Zamonaviy tibbiyotda yatrogeniya va evtanaziya muammolari
«evtanaziya» haqida ikki og'iz so'z. Evnataziya - bu og'ir, tuzalmas kasallikka, masalan,
rakning oxirgi bosqichiga mubtalo bo'lgan bemorning o'limini istakka binoan tezlashtirish va
qiynoq
azoblaridan
qutqarish
va tabiiy o'limni turli
dori-darmonlar yordamida
yengillashtirishdir. «Evtanazis» so'zi (grekcha) baxtli, azobsiz o’lim degan ma'noni anglaladi. Keyingi yillarda tibbiyotda erishilgan yutuqlar tufayli, bemor o'limi bilan bog'liq bo'lgan
deontologik muammolarga katta e'tibor berila boshlandi. Hatto og'ir holatdagi bemorlarning
o'limi ham reanimatsiya (jonlantirish) bo'limida kam uchraydigan hodisa hisoblanadi.
F.Benonning yozishicha: «Shifokorning burchi -faqatgina bemorni sog'lig’ini tiklabgina
qolmasdan, balki shu kasallik natijasida paydo bo'lgana zob-uqubatlarni, og'riqni
yengillashtirish, bemorning o'limini yengil, tinch va azobsiz kechishiga yordam berishdan
iboratdir. Hozirgi davrda evtanaziya haqida turli qarama-qarshi fikrlar mavjud. Evtanaziya
tarafdorlari bu so'zni «yoqimli. yengil o'lim» deb baholasalar, qarshilar esa buni qotillik, deb
izohlaydilar.