga bosimni orttiradi va u bunga bardosh bera olmaydi.

Keltirib o‘tilgan ayni misollar ekologik muammoning kompleks harakterga ega ekanini ko‘rsatibgina qolmaydi, balki shu bilan birga insonning o‘zi yashab turgan muhitga ta’sirining hozirgi zamon strategiyasi va ekologik qonuniyatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni ochib berishga yordam beradi. Inson o‘ziga kerakli miqdorda mahsulot olishi uchun ekotizim mahsuldorligini maksimal darajada oshirishga intiladi, biroq bu istak ularning rivojlanish yo‘nalishiga ziddir.

Ekotizim mahsuldorligi haqida D.P.Xidren quyidagilarni yozadi: “Agar sivilizaiyaga mahsuldorlikni maksimal darajada oshirish xos bo‘lsa. Tabiatga maksimal barqarorlikka intilish xosdir. Bu maqsadlar bir-biriga muvofiq kelmaydi. Ekologik tadqiqotlar ko‘rsatadiki, eng murakkab, binobarin, eng barqaror ekotizimlar mahsuldorligi kichik bo‘ladi. Ekotizim barqarorligini pasaytirib, uning mahsuldorligini oshirish mumkin. Shunday qilib, xususiy ekologik masalani hal etish bir tomonlama qilingan ishdir va u muammoning “kuchlanishi”ga olib keladi, xolos.”.

Umumiy holda gapirganda, tabiat bilan mutlaq uyg‘unlikning ideal holatiga erishish prinsip jihatdan mumkin emas. Tabiiy asoratlar bilan kurashish jarayonida insonning qiyinchiliklarni yengish qobiliyati namoyon bo‘ladi. Ammo bu inson tabiatdan ustun turadi, degani emas.

Hozirgi ekologik vaziyat tabiatning insonga bo‘lgan ta’siriga, uning ob’ektiv taraqqiyot qonuniyatlariga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bu esa uning yaxlit holdagi faoliyati mexanizmni o‘rganishga e’tiboni jalb etishga majbur etadi. Chunki tabiatda hamma narsa bir-biri bilan bog‘langan. Ta’sir ekotizimning faqat bir qismigina emas, balki butun tizimga (biosferaga, alohida organizmga ham) ko‘rsatiladi. Ekotizimning bir necha bog‘lanishlari yo‘qolishi yoki zarar ko‘rishi, tiklanishi mumkin. Ammo ular juda ko‘p bo‘lsa, ekotizim butunlay yo‘qolib ketadi.

Ekologiya tarmoqlarining kelajakda shug‘ullanadigan va hal qiladigan muammolari: aholining o‘sishini o‘zgarib borishini va uni jamiyatning tuzilishi bilan bog‘lab o‘rganish, kelajakning asosiy energiya resursi hisoblanmish yadro jarayonlaridan foydalanishning zararsiz yo‘llarini topi shva boshqariladigan termoyadroni sintez qilish, sanoatda, agrotexnikada va boshqa yo‘nalishlarda tutashtirilgan ishlab chiqarishni tashkil etish, atrof-muhitning ifloslanishi tufayli Yerning issiqlik balansini o‘rganish va undan unumli foydalanish yo‘llarini va ekologik zararsiz mahsulot ishlab chiqarishdan iboratdir. Bu holatlar XX asrning ikkinchi yarm iva XXI asrda insoniyat hayoti uchun zarur bo‘lgan muammolar, ya’ni tabiat muhofazasi, energiya, xom-ashyo va oziq-ovqat muammosini hal qilish, suv havzalarining boyligini aniqlash va undan foydlanish yo‘llarini ishlab chiqish, yangi kasalliklarning oldini olish borasida chora-tadbirlar ko‘rishga oid global masalalar ekologiyaning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir.



Globallashtirish – XXI asr muammosi

Keyingi yillardagi eng ko‘p ishlatiladigan so‘z globallashtirishdir. Bu nima degani? Bizning bunga munosabatimiz qanday? Nima uchun ko‘pchilik mamlakatlar yoshlari bunga qarshi chiqishmoqda? Demak, globallashtirish – bu zamonaviy, asosan kompyuter texnologiyalari negizida umum jahon moliya – informatsion makonini jadallik bilan shakllantirishdir. Butun jahon televideniyesi, milliy iqtisodiyotni yo‘q qilib tashlaydigan “moliyaviy bo‘ronlar”, internet, virtual faol voqelik – bular kuchli ta’sirot uyg‘otadigan iboralardir, xolos. Ular masalaning tashqi alomatlarinigina ifodalab, yangi texnologiyalarning insoniyatga ta’sirini to‘sib qo‘ymasliklari kerak. Asosiysi – mehnat predmetining o‘zgarishidir. Inson tabiatni o‘zgartirib inson bo‘ldi. Informatsion texnologiyalar endi jonsiz buyumlarni o‘zgartirishni emas, balki – tirik ongni jamoa va individual ongni o‘zgartirishni eng ko‘p foyda keltiradigan biznesga aylantirdi.

Bunday inqilobning oqibatlarini biz hali to‘lasincha anglab yetkanimiz yo‘q. Marketingdan farqli ravishda PR (Publik relations) texnologiya, tovarni kishilar qiziqishiga qarab emas, balki teskarisi, ya’ni kishilarni tovarga moslashtiradi. Bu bilan bog‘liq bo‘lgan xavflardan biri – kishining o‘zining dasturlanishidir. Begona kishining ongini shakllantirishda biz muqarrar ravishda o‘z ongimizni ham o‘zgartiramiz. Hatto kimnidir nimagadir ishontirganimizda, bizning o‘zimiz ham shunga ishonamiz, bu vaqtda haqiqiylik yo‘qoladi.

Globallashtirish natijasida vujudga kelgan boshqa muammolarni ham ko‘rib chiqaylik. Informatsion texnologiyalar rivojlanishining asosiy resurlarini o‘zgartiradi. Bu endi ishlab chiqarishlari mavjud bo‘lgan makon emas, balki harakatchan mablag‘lar va yuksak aql-idrokdir. Bugungi kunda hududni samarali o‘zlashtirish, uning mablag‘lari va intellektini musodara qilishdan iborat. Bunda rivojlangan davlatlarning taraqiyoti o‘zlashtiriluvchilarning inqirozi hisobidan bo‘lib, inqiroz ko‘lami rivojlangan davlat yutug‘idan katta bo‘ladi. Raqobat buzilib bormoqda. Yagona dunyo bozorida global monopoliyalar vujudga kelmoqdaki, ularga davlatlar tomonidan ham, xalqaro byurokratiya tomonidan ham deyarli ta’sir o‘tkazib bo‘lmay qoldi. Shunday megatexnologiyalar ham paydo bo‘lmoqdaki, ulardan foydalanish ishlab chiquvchi bilan raqobat qilish imkonini bermaydi. Misol uchun, tarmoqli kompyuterlar loyihasi va Yevropadagi hamma telefon aloqalarini ONLAYN rejimida tahlil qilish.

Natijada, pullar o‘z mohiyatini yo‘qotmoqda: raqobatlik endi ko‘proq sotib olish mumkin bo‘lmagan texnologiyalar bilan aniqlanmoqda. Texnologiyalar ahamiyatining oshishi teng huquqli raqobatni buzadi, chunki ular pullar kabi tez harakatchan emas. Asosiy to‘siq - maorif va farovonlikdir. O‘qimagan kishi texnologiyadan foydalana olmaydi, kambag‘al jamiyat esa yetarlicha o‘qimishli kishilarni ushlab tura olmaydi.

Globallashtirish – hammaning gullab-yashnashi uchun yo‘l emasligi, faqat kuchli davlatlarning yanada baquvvat bo‘lishi, kuchsiz davlatlarning yanada kuchsizlanishi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu globallashtirishga qarshi avj olgan norozilikning sabablaridan biridir. Keyingi vaqtlarda xalqaro iqtisodiy forumlarda, faqatgina uchinchi dunyo mamlakatlari rahbarlarining iqtisodiy fikrlar yo‘nalishini globallashtirish shiorlaridan boshqa tomonga burushga harakat qilishlari tasodifiy emas, chunki bu mamlakat yoshlari, ko‘pgina fuqarolari globallashtirishga qarshi chiqishmoqda.



Inson tabiatni o‘zgartirishdan o‘zini unga moslashtirishga o‘tmoqda. Texnologik bozor endi nafaqat ishlab chiqarish munosabatlarini, balki insoniyatning qiyofasini ham o‘zgartirmoqda.

SAVOLNOMALAR


  • Materiya nima?

  • Harakat bilan materiya qanday bog‘langan?

  • Fazo va vaqt nima?

  • Absolyut haqiqiylik nima?

  • Nisbiy haqiqiylik nima?

  • Naturfilosofiya nima va qanday yo‘nalishlardan tashkil topgan?

  • Levkip, Demokrit, Epikurlar tabiatshunoslikning taraqqiyotida qanday hissa qo‘shgan?

  • Mif nima va u qachon paydo bo‘lgan?

  • Fanni harakterli xususiyatlari.

  • Dinamizm nima?

  • Fanni umumiy usuli nimadan tashkil topgan?

  • Fanni empirik usuli.

  • Bilish bosqichlari nimadan iborat?

  • Fan-texnika taraqqiyotini bosqichlari nechta?

  • Qadimgi dunyo olimlarini olam to‘g‘risidagi fiklari qanday?

  • Quyosh atmosferasi nimadan tashkil topgan?

  • Qaysi fan osmon jismlarni paydo bo‘lshini, taraqqiyotini o‘rganadi?

  • Butun olam tortishish qonunlarini formulasi.

  • Jamiyatni amaliy ehtiyojlari asosida qaysi fan bo‘lgan?

  • Kichik planetalar deb nimaga aytiladi?

  • Quyosh tarkibi nimadan tashkil topgan?

  • Quyosh sistemasida Yer nima?

  • Yerning harakteristikalari.

  • Yer qanday qatlamlardan tashkil topgan?

  • Astronomiya nima?

  • Osmon jismlarni o‘rganadigan yangi metodlar.

  • Magnitosfera nima?

  • Astronomiya qayerda qo‘llaniladi?

  • Yer boshqa planetalardan nima bilan farq qiladi?

  • Bizni o‘rab olgan olam qanday ma’noga ega?

  • Sariq yulduzlarning matematik ifodasi?

  • Har bir tabiiy fan nimani o‘rganadi?

  • Materiya nimaga bog‘liq emas?

  • Sub’ektni sezgi organlari qanday vazifani bajaradilar?

  • Tortishish kuchi ta’siri tabiatda qanday hodisa ro‘y beradi?

  • Tabiiy bilimlar nima?

  • Kimni tasavvurlari asosida olam atomlar va bo‘shliqdan tashkil topgan?

  • Biologiya bilan fizikani bog‘lanishi olamni qaysi manzarasini tashkil etadi?

  • Ptolomeyni yaratgan sistemasi.

  • Havoni siyraklashuvi asosida nima hosil bo‘ladi?

  • Havoni quyuqlashuvi oqibatida nima hosil bo‘ladi?

  • Galiley mexanikani qaysi qonuni yaratgan?

  • Oq yulduzlar nima?

  • Fales, Anaksimen, Anaksimandrlarni fanga qo‘shgan hissalari.

  • Mehnat unumdorligini o‘sishiga nima asos bo‘ladi?

  • Tabiiy fanlar nima bilan bog‘langan?

  • Oqsil, lipid va uglevod nima?

  • To‘qima nima?

  • Odam va hayvonlar to‘qimasi.

  • O‘simliklar to‘qimasi.

  • Epiteliy nima?

  • Nerv to‘qimasi nima?

  • Muskul to‘qimasi nima?

  • Organella nima?

  • Sodda hujayralar nima deb ataladi?

  • Eukariot hujayralar nima?

  • Hujayra yadrosi qanday organ?

  • Hujayrani plazmatik membranasi qanday vazifani bajaradi?

  • Barcha tirik mavjudotlarning eng muhim tarkibiy qismini nima tashkil etadi?

  • Elementar tirik sistema deb nimaga aytiladi?

  • Hujayra qanday qobiliyatlarga ega?

  • Hujayra nimadan tashkil topgan?

  • Ribosoma nima va u qanday vazifani bajaradi?

  • Organizmda uchraydigan 40-ga yaqin elementlardan eng muhimlarini qaysi elementlar tashkil etadilar?

  • Har bir tirik organizm tanasining asosiy massasini nima tashkil etadi?

  • Tirik organizmlarning tanadagi quruq moddalarning asosiy komponentlarini nima tashkil etadi?

  • Organizmda kam miqdorda uchraydigan elementlar.

  • Materiyani tashkil etishining biologik bosqichlarini ko‘rsating.

  • Qaysi to‘qima qisqarish kuchiga ega?

  • Gistologiya nima?

  • Tirik dunyoda qaysi organizm hujayrasiz organizm?

  • Ijtimoiy fanlar nimani o‘rganadilar?

  • Fizikaviy vakuum nima?

  • Qaysi jamoa tuzumida fan kurtaklari paydo bo‘lgan?

  • Deduksiya, indukiya, analiz, sintez qanday ma’noga ega?

  • Fanni paydo bo‘lishi qanday jarayon?

  • Qaysi fanlar jamiyatni ishlab chiqarish kuchlari bilan boqliq?

  • Fan-texnika inqilobini salbiy tomonlari nimada?

  • Fan-texnika inqilobi bilan nima bog‘langan?

  • Qaysi muhitda virtual zarrachalar paydo bo‘ladi?

  • Qizil yulduzlarni matematik ifodasi?

  • C, N, O, P va S kimyoviy elementlar qanday ma’noga ega?

  • Moddiy dunyo nimadan tashkil topgan?

  • Yerning ichki qatlami nimadan tashkil topgan?

  • Quyosh energiyasining manbasi nima?

  • Atom va elementlar dunyosi nima?

  • Cl, J, Na, K, Ca, Mg, Fe kimyoviy elementlar qanday ma’noga ega?

  • Atom nima?

  • Molekula va Planetalar o‘rtasida joylashgan materiyani turi nima deb ataladi?

  • Galaktikani aylanish davri nimaga teng?

  • Elementar zarrachalarning muhim harakteristikalari.

  • ; Quyoshdan qancha energiya ajraladi?

  • Qaysi planetalar gigant-planetalar deb ataladi?

  • Astronomik masshtabli makrojism nima deb ataladi?

  • Materiyani strukturaviy ob’ektlari bir-birlari bilan qanday bog‘langan?

  • Amaliyotda moddalarni hosil qilish jarayoni nima?

  • Galaktikalarda yulduzlar soni qancha?

  • Molekula nima?

  • Elektromagnit maydoni nima?

  • Tabiatda qaysi elementlar ko‘p tarqalgan?

  • Nodir elementlar nima?

  • Tirik organizmlarda qanday kimyoviy elementlar bo‘ladi?

  • Yashash vaqti asosida elementar zarrachalar qanday guruhlarga bo‘lingan?

  • Bog‘langan protonlar va neytronlar sistemasi materiyani qaysi turini tashkil etadi?

  • O‘simliklar to‘qimasini qaysi fan o‘rganadi?

  • Qaysi to‘qima odam va hayvon tanasini qoplab turadi?

  • Qaysi to‘qima qisqarish qobiliyatiga ega?

  • Yorug‘likni elektromagnit nazariyasini kim yaratgan?

  • Yorug‘likni to‘lqin nazariyasini kim yaratgan?

  • Yorug‘likni ikkilamchi tabiati.

  • Mikrobilogiya nima?

  • Suvda yashovchi organizmlar haqidagi fan?

  • Biologiya fani nimani o‘rganadi?

  • Biologiyani bevosita amaliyot bilan bog‘langan masalalarni qaysi fanlar o‘rganadi?

  • Ultrabinafsha nurlar nima?

  • Infraqizil nurlar nima?

  • Mexanik harakat qanday xususiyatga ega?

  • Klassik mexanikani qonunlari.

  • Qanday sistemalarda saqlanish qonunlari ro‘y beradi?

  • Tirik organizmlarda qaysi saqlanish qonuni ro‘y beradi?

  • Endotermik reaksiya nima?

  • Aristotelning fikricha boshlang‘ich materiya nimadan tashkil topgan?

  • Qaysi nurlar organizmga kimyoviy ta’sir ko‘rsatadi?

  • Qaysi nurlar organizmga issiqlik ta’sir ko‘rsatadi?

  • Issiqlik, sovuqlik, namlik, quruqlik nimani ifodalaydi?

  • Havo, suv, olov, tuproq nima?

  • Tabiat nima?

  • Tabiat va jamiyat nima?

  • Jamiyatni borligi nimaga bog‘liq?

  • Tabiat resurslari nima?

  • Tabiiy kimyoviy elementlarning turlari?

  • Noradioaktiv elementlar nima?

  • Radioaktiv elementlar nima?

  • Inson bilan tabiat.

  • Nima orqali insonni hayoti ancha qulay bo‘ldi?

  • Miya nima?

  • Ong nima?

  • Nima asosida ong shakllangan?

  • Miya qanday vazifani bajaradi?

  • Odam qanday mahsul?

  • Ongni paydo bo‘lishi qanday ro‘y bergan?

  • Anorganik birikmalarni nima tashkil etadi?

  • Elektr kimyo sanoati nimaga asoslangan?

  • Fotosintez jarayoni nimaga misol bo‘ladi?

  • Bizni o‘rab olgan makon nima bilan o‘ralgan?

  • Qaysi tabiiy va sun’iy manbalar elektromagnit to‘lqinlar chiqaradilar?

  • Quyosh, Yulduzlar, ba’zi nurlanuvchi tirik organizmlar nimaga misol bo‘ladi?

  • Hozirgi zamonni global muammosi nimada?

  • Biosintez yordamida qaysi biologik moddalarni olish mumkin?

  • Hozirgi vaqtda yiliga qancha organik birikmalar sintez qilinadi?

  • Kimyoviy kinetika qayerda qo‘llaniladi?

  • Organik birikmalarning umumiy soni qancha?

  • Organizmda biror vitamin yetishmasa yoki butunlay bo‘lmasa u paytda qaysi jarayon buziladi?

  • Foton energiyasi nimaga teng?

  • (0,760,40) mkm qanday ma’noga ega?

  • O‘simliklar nima?

  • O‘simliklar qaysi xususiyatlari orqali katta rol o‘ynaydi?

  • Kimyoviy elementlarning migratsiyasiga nima katta rol o‘ynaydi?

  • Planetmaiz aholisini oziq moddalar bilan nima ta’minlaydi?

  • Hayvonlar tirik organizmlarni qaysi turiga kiradi?

  • Xalq xo‘jaligi uchun hayvonlarni nima deb qabul qilingan?

  • Barcha jonzodlarning eng yuqori pog‘onasida nima turadi?

  • Fotosferani ustida nima joylashgan?

  • Quyosh tojida temperatura qanday bo‘ladi?

  • Havo oqimlarining tezligini va yo‘nalishini qaysi fan aniqla ydi?

  • Eksperiment nima?

  • Tabiiy boyliklar nima?

  • Ekologik omillar nima?

  • Ekologik omillarni guruhlari.

  • Iqlim omillari nimadan tashkil topgan?

  • Suv bilan bog‘langan omillar nima?

  • O‘simliklarda suvni miqdori qancha?

  • Hayvonlarda suvni miqdori qancha?

  • Qaysi abiotik omil tuproqni xususiyatlari bilan bog‘liq?

  • Edafik omil nima?

  • Yashash muhiti nima?

  • Adaptatsiya nima?

  • Genetika nima?

  • O‘zgaruvchanlik nima?

  • Irsiyat nima?

  • Gen nima?

  • Organizmni genotipi nima?

  • Organizmni finotipi nima?

  • Har bir gen nima uchun javob beradi?

  • Irsiyat haqidagi axborotlarni nima beradi?

  • Genetik injeneriya nima?

  • Genetik injeneriyani vazifasi nimadan iborat?

  • Biotexnologiya nima?

  • Biotexnologiya qanday sohalarga ega?

  • Antropogen omil nima?

  • Hozirgi paytda inson bilan tabiat qanday munosabatda bo‘lgan?

  • Genotip nima?

  • Ong nima?

  • Ong nimadan tashkil topgan?

  • Qaysi ekologik omillar tuproq bilan bog‘liq?

  • Fenotip nima?

  • Genni vazifasi nimadan iborat?

  • Tabiiy muhitni holati nimaga bog‘liq?

  • Qachon tabiiy muvozanat buzadi?

  • Tirik organizmlarda, ularning belgi va xususiyatlarni nasldan-naslga o‘tkazishini nima ta’minlaydi?

  • Geologik aylanish nima?

  • Biosfera nima?

  • Irsiyat to‘g‘risidagi informatsiyani nima beradi?

  • Biosferani yuqori chegarasi nimadan tashkil topgan?

  • O‘simliklar, hayvonlar, bakteriyalar biomassasi nima?

  • Qaysi temperaturada hayot bo‘lmaydi?

  • Ozon qatlami nima?

  • Biologik aylanishi nima?

  • O‘simliklar biomassasi nimaga teng?

  • Hayvonlar biomassasi nimaga teng?

  • Tabiatda har qanday tirik mavjudot nima bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi?

  • Biosferani tarkibini nima tashkil etadi?

  • Biologik va geologik aylanishlarning bog‘lanishi asosida tabiatda nima ro‘y beradi?

  • Biogeotsenoz nima?

  • Biogeotsenox qanday komponetlardan tashkil topgan?

  • Amerikalik olim D.Forrester nimani yaratgan?

  • Kompyuter modellashda Medouz planetamizni qaysi sistemalari to‘g‘risida informatsiyadan foydalangan?

  • Ekologiya faniga ta’rif bering.

  • Darvinizm deganda nimani tushunasiz?

  • Biosferaning tuzilishi.

  • Ong va ongsizlik nima?

  • Insonda onglilik va ongsizlik qanday qilib paydo bo‘ladi?

  • Salomatlik deganda nimani tushunsaiz?

  • Sog‘lom hayot tarzi deganda nimani tushunasiz?

  • Demografiya faniga ta’rif bering.

  • Hozirgi zamon global muammolari deganda nimani tushunasiz?

  • Qachon Galaktika to‘g‘risida tushuncha paydo bo‘ldi?

  • Nimaga Quyoshda dog‘lar bor?

  • Kometa nima va u qancha yashaydi?

  • Galaktikani o‘rganishning ahamiyati nimada?

  • Nimaga kech va kunduz va yil fasllari bo‘ladi?

  • Nimaga Quyoshdan yorug‘lik chiqadi?

  • Yulduzlar nimasi bilan palentalar va kometalardan farq qiladi?

  • Dastlabki bilimlar qanday bo‘lgan?

  • Hozirgi vaqtda fanlar qanday guruhlarga bo‘linadi?

  • Hozirgi zamon kishisiga FTI nimani beradi?

  • FTI qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi?

  • Nima sababdan qadimgi mifologiya rivoj topgan?

  • A.Eynshteynning nisbiylik nazariyasining mohiyati nimada?

  • Empedokl tabiatning “ildizi” deb nimani hisoblaydi?

  • Tabiatshunoslik tarixida Demokritni qo‘shgan hissasi nimada?

  • Biologiya sohasida Aristotel qanday ta’limot yaratdi?

  • Aristotel qalamiga qanday asarlar xos?

  • Arximed matematika sohasida qanday ilmiy ishlarni qildi?

  • Arximed mexanikada qanday qonunlarni topgan, uning nomi bilan yuritiladigan qaysi qonunni ochgan?

  • Ptolemeyning qaysi asarida O‘rta Osiyoga xos geografik koordinatalari to‘g‘risida ma’lumotlar bergan?

  • Sharqda qaysi tabiiy fanlarning rivojlanishiga Ptolemeyning asarlari katta ta’sir ko‘rsatdi?

  • Qaysi olim mexanik tabiatshunoslikka asos solgan?

  • Galileynni fikricha haqiqiy bilim nima orqali keladi?

  • Galiley qanday astronomik kuzatishalrni olib berd iva ixtirlar qildi?

  • Ilm-fan olamida Keplerning eng asosiy yutug‘i nimada?

  • Ilm-fan inqilobining ikkinchi bosqichi qaysi olimning ilmiy faoliyati bilan yakunlanadi?

  • Qaysi olim birinchi bo‘lib yorug‘likni to‘lqin uzunligini o‘lchadi?

  • Qaysi olimning faoliyati bilan tabiatshunoslikda uchinchi ilmiy inqilobning mohiyati borliq?

  • Kant-Laplas kosmogonik nazariyasining mohiyati nimada?

  • Qaysi olim birinchi bo‘lib hayvonot olamini ikkita asosiy guruhlarga bo‘lingan?

  • CH.Layelning qaysi asarida geologik evolyutsiya izohlangan edi?

  • Geologik evolyutsiya qaysi ta’limotga katta ta’sir ko‘rsatadi?

  • Hujayra nazariyasi qachon kashf etgan?

  • Qaysi olim hujayra nazariyasini hayvonot olamiga tadbiq etdi?

  • Jonlilikning mohiyati nimada?

  • Hayotning vujudga kelishida evolyutsiya mexanizmlari qanchalik ta’sir ko‘rsatgan?

  • Jonli hayotning jonsiz hayotdan farqi.

  • Jonli tabiat jonsiz tabiatdan qanday farq qiladi?

  • Virus nima?

  • Fotosintez mahsuloti nima?

  • Jonli tizimlarning xususiyatlariga nima kiradi?

  • Jonli organizmlar qanday omillarga bog‘liq?

  • Yerda hayotning asosini nima tashkil etadi?

  • Hayotning vujudga kelishi uchun nima kerak?

  • Ekologik muammolarning vujudga kelishini sabablari nimada?

  • Iqtisodiy taraqqiyot atrof-muhitni imkoniyatlarini hisobga olmagan holda nima ro‘y beradi?

  • Tabiiy muhitning degradatsiyasiga misol keltiring.

  • Jahon ekologik tizimini degradatsiyalashuvining eng muhim sabablari nimada?

  • Dunyo okeaniga yiliga qancha miqdorda neft va neft mahsulotlari to‘kilmoqda?

  • Atmosferani ifloslantiruvchilar qatorini nimalar tashkil etadi?

  • Atmosferaning pastki qatlamlariga nima salbiy ta’sir ko‘rsatadi?

  • Inson o‘zining faoliyati bilan qanday ekologik oqibatlarga olib keldi va olib kelishi mumkin?

  • Hozirgi vaqtda jahon miqyosida ekologik inqirozining chuqurlashishi qanday jarayonlar bilan belgilanmoqda?


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin