ELEKTR ENERGIYASINING TEXNIK YO'QOTISHLARINI HISOBLASH
ZARURATINING TAHLILI
Rahimova Marjona Faxritdin qizi
Navoiy davlat konchilik va texnalogiyalari
unversiteti
“Energetika” kafedrasi 3-20 E guruh
lmiy rahbar: A.N. Tovboyev
Annotatsiya:
Elektr tarmoqlarining funktsional effektivligi va iqtisodiyligining
asosiy koʼrsatgicharidan biri elektr jihozlarining va qurilmalarining
texnik tarkibi va
ishlatilishida elektr energiyasi yuqotuvidan iboratdir. Operatsion jarayonlarga va elektr
tarmoqlariga doimiy ravishda aktiv elektr energiyasini yetkazib bermaslik ortiqcha elektr
energiyasini yuqotishga olib keladi.Bunday isroflar
asosan aktiv quvvat isrofi, reaktiv
quvvat isrofi, energiya isrofi kabi koʼrinishlari mavjud. Reaktiv quvvat isrofi aktiv quvvat
is
rofi va energiya isroflari liniya parametrlariga yetarli darajada salbiy va sezilarli ta‟sir
etadi. Isteьmolchilarga elektr energiyasini yetkazib berishda elektr energiyasini uzluksiz
ishonchli va sifatli boʼlishi shart.Аmmo keyingi vaqtlarda bu jarayon yetarli emas.
Kalit so‘zlar:
Aktiv quvvat,
quvvat isrofi, reaktiv quvvat,
elektr yuritma, quvvat
koeffisienti, optimal ish rejimi.
Kirish.
Elektr energiyasi ishlab chiqarish joylaridan iste'mol
joylariga boshqa
resurslar ishlatilmaydigan yagona mahsulot turi. Buning uchun uzatilgan elektr
energiyasining bir qismi iste'mol
qilinadi, shuning uchun uning yo'qotishlari muqarrar,
ularning vazifasi iqtisodiy jihatdan barqarorligini aniqlashdir.
Elektr tarmoqlarida
energiya yo'qotishlarini ushbu darajaga kamaytirish energiya tejashning muhim
yo'nalishlaridan biridir.
Elektr tarmoqlarida energiya yo'qotishlarining ko'payishi
umuman energetika
sohasini rivojlantirishdagi juda ob'ektiv qonunlarning ta'siri bilan belgilanadi. Ularning
asosiylari quyidagilar: yirik elektr stantsiyalarida elektr energiyasini ishlab chiqarishning
kontsentratsiyasi
tendentsiyasi; Elektr tarmoqlari yukining doimiy ravishda ko'payishi,
iste'molchi yukining tabiiy o'sishi va elektr energiyasini iste'mol qilish va ishlab chiqarish
quvvatining o'sish sur'atlaridan tarmoq sig'imi o'sish sur'atlarining ortishi bilan bog'liq..