Zamonaviy web texnologiyalar yordamida multimediali web ilova ishlab chiqish



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix14.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#143394
  1   2
17-24



WWW.HUMOSCIENCE.COM
17 
ZAMONAVIY WEB TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA 
MULTIMEDIALI WEB ILOVA ISHLAB CHIQISH 
 
Madaminov Uktamjon Ataxanovich
TATU Urganch filali o‘qituvchisi, 
 
uktam9527@mail.ru
 
Bayramova Shohida Dilshodbek qizi
TATU Urganch filali 4-bosqich talabasi, 
shohidaubtuit@gmail.com
  
Annotatsiya: 
Ushbu ilmiy maqolada multimedia web ilovalarini yaratish
texnologiyasini o‘rganish ularni qanday yaratilishini ifodalovchi ssenariy ishlab 
chiqish haqida batafsil ma’lumot berilgan. Multimediali web ilova interaktiv 
elementlarga ega sayt hisoblanadi, ular foydalanuvchilarga o‘zaro muloqot qilishiga 
imkon beradi. Maqolada multimediali web ilova tarkibi haqida qisqacha tariflar va sayt 
yaratish haqida ma’lumot berilgan. Saytda html, css, javascript, php dasturlash 
tillaridan foydalanib elektron darslik yaratish, bu sayt o‘quvchilarni masofadan turib 
ham dars mashg‘ulotlarini o‘zlashtirib olishlariga yordam berishi ko‘rsatib berialdi.
Kalit so‘zlar: 
Multimedia, animatsiya, taqdimot, ilova yaratish, o‘yinlar, tasvir, 
matn bloki, multimediali dastur, web sayt, dasturiy ta’minot, chiziqli multimedia, 
promrolik intro rolik. 
Multimedia ilovalari tarkibini quyidagi qismlarga bo‘lish mumkin.Yaratilayotgan 
multimedia ilovasi uchun mavzu tanlash, ish maydonini belgilash(masshtab va fon) 
kadrlar, qatlamlardan foydalanish, turli shakllar simvollarni yaratish,dasturlash tilida 
o‘zgaruvchilar kiritish va skriptlar yozish, tovushli fayllar bilan ishlash, matn qo‘shish, 
effektlar yaratish, rasmlardan foydalanish va import qilish, kutubxonadagi tayyor 
komponentlardan foydalanish, navigatsiyani yaratish, matn razmetkasi tillari va 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
18 
skriptlash tillaridan foydalanish[1]. O‘z navbatida multimedia ilovalarini quyidagi 
turosti turlarga bo‘lish mumkin: 

Chiziqli taqdimot-murakkab grafika, video qo‘yilma, ovoz jo‘rligidagi va 
navigatsiya tizimiga ega bo‘lmagan dinamik ro‘lik. 

Interfaol taqdimot-iyerarxik tamoyillar bo‘yicha to‘zilmaga keltirilgan va 
maxsus foydalanuvchi interfeysi orqali boshqariladigan multimediali komponentlar 
to‘plami. 
Animatsiya: 

Kadrlar animatsiyasi-tasvirlar harakati tassurotini beradigan suratlarning kadrlar 
bo‘yicha almashishi. 

Dasturiy animatsiya – dasturlangan amallar ketma ketligi yordamida tasvirlar 
almashadigan animatsiya (ya’ni algoritm va o‘zgaruvchilar yordamida). Asosiy 
ob’yektlarni chizish qo‘lda amalga oshiriladi yoki biror bir kolleksiya yoxud 
galereyadan import qilib olinadi, shundan keyingina unda qaysidir dasturlash tili 
imkoniyatlari ishga solinadi. 
O‘yinlar: 

Ko‘ngil ochuvchi o‘yinlar –foydalanuvchiga bo‘sh vaqtini o‘tkazishga imkon 
beradigan dasturlar . 

O‘rgatuvchi o‘yinlar –taqdim etilgan yengil o‘yin shaklida foydalanuvchiga u 
yoki bu soha bo‘yicha o‘z malaka va ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradigan 
dasturlar. 
Video o‘qish qurilmalari: 

Film kadrlari harakatini shakllantirish harakat tassurotini uyg‘otuvchi 
rasmlar,kadrlar ketma ketligini ,tasvirlarini tayyorlash va joylashtirish . 

Videotasvirlar oqimini o‘qish qurilmasi videooqim formatlari avi,mpeg,v.b.ni 
o‘z ichiga olgan o‘qish qurilmasini shakllantirish ,shundan keyingina ushbu oqimni 
boshqarish imkoniyati tug‘iladi (masalan ,videofaylni ishga tushirish pauza,video 
boshiga tez o‘tish kabi buyuruqlarni ishlatish).


WWW.HUMOSCIENCE.COM
19 
Multimedia –galereyalar: 

Tasvirlarning kadrlarda almashishi –tasvirlarning belgilangan vaqt 
oralig‘ida almashish tartibi. 

Panorama – katta ochiq maydonni erkin tamosha qilishga imkon beruvchi 
keng va kata plandagi manzara. 

Interfaol galereya –foydalanuvchiga boshqarish imkonini beradigan 
galereya (tasvirlar bo‘yicha harakat). 
Tovush o‘qish qurilmalari: 

Bitta ovozli fayl o‘qish qurilmasi – wav,mp3,va boshqa formatdagi ovozli 
faylni multimedia ilovaga qo‘shish va uni qaytadan eshitish. 

Turli ovozli fayllarni o‘qish qurilmasiga o‘xshash, lekin bajarish ketma- 
ketligini o‘zgartirish imkoniyati qo‘shilgan holda bajariladi. 

Virtual musiqa instrumentlari –haqiqiy musiqa instrumentlari imitatsiyasi. 
Web uchun ilovalar: 

Bannerlar-internetdagi reklama xarakteridagi tasvir yoki matn bloki. U 
reklama beruvchining veb saytiga yoki maxsulot yoxud xizmat turi atroflicha bayon 
qilingan sahifalarga giper murojaatdan iborat. Bannerlar tashrifchilarni jalb etish 
uchun, imidjni shakllantirish yoki shu resursni siljitish uchun turli internet resurslarda 
joylashtiriladi. 

Ma’lumot uzatish ilovalari masalan mehmonlar kitobi. 
Multimediali mahsulot yaratish uchun ko‘plab texnik instrumentlar mavjud. 
Yaratuvchi gipermatn sahifalarini yaratishda ishlatiladigan dasturni tanlab olishi 
kerak. To‘liq funksional multimedia dasturlarini yaratishga imkon beruvchi bir qator 
kuchli multimedia yaratish vositalari mavjud[2]. Macromedia Director, Macromedia 
Flash yoki Authoware Professional kabi paketlar yuqori darajadagi professonal va 
qimmat vositalar hisoblanadi, shu bilan birga FrontPage, mPower 4.0, HyperStudio 4.0 
va Web Workshop Pro ularning oddiyroq va arzonroq analoglari hisoblanadi. 
PowerPoint va matn muharrirlari (masalan, Word) kabilardan ham chiziqli va chiziqsiz 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
20 
multimediali resurslar yaratishda foydalanish mumkin. Borland Delphi ham 
multimediali ilovalar ishlab chiqish vositasi hisoblanadi. Sanab o‘tilgan vositalar oson 
o‘qish va tushunish mumkin bo‘lgan to‘liq hujjatlar bilan ta'minlangan[3]. Albatta, 
yana ko‘plab boshqa ishlab chiqish vositalari borki, sanalganlar o‘rniga ulardan 
foydalanib ham bir xil natijaga erishish mumkin. 
Hozirgi kunda multimedia ilovalari yaratish texnologiyalarini o‘rgatuvchi 
avtomatlashtirilgan tizimlar juda kam, ularni topishning iloji ham yo‘q. Ushbu 
mavzuda darslar, kitoblar va maqolalar to‘plamiga ega bo‘lgan internet tarmog‘i 
sahifalari ham shunday tizimlarga o‘xshaydi[4]. Bunday saytlarning asosiy qismi 
“Multimedia elementlari yaratish uchun flash darslari” yoki Macromedia Directorda 
multimedia yaratish” mavzulariga yo‘naltirilgan. 
Multimedia taqdimoti turlari interfaol multimedia taqdimoti –iyerarxik tamoyil 
asosida tizimlangan va maxsus foydalanuvchi interfeysi orqali boshqariladigan 
shartmultimedia komponentlari majmui hisoblanadi[5]. 
Foydalanish maqsadidan kelib chiqib,interfaol taqdimotlar shartli ravishda 
quyidagi turlarga bo‘linadi: 

korparativ multimediali taqdimot; 

multimediali katalog; 

mahsulot taqdimoti; 

o‘rgatuvchi yoki test dasturi; 

erkin foydalanishga ruxsat berilgan kompyuterlar uchun multimedia qobig‘i; 

elektron nashr yoki multimediali kitob. 

Chiziqli multimedia taqdimoti –murakkab grafika,videoqo‘yilma,ovoz jo‘rligi 
taminlangan va navigatsiya tizimiga ega bo‘lmagan harakatli rolik. 

Chiziqli taqdimotlar mo‘jallanishiga ko‘ra shartli ravishda quyidagi shakllarga 
bo‘linadi: 

Stend shaklidagi multimedia taqdimoti; 

Elektron doklad yoki jo‘rlikdagi taqdimoti; 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
21 

Sales-taqdimot; 

Promo rolik; 

Intro rolik; 

Ekran himoya lavhalari (screen savers). 
Shakillantirilgan ssenariylar bilan multimedia taqdimotlarida ularni boshqarish 
bo‘yicha foydalanuvchi imkoniyatlari sezilarli darajada kengaymoqda[6]. 
”ScenePro2”tizimi yordamida taqdimotga uyidagi funksional imkoniyatlar joriy 
etilmoqda: 
1.
multimedia taqdimotining daraxt shaklidagi tuzilmasini shakllantirish; 
2.
ssenariylarni 
shakllantirish-daraxtning 
har 
bir 
bosqichi 
uchun 
taqdimotning mazmuniy qismlarni ko‘rsatish ketma ketligini tanlash; 
3.
namoyish etish uchun tayyor ssenariylardan foydalanish; 
4.
ovoz jo‘rliklarini alohida boshqarish . 
Shakllantiriladigan ssenariylar bilan multimedia taqdimotlari o‘z ichiga interfaol 
va chiziqli multimedia ilovalari imkoniyatlarini birlashtirishi mumkin. 
Multimedia ilovalarini ishlab chiqish bir necha bosqichda amalga oshiriladi 
ulardan asosiylari quyidagilar: rejalashtirish, elementlarni ishlab chiqish, dasturiy 
ta’minot, tekshirish, e’lon qilish, reklama, kuzatuv[7]. 
Rejalashtirish bosqichida quyidagi savollarga javob topilishi kerak: 
1.
Multimedia ilovasi nimaga mo‘jallangan? 
2.
Multimedia ilovasi qaysi auditoriyaga yo‘naltirilgan? 
3.
Multimedia ilovasiga qanday ma’lumot joylashtiriladi? 
Ushbu bosqichda multimedia ilovasini dasturiy mahsulot sifatida amalga oshirish 
ishlari bajariladi.Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: navigatsiya tizimini ishlab 
chiqish,taqdimot uchun web sayt yoki slaydlarning dizaynini ishlab chiqish,sahifalarni 
to‘ldirish uchun matn va ko‘rgazmali materiallarni tayyorlash (jadvallar, grafiklar, 
rasmlar va boshqalar). 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
22 
Multimedia ilovasini yaratishning asosiy bosqichlaridan biri uni tekshirish 
hisoblanadi. Tekshirish jarayonida multimedia ilovasining to‘g‘ri ishlashi tekshiriladi, 
jumladan: gipermurojaatlarning to‘g‘ri ishlashi, matn va ko‘rgazmali materiallarda 
xatolarning mavjud emasligi, multimedia ilovasi sahifalari bo‘ylab navigatsiyaning 
qulayligi, pochta va boshqa shakllarning to‘g‘ri ishlashi(web-sayt uchun), grafik 
fayllarni yuklashning to‘g‘riligi (WEB-sayt uchun), saytning turli brauzerlarda to‘g‘ri 
ishlashi (WEB sayt uchun). 
Multimediali pedagogik master shablon nashr qilish tekshirish bosqichi 
tamomlagandan keyin WEB-sayt provayder serverga joylashtirilib, internetda nashr 
qilinadi va yana qaytadan tekshiruvdan o‘tkaziladi. 
Multimedia ilovasi reklamasi web-jamiyat yangi e’lon qilingan multimedia 
ilovasi haqida bilishi uchun sayt adresi va veb saytga joylashtirilgan materiallar haqida 
annotatsiya orqali xabardor qilish kerak. Buning uchun quyidagi imkoniyatlardan 
foydalaniladi: veb sayt manzilini xatga, tashrif qog‘oziga, broshyuralarga, byullenten, 
bukletlarga, maxsus kompyuter nashrlariga,internet resurslarining “Sariq sahifalar” 
sonlariga va boshqa nashrlariga kiritish. 
Web – saytga murojaatlar uning nashr etilishi va reklamasidan so‘ng sezilarli 
darajada unga joylashtirilgan ma’lumotlarning foydaliligi,yangiligi va aktualligi bilan 
belgilanadi. Web –sayt imidjini saqlab turish uchun undagi ma’lumotlarni doimiy 
yangilab borish tavsiya etiladi, aks xolda saytning o‘rgimchak to‘rida necha yillardan 
buyon yangilanmagan saytlar ham mavjudligini ta’kidlaymiz. 
Texnologik bosqichlar mazmuni tahlili shuni ko‘rsatadiki, bir qator ishlar va 
asosiysi bu ishlarning natijasi pedagogik multimedia master-shabloni namoyish 
shakliga bog‘liq emas. Buni quyidagi chizma ko‘rgazmali ravishda namoyon qiladi.
Web–saytning yaratilishi murakkab muammo bo‘lgani sababli, uni kompleks 
shaklda qurib chiqish kerak. Web–sayt ishlab chiqilguncha yechilishi zarur bo‘lgan 
asosiy savollar quyidagilardan iborat va ularga javob topishga harakat qilamiz. 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
23 
Shunday qilib, web–saytni joylashtirish, quvvatlash va uning harakatiga tegishli 
savollar bilan web–sayt tadqiq qilinguncha tanishib chiqmoq zarur[8]. 
Web saytda o‘quvchilarni qiziqtirish maqsadida turli yorqin rasmlardan va 
qiziqarli videolardan foydalanamiz ularni oson o‘zlashtirishi uchun mavzuga doir 
o‘yinlar, testlar, metodlar, jadvallardan ham foydalanamiz. 
 
Xulosa qilib aytganda multimediali web ilovalar ishlab chiqishda webga 
yo‘naltirilgan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, multimediali ma’lumotlarni 
mumkin qadar yorqin turda tanlash va amaliy loyihalarda foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin