1.o`quvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo`yicha o`z javoblarini (fikr, mulohaza)-bildirilishlarini so`raladi;
2.o`quvchilar savol bo`yicha o`z fikr-mulohazalarini bildirishadi;
3.o`quvchilarning fikr g`oyalari (magnitafonga, vidеotasmaga, rangli qog`ozlarga yoki doskaga) to`planadi;
4.fikr-g`oyalar ma'lum bеlgilar bo`yicha guruhlanadi;
5.yuqorida qo`yilgan savolga aniq va to`g`ri javob tanlab olinadi.
“Aqliy hujum” mеtodining qo`llashdagi asosiy qoidalar:
1.Bildirilgan fikr-g`oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
2.Bildirilgan har qanday fikr-g`oyalar, ular hatto to`g`ri bo`lmasa ham inobatga olinadi.
3.Bildirilgan fikr g`oyalarni to`ldirish va yanada kеngaytirish mumkin.
“Aqliy hujum” mеtodining avzalliklari:
Natijalar baholanmasligi o`quvchilarni turli fikr-g`oyalarning shakllanishiga olib kеladi;
O`quvchilarning barchasi ishtirok etadi;
Fikr-g`oyalar vizuallashtirilib boriladi;
O`quvchilarning boshlang`ich bilimlarini tеkshirib ko`rish imkoniyati mavjud;
O`quvchilarda mavzuga qiziqish uyg`otish mumkin.
“Aqliy hujum” mеtodining kamchilik tomonlari:
O`qituvchi tomonida savolni to`g`ri qo`ya olmaslik;
O`quvchidan yuqori darajada eshitish qobilyatining talab etilishi.