Zamonaviy tibbiyotda yatrogeniya va evtanaziya muammolari
Yatrogeniya, evtanaziya haqida Kasallikning ichki holatini o'rganish ikki shaxsning psixologik muloqoti hosilasidir. Ulardan
biri tibbiyot xodimi - shifokor, hamshira, ikkinchisi esa bemor. Bu o'rinda shifokor,
hamshiraning shaxsi bemor ruhiyatiga ta'siri shu qadar kattaki, u hatto (ba'zi bir holatlarda)
kasallikning kechishiga ta'sir qilishi ham mumkin. Shifokorlar tomonidan o'tkaziladigan ruhiy
muolaja bemorga katta foyda beradi, bunda uning ishonchli so'zi juda katta ahamiyatga ega. Bu
so'z shifokorning asosiy qurolidir. Demak, shifokor va hamshiraning so'zi bemorga ham ijobiy,
ham salbiy ta'sir etishi mumkin. Shifokor yoki hamshiraning bir og'iz so'zi bemor tuzalishiga
yoki uning dardini og'irlashtirib yuborishi, boshqa ikkilamchi kasalliklarni keltirib chiqarishi
ham mumkin.
Yatrogen kasalliklari shifokor. hamshira va sanitarlar xatti-harakatlari va gap-so'zlarning
yoki bemorga qilingan boshqa salbiy ta'sirdan kelib chiqadigan xastalikdir. Shuning uchun
hamshiralar tibbiy psixologiyaning ahamiyatini boshqa xodimlarga qaraganda puxta va
mukammal egallab olishlari va uni amaliyotda qo'llashlari lozim bo'ladi. Bemor yoki sog'lom
odamlarning barisi ham tib xodimining noto'g'ri harakati natijasida bir xil ruhiy iztirobga yoki
yatrogen kasalligiga duchor bo'lavermaydi. Yatrogeniya nevropat va psixopatlarda juda oson
yuzaga keladi. Albatta, bunda ularning gavda tuzilishi va nasliy holatlari hisobga olinadi.
Yatrogen kasalliklarga astenik va psixasteniklar moyil bo'lib, ular kelajakdan qo'rqadilar, uni
qora tusda ko'radilar va o'zlarini ruhiy, jismoniy holatlaridan doimo hadiksiraydilar.
Tib amaliyotida yatrogen kasalliklarga sabab bo 'ladigan 4 asosiy omilni nazarda tutish
kerak: 1. Bemorning anamnezini y’ig'ish.
2. Bemorning ichki holatini o'rganish.
3. Laborator tahliliga baho berish.
4. Tashxis va kasallik oqibatini aniqlash.
O'zaro muloqot chog'ida bemorning oldin boshidan kechirgan kasalliklariga ham katta
ahamiyat berish zarur, shuningdek, kasallik etiologiyasini va patogenezini o'rganishda bemorni
ta'sirlab qo'yishdan ehtiyot bo'lish kerak. Ayniqsa, xavfii o'sma, yurak xastaligi va uyida,
yaqinlarida ruhiy kasalligi mavjud bo'lgan bemorlarga nisbatan nihoyatda ehtiyotkorlik va
muloyimlik bilan muomala qilish talab etiladi.
Ba'zi yatrogen kasalliklarning paydo bo'lishi bevosita instrumental yoki laborator
tekshirishlarga bog'liq. Ayniqsa bunda qon, siydik va boshqalarning noto'g'ri tahlili sabab
bo'ladi.
Rentgenologik va ultratovush tekshirishlarning natijalarini ehtiyotsizlik bilan aytish ham
yatrogeniyaga sabab bo'lishi mumkin.
Shuni unutmaslik kerakki, qishloq varchlik punkti (QVP) ambulatoriya, poliklinika, qabul
bo'limlarida, shifoxonada bemorga, avvalambor, ruhiy tinchlik yaratib berish kerak, chunki bu
holat davolashning samarali quroli hisoblanadi. Yatrogeniya mexanizmlari hali to'la-to'kis
o'rganilmagan, chunki shu damgacha tana va run bir-biridan ajratilgan holda o'rganilmoqda.
Umuman aytganda, har qaysi tibbiyot xodimi bemor bilan suhbatni to'g'ri tashkil qilishi, uning
ishonchini qozonishi, o'zaro munosabat oralig'ini saqlashi, o'ziga ishontira olishi, unga
hamdard bo'lib, imkon qadar aniq javob qaytara olishi darkor. Tib xodimlarining har bir xatti-
harakati va gap-so'zlari bemorga yaxshi kayfiyat bag'ishlaydi va uni ruhan tetik qiladi.
Shifokor bemor bilan birinchi uchrashuvidanoq uning ruhiy holatiga nisbatan nihoyatda
ehtiyotkorlik bilan muloqot qilish mahoratini takomillashtirib borish yatrogeniyaning oldini
oladi.
Hozirgi kunda jahon shifokorlari orasida shov-shuvga va munozaraga sabab bo'lgan