Zaruratining tahlili


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/22
tarix16.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#156356
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
ENERGETIKA kafedrasi Maqolalar

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. X. G. va boshq. Elektr tarmoqlari va tizimlari. 
O„quv qo„llanma Toshkent, ToshDTU-
1996
2. A.M. Safarov va boshq. Elektr tarmoqlari va tiz
imlari. “Tafakkur bo„stoni” nashiryoti, 
Toshkent-2013 


NOAN’ANAVIY ENERGIYA MANBALARINING TURLARI VA ZAHIRALARINING 
TAHLILI. 
Murodov Feruzjon Komiljon o„g„li
Navoiy davlat konchilik va texnalogiyalari
unversiteti 
“Energetika” kafedrasi 3-20 E guruh
lmiy rahbar: 
G„.G„ Boynazarov

Annotatsiya

Energetika jamiyat hayotida muhim o‟rin tutadi. U turli-tuman 
ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlarini bir necha barobar orttirishga imkon beradi. 
Insoniyat sivilizatsiyasining rivoji doimo ishlatilayotgan energiyaning hajmi va turlari 
bilan chambarchas bog‟liqdir. Biroq, milliy va jahon iqtisodiyotining bugungi kundagi 
rivoji tabora energiya resurslarining haddan ortiq ko‟p ishlatilishi va unga bog‟liq holda 
ular hajmining kamayib borishiga sabab bo‟lmoqda. Bu o‟z navbatida resurslar taqchilligi 
va ekologiya muommolarini keltirib chiqarmoqda. Bunday sharoitda insonlarda, 
jumladan maktab o‟quvchilarida energiyadan oqilona foydalanish haqidagi 
tushunchalarni hosil qilish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu jarayonda umumta‟lim fanlari 
orasida fizika fani alohida o‟rin tutadi. 
Shuningdek 
o‟qituvchi 
tamonidan 
O‟zbekistonda 
barqaror 
rivojlanish 
konsepsiyasi va unda keltirilgan quyidagi muommolariga 
e‟tibor qaratilishi lozim. 
- Respublika hududlaridagi ekologik vaziyatni yaxshilash; 
- atrof-muhitni muhofaza qilish va uni yaxshilash; 
- kelgusi avlodlarga saqlab qolish maqsadida Yer va suv resurslaridan oqilona 
foydalanish; 

noan‟anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‟zlashtirish. 
Hozirgi vaqtda biz energiyani asosan elektr energiyasi ko‟rinishida iste‟mol 
qilamiz va elektr energiyasi olishning turli usullaridan keng foydalanamiz. Quyidagi 
diagrammada elektr energiyasi olishning hozirgi kun
dagi an‟anaviy, noan‟anaviy va 
kelajakda ishlatilishi ko‟zda tutilgan usullari keltirilgan: 
Deagrammada keltirilgan usullarning har biri o‟ziga xos afzalliklar va 
kamchiliklarga ega bo‟lib u yoki bu usulning ishlatilishi tabiiy resurslarning joylashuvi, 
en
ergiyaga bo‟lgan ehtiyoj va boshqa sabablarga ko‟ra aniqlanadi.[1] 
Energiya olishning an‟anaviy usullarini o‟quvchilarga tushuntirishda eng ko‟p 
ishlatilayotgani issiqlik elektr stansiyalaridir (I.E.S.). Issiqlik elektr stansiyalari o‟z 


tarkibiga ko‟ra gaz, ko‟mir va neft mahsulotlari bilan ishlovchi elektr stansiyalarini hamda 
uran yadrosi bo‟lishida ajraladigan issiqlik hisobiga ishlovchi atom elektr stansiyalari 
(AES)ni o‟z ichiga oladi.
1-rasm.
Energiyani ishlab chiqarish usullari. 
Birinchi tur elekt
r stansiyalarining ishlashi yoqilg‟i zahiralarining kamayishi va 
yonish mahsulotlarining ekologiyaga ta‟siri bilan chegaralangan. Atom elektr 
stansiyalarining ishlashida xomashyo resursi deyarli chegaralanmagan. Lekin AESlari 
ishlatilishi bilan bog‟liq quyidagi muammolar mavjud: 
1. Radiatsiya ta‟sirida reaktor materiallarining tez ishdan chiqishi va radioaktiv 
moddalarning tashqariga chiqib ketishi. 
2. Radioaktiv chiqindilarni saqlash muammosi. 
3. Yadro reaktorlarida mukammal xavfsizlik tizimini yaratish qiyinligi. 
4. Hozirgi kunda ko‟p ishlatilayotgan tez neytronlarda ishlovchi briderlarda ko‟p 
miqdorda plutoniy yig‟ilishi va atom bombasi uchun asosiy xomoshyo bo‟lgan plutonning 
yomon niyatli kishilar qo‟liga tushish ehtimoli mavjudligi.[2,3] 
Bugungi kunda 
AQSHning Texas universitetida Mayk Kotschenreyter 
boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi gibrid ko‟rinishidagi sintez – parchalanish 
qurilmasini yaratdilar. Markazida neytron manbai mavjud bo‟lgan va sintez reaksiyasiga 
asoslanib ishlovchi CFNC (Compakt Fusion Neutron Source) reaktori yengil suv bilan
faoliyat yurituvchi odatiy AES lardan ajralib chiqadigan transuran chiqindilar yordamida 
ishlaydi. Elektr energiyasi olishning noan‟anaviy usullarini o‟quvchilarga tushuntirganda 


energiya resurslari uchun xomoshyoning chegaralanmaganligi, ekologik tozaligi va 
qayta tiklanishi bilan an‟anaviy usullardan farq qiladi. Bu usullar ichida oxirgi yillarda eng 
yaxshi o‟rganilganligi va keng qo‟llanilayotgani Quyosh panellari va shamol generatorlari 
yordamida elektr en
ergiyalarini olish yo‟lga quyildi. Bu sohada O‟zbekistonda ham 
ancha ishlar amalga oshirilgan. Dengiz suvini ko‟tarilishi va to‟lqinlar energiyasidan 
foydalanishning effektiv qurilmalari ishlab chiqilgan va kichik quvvatli iste‟molchilarni 
ta‟minlash uchun muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.[4] Noan‟anaviy energiya olish usullari 
qanchalik tabiiy va ekologik jihatdan maqsadga muvofiq bo‟lmasin ular energiyaga 
bo‟lgan ehtiyojni to‟la qanoatlantirmasligi mumkin. Shuning uchun ham kelajakning 
asosiy energiyasi sifatida atom energiyasi qaralmoqda. Atom energiyasidan 
foydalanishning birinchi usuli uran yadrosi bo‟linishi energiyasi va uning muammolari 
haqida yuqorida aytib o‟tildi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin