ZARBDOR TUMAN 16- UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABI BO'YICHA BUYRUQ
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 30-yilligi Vatan himoyachilari kunini nishonlash hamda 2022-yil 15-dekabrdan 2023-yil 15-yanvarga qadar Vatanparvar oyliginiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida
shiori ostida "Vatan himoyachilari kuni” ni nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviya da o'tkazish, o'quvchi yoshlarda vatanparvarlik, burchga sadoqat, hushyorlik va ogohlik tuyg'ularini mustahkamlash, ularni Qurolli Kuchlar, mamlakat salohiyatini kuchaytirish va harbiy xizmatning nufuzini oshirish bo'yicha amalga oshirilayotgan sayi harakatlarning mazmun mohiyati bilan yanada chuqurroq tanishtirish hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 noyabrdagi F-4sonli formoyishi, Viloyat hokimining 2021-yil 29 noyabrdagi 99-3-0 - F/ 21-sonli farmoyish va viloyat xalq ta'limi boshqarmasining 2021-yil --sonli buyrug'i tuman hokimining 2021 yil 10 dekabrdagi 91-349-F/21-sonli farmoyishlari ijrosini ta'minlash maqsadida buyuraman
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 noyabrdagi F-4sonli formoyishi, Viloyat hokimining 2021-yil 29-noyabrdagi 99-3-0-F/21-sonli farmoyish va viloyat xalq ta'limi boshqarmasining 2021-yil --sonli buyrug 'i tuman hokimining 2021 yil 10-dekabrdagi 91-349-F/21-sonli farmoyishlari ijrosini ta'minlash maqsadida buyuraman.
2. Maktabda Vatan himoyachilari kuni " ninishonlashga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha ishchi guruh tarkibi 1-ilovaga, chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. MMIBDO (B.Elmurodov). O'BM (N Eshbekov) ga 1 hafta muddatda maktabda " Vatan himoyachilari kuni ni nishonlash bo'yicha "Vatan ulug burchim muqaddas ! " nomli uslubiy tavsiya ishlab chiqish va " Zarbdor" gazetasida chop etish vazifasi yuklatilsin.
4. Direktor o'rinbosarlariga " Vatan himoyachilari kuni "ni nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha ishchi guruhlarini shakllantirish; Maktab o'quvchilaridan shakllantirilgan doimiy faoliyat yurituvchi targ'ibotchilar guruhlari ishtirokida " Ertalabki saflanish", Sinf soati " va " ma'naviyat kunlari" da " Xalq va Armiya- bir tanu bir jondir shiori ostida targ'ibot ishlari tashkil etish: Maktabda o' quvchi yoshlar ongida Vatanga muhabbat, mamlakat Qurolli kuchlaridan faxrlanish, Harbiylik kasbiga hurmat tuyg'ularini kuchaytirish maqsadida harbiy xizmatchilar, ikkinchi jahon urushi va Qurolli Kuchlar veteranlari ishtirokida " Avlodlar uchrashuvi " Ezoz " Ehtirom" nomli ma'naviy ma'rifiy tadbirlar o'tkazish, Yurt tinchligi yo'lida jonini qurbon qilgan askar va zobitlarning oila a'zolari holidan xabar olish hamda ularning farzandlarini Prezident archasi " bayram tadbiriga jalb qilish. Chora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarning maktab saviyasida tashkil etilishini ta'minlash, Amalga oshirilgan ishlar to'g' risida 2022 yil 16-yanvariga qadar tuman Xalq ta'limi bo'limiga ma'lumot taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
5. Ushbu buyruqning ijrosini nazorat qilish B.Elmurodov zimmasiga yuklatilsin.