Zamonaviy ta’lim-tarbiya texnologiyalarini rivojlantirish – zamon talabi. Norova Mohitobon Fayzulloevna Nemis va fransuz tillari kafedrasi o’qituvchisi, bdu umarqulova Barchinoy Sherali qizi



Yüklə 26,05 Kb.
səhifə1/2
tarix05.06.2023
ölçüsü26,05 Kb.
#124895
  1   2
М.Norova


ZAMONAVIY TA’LIM-TARBIYA TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISH – ZAMON TALABI.
Norova Mohitobon Fayzulloevna
Nemis va fransuz tillari kafedrasi o’qituvchisi, BDU
Umarqulova Barchinoy Sherali qizi
1-bosqich talabasi, BDU
Hozirgi rivojlanish va taraqqiyot davrida barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida ham butunlay yangilanish, yangi jarayonga tom ma’noda o’tish va unga moslashish davrini boshimizdan kechirmoqdamiz. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bizga eski usullardan voz kechib ta’limning har bir bosqichigacha qayta qurish imkonini bergan bo’lsa, «2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» esa qo’lga kiritilgan imkoniyatlarni: takomillashtirish imkoniyatini berdi. Yangilangan ta’limda o’quvchining yuragida o’ziga bo’lgan ishonchni tomonlama rivojlantirib, bilimdan-bilimga yetaklab olib chiqish uchun zamonaviy darslar muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda pedagogika fanida pedagogik texnologiyalar, ta’lim texnologiyasi, o’qitish texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinmoqda. Bugungi kungacha pedagogik adabiyotlarda, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «yangi pedagogik texnologiya», «ilg’or pedagogik texnologiya», «zamonaviy ta’lim texnologiyasi» ga oid tushunchalari hali ham bir qolipga tushirilmagan, entsiklapediyalarda izohlanganicha yo’q, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko’pgina tafovutlar mavjud. Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish sodir bo’ldi, o’qituvchi faoliyati yangi bosqichga ko’tarildi, o’quvchi va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, isonparvarlik tuyg’ulari tizimi shakllantirildi. Ma’lumotlilik asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan avtoritar va soxta tafakkur yuritish usulidan voz kechgan, sabr-bardoshli, qanoatli, o’zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxsiy sifatlarni shakllantirishni ko’zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning yechimi qaysidir darajada ta’limni texnologiyalashtirish bilan bog’liqdir. Dastlab "texnologiya" tushunchasiga izoh berish joiz. Bu tushuncha texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan - "texnos" (techne) - san’at, mahorat,hunar va "logos" (logos) – fan so’zlaridan iborat bo’lib, "hunar fani" ma’nosini anglatadi. Biroq, bu izoh ham, zamonaviy texnologik jarayonning tub mohiyatini to’liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayonlar, har doim zaruriy vosita va sharoitlardan foydalangan holda, tizimning muayyan ketma-ketlikda bajarilishini ko’zda tutadi. Aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon - bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi mashina)ning faoliyatidir.
Boshqacha qilib aytganda, Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning ta’lim-tarbiya vositalari yordamida o’quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxsiy sifatlarni shakllantirish jarayonidir. Yuqorida keltirilgan ta’rifga asoslangan holda, pedagogik texnologiya tushunchasini izohlashda texnologiya jarayonini tushunishimiz kerak. Aslini olganda ham, bu tushunchaga berilgan ta’riflar pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Pedagogik adabiyotlarda "texnologiya" atamasining xilma-xil ko’rinishlarini uchratish mumkin:
Yüklə 26,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin