AMIR TEMUR O`GITLARI ASOSIDA O`SIB KELAYOTGAN YOSHLARDA VATANPARVARLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH YO`LLARI
“ZAMONAVIYTA’LIMTIZIMINIRIVOJLANTIRISHVAUNGAQARATILGANKREATIVG‘OYALAR,TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 1-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www .
bestpublication. uz 18
AMIR TEMUR O`GITLARI ASOSIDA O`SIB KELAYOTGAN YOSHLARDA VATANPARVARLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH YO`LLARI Elboboyev Yashin Komil o`g`li Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Ta`lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (Chaqiriqqacha harbiy ta`lim) 2-bosqich magistranti Mamlakatimizda yosh avlodga bo`lgan e`tibor juda katta. Bugungi kun yoshlarini
qo`rqmas, jasur va vatanga bo`lgan muhabbatini yanada oshirsak ertangi kunimiz albatta
sermazmun va eng avvalo tinch totuv bo`lishi yaqqol nomoyon bo`ladi. Shunday ekan
biz yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashimiz shart va zarur. Biz bunday
maqsadlarga erishishimiz uchun eng avvalo yoshlarimizda tarixda o`chmas iz qoldirgan
va jasorat ko`rsatgan bobolarimizning o`gitlarini uqtirishimiz va ularning axloqiy
sifatlarini o`quvchi yoshlarga singdirishimiz lozim. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev : Amir
Temur bobomiz “Adolat – davlatning asosi va hukmdorlar shioridir”, degan so`zlarini
takidlab o`tgan edilar: O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligining
26-yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimida. “Buyuk sohibqiron Amir Temur
bobomiz Oqsaroy peshtoqiga“Adolat – davlatning asosi va hukmdorlar shioridir”, degan
hikmatli soʻzlarni yozdirgani bejiz emas, albatta. Ushbu ulugʻvor gʻoya inson qadr-
qimmatini oliy darajaga koʻtarish borasidagi amaliy harakatlarimiz poydevoriga
aylandi”. O`quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida 2018 yil 23
fevralda Vazirlar Mahkamasining 140 sonli “Yoshlarni harbiy – vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash konsepsiyasi” ishlab chiqildi. Ushbu kansepsiya asosida qator ishlar amalga
oshirilib yoshlar o’rtasida harbiy – vatanparvarlikni tarkib toptirishda asos bo’lib xizmat
qilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidentning 28.06.2019 yildagi PQ-4375-son
qarori bilan Prinsipial yangi «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylarini tashkil
etish va ularning oʻquv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar
dasturi («Yoʻl хaritasi»), shuningdek ularning faoliyatini tashkil etish boʻyicha boshqa
hujjatlar tasdiqlandi.Oʻquvchilarda хalqimizning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlariga,
uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik,
vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaхs sifatlarini, shuningdek, milliy gʻurur
tuygʻularini shakllantirish, хalqimizning tariхi va boy madaniyati, buyuk
ajdodlarimizning, eng avvalo Amir Temurning bebaho merosi, Vatan ozodligi va
farovonligi yoʻlida oʻzini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi
asosida, Oʻzbekiston хalqiga sodiq, qatiy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik
pozitsiyasiga ega boʻlgan oʻquvchilarni tarbiyalash; oʻquvchilarda keng dunyoqarash,