Zamonaviy tabiiyot bilmilari konsepsiyalari Leksiyalar kursi mundarija



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə14/14
tarix28.07.2020
ölçüsü0,62 Mb.
#32352
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Zamonaviy tabiiyot bilmilari konsepsiyalari Leksiyalar kursi mun


Adabiyotlar


  1. Karimov I.A. “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda”. Toshkent, “O‘zbekiston”, 1999.

  2. Savelev I.V “Umumiy fizika kursi”. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1992.

  3. Baratov P. “Tabiatshunoslik asoslari”. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1992.

  4. G‘ulomov P.N. “Inson va tabiat”. - Toshkent, Universitet, 1994.

  5. Shodimetov Yu. “Ijtimoiy ekologiyaga kirish”. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1994.

  6. To‘raqulov X.X., G‘ofurov A.T va boshqalar. “Umumiy biologiya”. - Toshkent, “Fan”, 1999.

  7. Gorelov A.A. “Konsepsii sovremennogo yestestvoznaniya”. M., Vlados, 1999.

  8. Losev A.V., Provatkin G.G. Sotsialnaya ekologiya. M., Vlados, 1999.

  9. Ergashev A. “Umumiy ekologiya”. Toshkent, “Mehnat”, 2003.

  10. Abdusalomova M.N. “Konsepsii sovremennogo yestestvoznaniya”. Samarkand, 2004.

  11. Spasskiy B.I. “Fizika dlya filosofov”. M., Izd. MGU, 1989.

  12. Beknazarov R.I., Novikov Yu.V. “Oxrana prirodi”. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1995.

  13. Yugay G.V. Obshaya teoriya jizni. M, “Misl”, 1995.

  14. Solopov Ye.F. “Konsepsii sovremennogo yestestvoznaniya”. M., Vlados, 1998.

  15. Karmilsev V.I. i dryu Osnovi ekologii. M., “Interstal”, 2001.

  16. Qayumov A. va boshqalar. Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti. Toshkent, “Universitet”, 2005.

  17. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi (1-11 jildlar). Toshkent, “Qomuslar bosh tahririyati”, 2000-2005 yillar.

  18. Http://www.fmnh.org/ Informatsiya po istorii yestestvoznaniya

  19. Http://www.agu.org/scisoc/everyoneat.html/ Informatsiya ob atmosfernix yavleniyax Zemli i vliyanii zagryazneniya atmosferi na zdorove cheloveka

  20. Http://www.seds.org/galaxy/ Informatsii o planetax Solnechnoy sistemi.

  21. Http://www.agu.org/scisoc/everyoneat.html. Informatsii o klimate Zemli i metodax yego issledovaniya.

  22. Http://www.mcnetMarietta.edu/^biol/102-102.html/ Informatsiya o biologii okrujayushey sredi razdeli: Ekosistema. Rastitelniy pokrov. Kislotnie dojdi i eroziya zemnoy kori.

  23. Http://www.conbio.ice.edu/ Dayotsya obzor issledovaniy po ekologii i biologii.

  24. Http://www.Soc.titech.acjp/uem/ Predstavleni texnologii, kotorie obespechivayut alternativnie sposobi proizvodstva s minimalnim zagryazneniyem okrujayushey sredi.


IZOHLI LUG‘AT
Avtotroflar – avtotrof organizmlar (yun. autos – o‘zi, trophe – oziq, oziqlanish) - fotosintez, fotoreduksiya va xemosintez jarayonlari tufayli noorganik moddalardan o‘z hayoti uchun zarur organik moddalar tayyorlab olish qobiliyatiga ega organizmlar. Bunga deyarli hamma yuksak o‘simliklar (parazit va saprofit o‘simliklardan tashqari), barcha suvo‘tlar va ayrim bakteriyalar kiradi. Fotosintetik o‘simliklarning xlorofill pigmentini saqlash va yashil tusli bo‘lishi ularga xos belgidir.

Adaptatsiya – (lot. adaptation - moslashuv) – 1) organizmning turli yashash sharoitlariga moslashuvi; 2) sezgi a’zolarining o‘ziga ta’sir etadigan qo‘zg‘atuvchilarga moslashishi natijasida ularda sezgirlik darajasining o‘zgarishi (mas. ko‘zning yorug‘lik yoki qorong‘ulikka moslashuvi. Adaptatsiya hodisasi hamma tashqi sezgilar (ko‘rish, eshitish, hid, ta’m, badan sezgisi)ga xosdir.

Akklimatizatsiya – (lot. ak – uchun, yun. clima - iqlim) – organizmlarning yangi yashash sharoitlariga moslanishi.

Aminokislotalar – molekulasida amin va karboksil guruhi bo‘lgan organik birikmalar, o‘simlik va hayvon oqsilining asosiy elementi hisoblanadi.

Amfibiyalar (Amphibia) – suvda va quruqlikda yashovchilar.

Analiz (yun. analysis) – ajratish, kishilar dunyoni bilish jarayonida ishlatadigan tekshirish usuli. Analiz fikran yoki amalda narsa va hodisani tarkibiy bo‘laklarga bo‘lish.

Analogiya – (yun. analogia – muvofiqlik, aynanlik, o‘xshashlik) – predmet va hodisalarda biror xususiyatining o‘xshashligi.

Anofaza hujayra bo‘linishining uchinchi fazasi, metafazadan keyin.

Antibiotiklar (anti… va yun. bios - hayot) – ba’zi mikroorganizmlar (zamburug‘lar, bakteriyalar), hayvon to‘qimalari va ayrim yuksak o‘simliklar hayot faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan va turli xil mikroblarning o‘sishi hamda rivojlanishini to‘xtatadigan organik moddalar.

Antiseptik vositalar – (anti… va yun. Septikos - chirish) tibbiyotda – teri, gavda bo‘shlig‘i, jarohat yuzasi va boshqa joylardagi kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblarga nisbatan kushandalik xususiyatiga ega moddalar.

Antitsiklon – (yun. anti… va siklon) – atmosferada yuz beradigan hodisa. Havo oqimlari harakatidan hosil bo‘ladigan juda katta atmosfera girdobi.

Antizarralar – massasi, spini, izotopik spini, juft-toqligi o‘zining “egizak” zarrasining mos parametrlariga o‘zaro teng bo‘lib, bir-biridan faqat elektr va nuklon zaryadlari, ajibligi, magnit momentlarining ishoralari bilan farq qiladigan elementar zarralar.

Apogey (yun. apogejos – yerdan uzoqda joylashgan) Yer yo‘ldoshi orbitasining yer markazidan eng uzoq nuqtasi.

Artezian suvlari – bosim ta’sirida bo‘lgan yer osti suvlarining bir turi, suv o‘tkazmaydigan qatlamlar oralig‘ida hosil bo‘ladi, ular ochilganda suv burgi quruqlaridan fantan shaklida otilib chiqadi.



Arteriyalar – (yun. arteria – havo kanali) – yurak va aortadan chiqib, o‘pka alveolalarida kislorodga boyigan qonni barcha a’zo va to‘qimalarga eltuvchi qon tomirlar.

Arxipelag – (ital. Archipelago so‘zidan) bir-biridan unchalik uzoq bo‘lmagan va odatda bir butun deb hisoblanadigan orollar to‘dasi.

Assotsiatsiya – (lot. associo – birlashish, qo‘shish) umumiy maqsadga erishish uchun tuzilgan uyushma, ittifoq, guruh.

Asteroidlar – (yun. aster – yulduz va eidos - ko‘rinish) kichik sayyoralar. Quyosh atrofida elliptik orbitalar bo‘ylab harakatlanuvchi va ko‘pchiligi Mars va Yupiter orbitalari oralig‘ida joylashgan kichik jismlar.

Astronomiya – (astro… va yun. nomos – qonun) Koinot jismlari va ularning sistemalari paydo bo‘lishini, taraqqiyoti va tuzilishini, ko‘rinmas va haqiqiy harakatlarini, kimyoviy tarkibi va fizik holatini, Koinotning bir butun umumiy qonuniyatlarini o‘rganadigan fan.

Atmosfera – (yun. atmos – bug‘ va sfera) Yer sharini o‘rab olgan va u bilan birga aylanadigan havo qobig‘i.

Atom – (yun. atomos - bo‘linmas) – kimyoviy elementning barcha xossalarini o‘zida mujassamlashtirgan eng kichik zarrasi.

Atrofiya – (yun. atropheo - ozayapman) to‘qimalar oziqlanishining buzilishi natijasida a’zolarning kichrayib, hujayralar sifatining o‘zgarishi.

Attraktantlar – (lot. attraho – o‘zimga jalb qilaman) hashorotlarni o‘ziga jalb etuvchi tabiiy va sintetik kimyoviy moddalar.

Autogen – (yun. autos - o‘zim) qo‘shma so‘z bo‘lagi; aynan avto….ni anglatadi.

Autogen mashq – (yun. autogenes – o‘zi bajaradigan) autotrening – ichki a’zolar funksiyasi, harakat faoliyati buzilganda o‘z-o‘zini ishontirish va o‘z-o‘zini boshqarish orqali shu holatdan forig‘ bo‘lishga olib keladigan psixoterapiya usuli.

Afeliy – (ano… va yun. helios - Quyosh)- Quyosh atrofida aylanuvchi sayyora, kometa yoki biror kosmik jism orbitasining Quyoshdan eng uzoq nuqtasi.

Aerozol – (aero… va lot. solutio - eritma) gaz muhitida muallaq turadigan mayda- mayda qattiq yoki suyuq zarralardan tashkil topgan dispers tizim.

Bakteriyalar – (yun. bakterion - tayoqcha) bir hujayrali mikroorganizmlarning katta guruhi: shakllangan yadroga ega bo‘lmagan mikroskopik organizmlar – prokariotlar.

Bentos - (yun. benthos - chuqurlik) dengiz va chuchuk suv havzalari tubidagi balchiqda va uning ustida yashaydigan organizmlar.

Bio – (yun. bios - hayot) yasama so‘zlar tarkibiy qismi: 1) hayotga oidlikni (biogenez); 2) ma’nosiga ko‘ra biologiyaga aloqadorlikni bildiradi (biokataliz).

Biologiya – (bio… va logiya) – tirik tabiat haqidagi fanlar majmuasi. Biologiya hayotning barcha ko‘rinishlari: tirik organizmlar va tabiiy jamoalarning tuzilishi va funksiyasini, tirik mavjudotlarning kelib chiqishi va tarqalishi, ularning bir-biri va notirik tabiat bilan o‘zaro bog‘lanishini o‘rganadi.

Bionika – (yun. bion – hayot elementi, asl ma’nosi - yashovchi) – biologiya va kibernetikaning yanada mukammal texnik vositalar yoki qurilmalarni yaratish maqsadida organizmlarning tuzilishi va hayot faoliyatini o‘rganadigan bir yo‘nalishi.

Biopolimerlar – (bio… va polimerlar) – barcha tirik organizmlarning hayot faoliyatida muhim rol o‘ynaydigan yuqori molekulali tabiiy birikmalar.

Biosfera – (bio… va yun. sphalra - shar) Yerning tirik organizmlar tarqalgan qobig‘i.

Biotexnologiya – (bio… va yun. techne – mahorat, san’at, logos – so‘z, ta’limot) qishloq xo‘jalik, sanoat va tibbiyotning turli sohalarida tirik organizm va biologik jarayonlardan foydalanadigan sanoat usullari majmui.

Biofizika – biologik fizika – biologik sistemalarda kechadigan fizik jarayonlar va ularga ta’sir ko‘rsatadigan fizik omillarni o‘rganadigan fan.

Biotsenoz – (bio… va yun. kionos - umumiy) shart-sharoiti bir xildagi muhitga moslashib olgan va bitta joyning o‘zida birga yashaydigan barcha organizmlar.

Botanika – (yun. botanikos – o‘simlikka tegishli, botane – o‘simlik, o‘t, giyoh) o‘simliklar to‘g‘risidagi fanlar majmui. Botanika yer yuzidagi o‘simliklar dunyosini, o‘simliklar organizmlarining yashash va rivojlanish qonuniyatlarini hamda ularning bu jarayondagi o‘zaro aloqalarini, boshqa muhitga nisbatan munosabatlarini ilmiy jihatdan o‘rganadi.

Vibratsiya – (lot. vibratio – tebranish, titrash), titrash – elastik jismlarning mexanik tebranishi, titrashi.

Viruslar – (lot. virus - zahar) faqatgina tirik hujayralarda ko‘payib, o‘simlik, hayvon va odamda yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar.

Galatika – (yun. Galaktikos – sutli, sutsimon) umumiy o‘zaro tortishish kuchi bilan bog‘langan hamda Quyoshni ham o‘z ichiga olgan 200 mlrd dan ortiq yulduzning ulkan gravitatsion sistemasi.

Garmoniya – (yun. harmania – bog‘lanish, mutanosiblik) 1) ko‘p ovozli musiqaning asosiy ifoda vositalaridan bri.

Gen – (yun. genos – urug‘, kelib chiqish) – irsiyatning elementar birligi va moddiy asosi. Gen organizm belgi va xususiyatlarini nasldan-naslga o‘tkazish funksiyasini bajaradi.

Avlod – (arab. valod – bola so‘zining ko‘pligi) umumiy ajdodlaridan qarindoshlik munosabatlari bilan bir xilda uzoqlashgan kishilar guruhi.

Genetika – (yun. genesis – kelib chiqish, paydo bo‘lish) barcha tirik organizmlarga xos bo‘lgan irsiyat va o‘zgaruvchanlikni hamda ularni boshqarish metodlarini o‘rganadigan fan.

Genetik injeneriya – molekulyar injeneriya sohasi: genlarning tabiatda uchramaydigan yangi birikmalarini genetik va biokimyoviy usullar yordamida maqsadga muvofiq holda vujudga keltirish bilan shug‘ullanadi.

Geologiya – (geo… va …logiya) – Yer po‘sti va yerning tuzilishi, tarkibi, harakatlari va rivojlanish tarixi haqidagi fanlar majmui.

Geosferalar – (geo… va sfera) – yerni tashkil etgan konsentrik qobiqlar. Yerning ustidan markaziga tomon atmosfera, gidrosfera, yer po‘sti, mantiya, yadro geosferalari ajratiladi.

Gerontologiya – (yun. geron, gerontos – keksa, qari va logiya) – tirik organizmlar, jumladan odamning qarish jarayonini o‘rganadigan Fan; tibbiyot va biologiya fanlarining bir bo‘limi.

Geterotroflar – (getero… va yun. trophe - oziq) o‘zining oziqlanishi uchun tayyor organik birikmalardan foydalanadigan organizmlar.

Gialoplazma – (yun. hyalos – shisha va plazma), asosiy modda – hayvon va o‘simlik hujayrasi sitoplazmasining yorug‘lik mikroskopida ko‘rinadigan strukturaga ega bo‘lmagan qismi.

Gidrosfera – (gidro… va sfera) – yer kurrasidagi barcha suv-okean va dengizlar, ko‘llar va botqoqliklar, doimiy qorlik va muzliklar, tuproqdagi namlik hamda yer osti suvi majmui.

Giper – (yun. kyper – yuqori, o‘ta) qo‘shma so‘z tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zi qo‘shilgan so‘zga: 1) yuqoridalik; 2) me’yordan ortiqlik, o‘ta darajalik ma’no ifodalarini beradi.

Gipertoniya – (giper… va yun. tonos - taranglik) – a’zo va to‘qimalar tonusi (tarangligining) ortishi. Mayda arteriyalar tonusining ortishi natijasida qon bosimining ko‘tarilishi gipertoniya deb ataladi.

Gipotoniya – (gipo… va yun. tonos - taranglik) to‘qima, a’zo va sistemalarning bo‘shashuvi, ya’ni tonusi (tarangligining) pasayishi.

Gormonlar – (yun. hormanino - qo‘zg‘ataman) ichki sekresiya bezlari (endokrin bezlar)da ishlanib chiqib, qonga va to‘qima suyuqligiga o‘tadigan biologik faol moddalar. Ular butun organizmga tarqalib, turli a’zo hamda to‘qimalarning faoliyatini boshqaradi.

Gravitatsiya – tortishish (lot. gravitas - og‘irlik).

Dendrariy – (yun. dendron - daraxt), dendrologiya bog‘i, arboretum – daraxtlar, butalar, yarim butalar, chirmashuvchilar kolleksiyasi ekilgan ochiq maydon.

Disgarmoniya – (dis… va garmoniya) musiqada – garmoniya noqisligi, uyg‘unsizlik, hamohangsizlik.

Distrofiya – (yun. trophe – ovqat, oziqlanish) – hujayra va to‘qimalarda moddalar almashinuvi buzilishining patomorfologik va patofiziologik ifodasi: aynish deb atalgan. Distrofiya ko‘pincha (ayniqsa, yallig‘lanish bilan kechadigan) kasalliklarning rivojlanish negizi hisoblanadi.

Dominanta – (lot. dominans – humkron, ustun).

Zigota – (yun. zigotos – birgalikda qo‘shilgan) – har xil jinsli gametalarning qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan hujayra; urug‘langan tuxum.

Zoologiya – (zoo… va … logiya) – hayvonlar to‘g‘risidagi fan, biologiyaning bir sohasi. Zoologiya hayvonot olamining xilma-xilligi va tarixiy taraqqiyotini, hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi, rivojlanishi, shuningdek ularning yashash muhiti bilan munosabatlarini o‘rganadi.

Izotoplar – (izo… va yun. tovos - kuchlanish) – yadrolardagi neytron soni bir xil bo‘lgan turli kimyoviy elementlarning atomlari.

Immunitet­ – (lot. immunitas – biror narsadan xolos, ozod bo‘lish, qutulish) – tirik mavjudotlarning o‘z butunligi va biologik noyobligini buzuvchi “yot” omillardan himoyalanishi, qarshilik ko‘rsatishi, rezistentligi.

Intellekt – (lot. intellectus – bilish, tushunish, idrok etish) – insonning aqliy qobiliyati; hayotni, atrof-muhitni ongda aynan aks ettirish va o‘zgartirish, fikrlash, o‘qish-o‘rganish, dunyoni bilish va ijtimoiy tajribani qabul qilish qobiliyati.

Ionosfera – (ionlar… va yun. sphaira - shar) atmosferaning ionlar va erkin elektronlar konsentratsiyasi ko‘p bo‘lgan yuqori qatlami.

Kalendar – (lot. calendarium – qarz daftari) taqvim, yil, oy, hafta va kunlar hisoblashni yuritish tizimi.

Kvant – (lot. guantum – qancha, necha) biror fizik kattalikning diskret (uzlukli) tabiatga ega ekanligini tavsiflovchi va uning eng kichik (bo‘linmas) qiymatini ko‘rsatuvchi zamonaviy fizikaning asosiy tushunchasi.

Kibernetika – (yun. kybernetile – boshqarish san’ati) axborotni qabul qilish saqlash, uni qayta ishlash hamda undan turli jarayonlarni boshqarishda foydalanish bilan shug‘ullanadigan fan.

Kislotalar (nuklein) – tirik organizmdagi bir qancha biokimyoviy jarayonlarda ishtrok etadi.

Kometalar – (yun. Kometes – uzun sochli) Quyosh sistemasiga kiradigan kichik osmon jismlari.

Konsumentlar – (lot. consumo – iste’mol qilaman) – trofik zanjirda tayyor organik moddalarni iste’mol qiladigan organizmlar. Konsumentlarning barchasi geterotrof.

Konsepsiya – (lot. conceptio – majmua, tizim): 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazari; 2) adabiyotda – biror asarning asosiy g‘oyasi.

Korpuskulyar – to‘lqin dualizmi – materiyaning har qanday mikroob’ektlari haqida qoida.

Kosmologiya – (kosmos va … logiya) – Koinotning tuzilishi va rivojlanishini hamda nisbiylik nazariyasi ob’ektlarini kuzatuv ma’lumotlari bilan nazariy tadqiqotlar yordamida o‘rganuvchi fan.

Kosmos – (yun. kocmos – butun olam, dunyo, tartib) Koinotning ikkinchi nomi. Butun olamning sinonimi; Yerdan tashqaridagi borliq va uning atmosferasi; kosmik apparatlar bortidan tekshirish qulay bo‘lgan fazo sohasi; Yer atrofidagi fazo.

Landshaft – (nem. land – yer, schoft - manzara): 1) tipologik tabiiy komplekslarni umumlashtiruvchi tushuncha; geologik zamini, relefi, iqlimi, tuproqlari, o‘simlik turkumi, hayvonot dunyosi, gidrologik rejimining bir xilligi bilan ajralib turadigan va tabiiy chegaraga ega bo‘lgan hudud.

Litosfera – (lito… va …sfera) Yerning tashqi sferasi, bunga yer po‘sti, mantiya (substrat)ning yuqori qatlai, atmosferaning ustki chegarasi kiradi.

Mezo … - (yun. mesos – o‘rta, oraliq) o‘zlashma, qo‘shimcha so‘z bo‘lagi. O‘rtacha hajm va kattalikni yoki oraliq holatni ifodalaydi.

Migratsiya – (lot. migration – ko‘chaman, joyimni o‘zgartiraman).

Miya – odam va hayvonlar nerv sistemasining markaziy bo‘limi. Miya organizmning eng murakkab hayotiy funksiyalari va muhit o‘zaro munosabatlarining boshqarishishni ta’minlaydi.

Mutatsiya – organizm u yoki bu belgilarining o‘zgarishiga olib keluvchi genetik materialning to‘satdan tabiiy yoki sun’iy irsiy o‘zgarishi.

Neyron – nevron (neyro…) nerv hujayrasi. Nerv sistemasining asosiy strukturaviy va funksional birligi, kalta dendritlar va uzun aksondan iborat.

Neo … - (yun. neos - yangi) qo‘shma so‘zlarning birinchi qismi bo‘lib, ikkinchi qismning yangi, yangicha yoki bir qadar o‘zgarganligini bildiradi.

Nukleotidlar – nukleozid fosfatlar – nukleozidlarning fosforli efirlari. Ular tirik hujayralarda ekrin holda bo‘lib, moddalar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi.

Ozon – (yun. ozon – hid tarqatuvchi), O3 – kislorodning allotropik shakli. Ozon molekulasida 3 ta kislorod atomi bor. Ko‘k tusli va portlovchi gaz.

Ozonosfera – Yer sirtidan 10-50 km balandlikda joylashgan ozonli atmosfera qatlami. Ozon 20-25 km balandlikdagi ozonosferada eng ko‘p to‘planadi.

Organoidlar – (yun. organon – organ va eidos – ko‘rinish, qiyofa) – hujayraning hayot faoliyati davomida uning maxsus funksiyasining bajarilishini ta’minlovchi doimiy tarkibiy qismlar, ya’ni hujayra organlari.

Pigmentlar – (lot. pigmentum - buyoq): 1) (biologiyada) organizmlar to‘qimalari tarkibiga kiradigan buyoq birikmalar; 2) (kimyoda) suvda, organik erituvchilarda parda hosil qiluvchi moddalarda va boshqa bo‘yaladigan muhitlarda erimaydigan (bo‘yagichlardan farqli o‘laroq) yuqori dispers kukunsimon bo‘yovchi moddalar; a) organimk pigmentlar kimyoviy tuzilishi turlicha bo‘lgan sintetik buyoq moddalar; anorganik pigmentlar tarkibida ko‘p miqdorda temir oksidlar, sintetik mahsulotlar, oz miqdorda sulfidlar, selenidlar, oksidlar va xromatlar bo‘lgan tabiiy minerallar.

Plankton – (lot. Planktos – sayr qiluvchi) -suv qatlamida yashab, suv oqimi bilan harakatlanuvchi organizmlar majmui.

Plastidolar – (yun. plastos - shakllangan) avtotrof o‘simliklar hujayrasining pigmentli organoidlari; organik moddalar sintezini amalga oshiradi.

Populyatsiya – (lot. populus – guruh, uyushma, xalq) – erkin gaplasha oladigan, aniq yashash arealini egallagan va ma’lum darajada zamon va makonda bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatadigan organizmlar guruhi.

Produtsentlar – (lot. producentis – ishlab chiqaradigan, hosil qiladigan) fotosintez va xemosintez yordamida anorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladigan avtotrof organizmlar.

Prokariotlar – (lot. pro – oldingi, ilgarigi va karion - yadro) – hujayrasida membrana bilan chegaralangan yadrosi bo‘lmagan organizmlar. Prokariotlarga bakteriyalar, sianobakteriyalar, arxebakteriyalar kiradi.

Protoplazma – (yun. protos – birinchi va plazma) – tirik hujayraning sitoplazma va yadrodan tashkil topgan tarkibiy qismi.

Profaza – hujayra bo‘linishining birinchi stadiyasi.

Psixika – (yun. pcychikos - ruhiy) ruhiyat – yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususiyati. Asosan: sezgi, tasavvur, tafakkur, irodaviy hatti-harakat va subektiv obrazlarda aks etadi.

Psixologiya – (psixo… va …logiya) inson faoliyati va hayvonlar hatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi,ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar to‘g‘risidagi fan.

Irqlar – Rasi-Homo sapiens turi ichidagi sistematik guruhlar. Har bir irq o‘ziga xos irsiy belgilar masalan, ko‘z, soch, teri rangi, yuz va bosh qutisi shakliga binoan boshqa irqlardan farq qiladi.

Reaksiya – (re… va lot. actio - harakat) inson va uning tana a’zolari tomonidan muayyan tashqi va ichki qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan qaytariladigan javob harakati.

Redutsentlar – (lot. reducens – qaytayotgan, qayta tiklanayotgan), destruktorlar – o‘lik organik moddalar bilan oziqlanib, uni minerallshatiradigan organizmlar.

Ribosomalar – (ribonuklein kislota va …soma) – o‘z tarkibida ribonuklein kislotalarni saqlovchi sitoplazmaning doimiy, membranasiz organoidlari.

Saprofitlar – (yun. sapros – chirigan va phyton – o‘simlik) o‘lik ob’ektlardan oziq manbai sifatida foydalanadigan mikroorganizmlar.

Stratosfera – (lot. stratum – qatlam va sfera) – Yer po‘stining, asosan, cho‘kindi va dastlab cho‘kindi bo‘lgan (metamorfik) jinslardan tarkib topgan ustki qismi.

Troposfera – (yun. tropos – burilish va sfera) atmosferaning Yer yuzasi ta’siri yaqqol seziladigan quyi, asosiy qismi. Bunda temperatura yuqori ko‘tarilgan sari balandlik bo‘yicha har 100 m da 0,650 ga pasayadi.

Faza – (yun. phosis – paydo bo‘lish): 1) biror jarayon (ijtimoiy, geologik va boshqa)ning taraqqiyot yo‘lidagi davr.

Fermentlar – (lot. fermentum – achitqi) enzimlar – hayvon, o‘simlik va bakteriyalarning tirik hujayralardagi oqsilli katalizatorlar.

Fiziologiya – (yun. phsis – tabiat va …logiya) – organizmlar va ular qismlari, sistemalari, organlari, to‘qimalari va hayot faoliyatini o‘rganadigan fan.

Foton – (yun. photos - yorug‘lik) elementar zarra, elektromagnit nurlanish (tor ma’noda yorug‘lik) kvanti.

Fotosintez – (foto… va sintez) – yuksak o‘simliklar, suvo‘tlar va ayrim fotosintezlovchi bakteriyalarda xlorofill va boshqa fotosintetik pigmentlar o‘zlashtiradigan yorug‘lik energiyasi hisobiga oddiy birikmalardan murakkab moddalar hosil bo‘lishi.

Xemosintez – (xemo… va sintez) xemolitoavtotrofiya – tarkibida xlorofill pigmenti bo‘lmagan mikroorganizmlar (bakteriyalar) tomonidan anorganik birikmalardan oksidlanish reaksiyasida hosil bo‘lgan energiya hisobiga karbonat angidridning o‘zlashtirilishi va organik birikmalarning biosintez qilinish jarayoni.

Xloroplastlar – (yun. chkoros – yashil va plastos - yasalgan) – o‘simliklarning fotosintez qiladigan ichki organoidlari (plastidalari).

Xromosoma – (xromo… va yun. soma - tana)hujayrasidagi genlarni o‘zida saqlovchi, hujayra va yaxlit organizm uchun xos xususiyatlarni belgilovchi organoidlar.

Xromosfera – (xromo… va (atmo) - sfera) Quyosh atmosferasi qatlamlaridan biri. Bevosita fotosfera ustida joylashgan. Quyosh to‘liq tutilgan paytda oddiy ko‘zga gardishning atrofini o‘ragan pushti xalqa tarzida ko‘rinadi.

Sitologiya – (sito… va …logiya) hujayra haqidagi fan. Hujayralarning tuzilishi va funksiyasini, ko‘p hujayrali, shuningdek, bir hujayrali organizmlardagi a’zo va to‘qimalarning o‘zaro bog‘lanishi va munosabatlarini o‘rganadi.

Sitoplazma – (sito… va yun. plasma - shakllangan) – hujayraning yadro bilan plazmatik membrana oralig‘ida joylashgan asosiy tarkibiy qismi.

Sunami – (yaponcha – ajal va vayronalik keltiruvchi to‘lqinlar) – suv ostida yoki sohil bo‘yida kuchli zilzila bo‘lganda, ba’zan vulkanlar otilishi yoki boshqa tektonik jarayonlar oqibatida dengiz tubining ko‘tarilishi va cho‘kishi natijasida yuzaga keladigan juda uzun gravitatsion dengiz to‘lqinlari.

Evolyutsiya – (lot. evolutio – avj olish) – rivojlanishning sinonimi; asta-sekin, bosqichma-bosqich ro‘y beradigan miqdor va sifat o‘zgarishlari.

Ekzosfera – (ekzo… va sfera) – atmosferaning eng siyrak tashqi qatlami. Ekzosferada zarralarning erkin yugurish yo‘li kosmik fazoga uchib keta oladigan darajada katta bo‘ladi.

Ekologiya – (yun. oikos – uy, turar joy va …logiya) organizmdan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar, populyatsiyalar, biotsenozlar, biogeotsenozlar (ekosistemalar) va biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni o‘rganadigan biologiya fanlari majmui.

Ekosistema – (yun. oikos – uy, yashash joyi va sistema), ekologik sistema – birgalikda yashaydigan organizmlar va ular yashaydigan sharoit majmui.

Embriologiya – (embrion va …logiya) – embrion (murtak, pusht)ning hosil bo‘lishi va rivojlanish qonuniyatlari to‘g‘risidagi fan.

Endosperm – (endo… va sperma) –o‘simlik urug‘ida hosil bo‘ladigan oziq to‘qima.

Entropiya – (yun. entropia – aylanish, o‘zgarish) har qanday termodinamik tizimning holat funksiyalaridan biri. O‘z holiga qo‘yilgan tashqi kuch ta’sir etmayotgan berk tizimda jarayon qaysi yo‘nalishda sodir bo‘lishini ifodalaydi.

Eroziya – (lot. erosio - yemirilish) tog‘ jinslari va tuproqning oqar suvlar ta’sirida yemirilish jarayoni.

Eukariatlar – (yun. yey-yaxshi, haqiqiy, butun va karyon - yadro) – to‘liq shakllangan, haqiqiy yadroga ega bo‘lgan hujayrali organizmlar. Euakariatlarga suvo‘tlar, yuksak o‘simliklar, barcha hayvonlar, zamburug‘lar kiradi.




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin