7.1-jadval
Kompleks iqtisodiy tahlilda o‘rganiladigan ko'rsatkichlar tizimi
M e h n a t re s u rs la ri bilan
b o g 'lik b o 'lg a n
k o 'r s a tk ic h la r tahlili
M e h n a t v o sita la ri h a m d a
n om oddiv a k tiv la r bilan
b o g 'liq b o 'lg a n
к о ' r s a tk ic h la r tahlili
M e h n a t a sh y o lari bilan
b o g 'liq b o 'lg a n
k o 'r s a tk ic h la r tah lili
Ishlab ch iq a ris h va fa o liy a t n a tija v iy lig i b ilan b o g 'liq b o 'lg a n
k o 'r s a tk ic h la r tahlili
M oliyaviy h o lat v a to'lov lay o q ati b ilan b o g 'liq b o 'lg a n k o 'r s a tk ic h la r tahlili
Kompleks iqtisodiy tahlilda barcha ko‘rsatkichlar o ‘zaro aloqador-
likda va bogianishda o‘rganilgan holda korxona faoliyatiga umumiy
tashxis qo‘yiladi. Ishlab chiqarish samaradorligi va faoliyat natijaviy
ligini oshirish yuzasidan ichki imkoniyatlarning mavjudligi umumlash-
tiriladi.
Kompleks iqtisodiy tahlildagi barcha ko‘rsatkichlar o‘rganiladigan
masalalardan kelib chiqadi. 0 ‘rganiladigan masalalami aniqlash esa
ko'rsatkichlar o‘rtasidagi bogiiqlam i bilishda eng muhim yondashish
hisoblanadi. Demak, tahlilda o ‘rganiladigan masalalar quyidagi tartibda
b o iishi mumkin:
1. Korxona faoliyatining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarga kom
pleks sharh.
2. Ishlab chiqarishning tashkiliy-texnikaviy darajasi hamda mahsu-
lotlar sifati tahlili.
3. Korxona mahsulotlariga bozordagi talab va taklifning tahlili.
4. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi tahlili.
4. Mehnat resurslaridan foydalanish, mehnat va unga haq to lash
tahlili.
5. Moddiy resurlardan foydalanish tahlili
6. Asosiy vositalardan foydalanish tahlili.
7. Ishlab chiqarish xarajatlari hamda mahsulotlar tannarxi tahlili.
8. Korxona moliyaviy natijalari va rentabelligi tahlili.
9. Korxona moliyaviy holati va barqarorligi tahlili.
10. Korxona faoliyatiga umumlashtiruvchi baho berish.
Ushbu masalalar tahlil maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib o ‘r-
ganiladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning imkoniyatlarini
aniqlash tahlilning asosiy maqsadini ham belgilaydi. Y a’ni mahsulot
ishlab chiqarish hajmini oshirish va korxonaning moliyaviy natijalarini
hamda holatini yaxshilash bo‘yicha subyektda mavjud b o ig a n ichki
imkoniyatlami aniqlash va ulami amaliyotga tatbiq etish chora-tadbir-
larini belgilash tahlilning muhim vazifasi hisoblanadi.
Tahlilda har bir tarkib bo‘yicha mavjud b o ig an ichki imkoniyatlar
aniqlanib ularga baho beriladi. Jumladan, ishlab chiqarishda mehnat re-
surslari bo‘yicha imkoniyatlar, mehnat vositalari va ulardan samarali
foydalanish bo‘yicha imkoniyatlar, mehnat predmetlari va ulardan sama
rali foydalanish bo‘yicha imkoniyatlar, ishlab chiqarish xarajatlarini ka
maytirish yuzasidan imkoniyatlar mavjudligi va shu kabilami belgilash
mumkin.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning ichki imkoniyatlari -
resurslardan foydalanish bo‘yicha korxonada mavjud bo ig an , biroq
ishga solinmagan zaxiralaming mavjudligidan tashkil topadi.
Bu imkoniyatlar birinchi navbatda korxonaning mehnat vositalari,
texnologiyalari va zamonaviy mehnat vositalari bilan qurollanish dara
jasiga hamda ulaming holatiga bogiiq.
Imkoniyat - korxona iqtisodini kuchavtirishning muhim vositasidir.
Agarda subyektda ulardan to iiq va to ‘g ‘ri foydalanilsa ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish yuzasidan muhim ijobiy natijalarga erishiladi.
Demak, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan
mavjud zaxiralardan foydalanish holatiga ham bogiiq.
Korxona biznes-rejalarini belgilashda barcha imkoniyatlar hisobga
olinadi va ulaming realizatsiyasi reja bajarilishi davomida amalga oshi
riladi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari faoliyatdagi texnologiyalami tako
millashtirish, ishlab chiqarishni tashkil etish hamda uning tashkiliy
texnikaviy darajasini yaxshilash, mehnatni tashkil etish, boshqaruvni
takomillashtirish kabilar orqali ham belgilanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda makro darajadagi imkoniyatlami tarkib-
lashni quyidagi uch guruhi ajratiladi.
1. Iqtisodiyot.
2. Tamioq.
3. Ichki xo‘jalik imkoniyatlari.
Korxonada har bir imkoniyatdan maqsadga muvofiq foydalanish
y o ‘llari ishlab chiqilishi zarur.
Korxona ichki imkoniyatlari quyidagi tarkib bo‘yicha guruhlanadi.
a) mehnat vositalari bilan b o g iiq b o ig a n imkoniyatlar:
- ishlab chiqarish vositalari va ulami modemizatsiyalash, ishlab
chiqarish texnologiyalarining samarali turlarini ishlab chiqarishga jalb
etish, asosiy vositalarning aktiv qismini ko‘paytirish, informatsion tex
nologiyalarga asoslangan ish o‘rinlarini tashkil etish;
- asosiy vositalami zamonaviylashtirish, ishlab chiqarish uskuna-
larining mehnat unumi, samarasini oshirish;
- asosiy vositalarga xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlami tashkil etish va
ular faoliyatini faollashtirish;
- texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni tashkil etishning usul-
larini faollashtirish, ishlab chiqarish maromiyligiga amal etish, texnik
standartlar va loyihalar tuzilishi va shu kabilar.
b) moddiy va yoqilg‘i energetika resurslaridan foydalanish bilan
b o g iiq b o ig an imkoniyatlar:
- xomashyo va materiallami sarf m e’yorlarini to ‘g ‘ri belgilash va
ularga amal qilish;
- zamonaviy texnika va chiqindisiz texnologiyalami joriy qilish;
- ishlab chiqarishdagi braklar hajmini kamaytinsh;
- y o qilg i va elektr energiya resurslaridan foydalanishni to ‘g ‘ri y o i-
g a qo'yish.
d) mehnat resurslaridan samarali foydalanish bilan b o g iiq b o ig an
imkoniyatlar:
- mehnat sharoitlarini yaxshilash;
- xodimlar bilan ta’minlanish holati va harakatini to ‘g ‘ri boshqa
rish;
- ish o‘rinlariga xizmat ko‘rsatish holatini yaxshilash;
- ish o‘rinlarini tashkil etishning takomilashtirish;
- mehnatning taqsimlanishini ilmiy asosda tashkil etish;
- mehnatni m e’yorlashtirishni takomillashtirish.
d) mahsulot tannarxini pasaytirish va foydani ko‘paytirish bo‘yicha
imkoniyatlar:
- ishlab chiqarishning texnik-texnologik darajasidan to ‘g ‘n foyda-
laaiish;.
- ishlab chiqarish va mehnatni to ‘g ‘ri tashkil etish;
- mahsulotlar divertsiflkatsiyasi hamda hajmini oshirish;
- mahsulotlaming tarkibi hamda sifatini yaxshilab borish;
- tabiiy resurslardan foydalanishni yaxshilash;
- ishlab chiqarishning rivojlanishi va shu kabilar.
Korxonadagi imkoniyatlar faoliyatning intensiv rivojlanishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy rivojlantirishning muhim y o ‘nalishlari sifatida intensiv va
ekstensiv y o ‘nalishlar tarkiblanadi. Intensiv rivojlantirish va ekstensiv
rivojlanish yo‘nalishlari bir-biridan bevosita miqdoriy ko‘rsatkichlarga
farqlanishi bilan tavsiflanadi.
Ekstensiv asosda rivojlanish mahsulot hajmini oshishi unga ta’sir
etuvchi omillaming (mehnat vositalari, mehnat predmetlari, yer, ish
kuchi sarfi va shu kabilar) o ‘zgarishi bilan mutanosib holda sodir b o '
ladi. Misol uchun, hosilning ko‘payishi yer maydonining kengayishi,
non mahsuloti un sarfi o ‘zgarishi va shu kabilar bilan amalga oshiriladi
Intensiv rivojlanishda esa natijaning (mahsulot hajmi) ijobiy o ‘z-
garishi resurs sarfi oshishi bilan shartlanmaydi. Misol uchun, hosil miq
dori hosildorlikni oshirish hisobiga ko‘paytiriladi. Yer maydonining
kengayishi yoki o‘z holatida qolishi bu jarayonda e’tiborga olinmaydi.
Intesiv rivojlanish fan-texnika yutuqlari hamda innovatsion texnologiya-
lami ishlab chiqarishga joriy etish asosida amalga oshiriladi. Serhosil
urug‘ navining ekilishi hosildorlikni keskin oshiradi. Texnikalardan
unumli foydalanish texnologik tadbirlami o ‘z vaqtida bajarilishini ta’
minlaydi.
Iqtisodiy tahlilda natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishini baholashda in
tensiv yoki ekstensiv rivojlanishga balio berish zarur. Misol uchun,
ishchiga to‘g ‘ri keladigan mahsulot hajmining oshishi ishchilar sonini
ortishi yoki bir ishchining mehnat imumdorligining o‘zgarishi bilan
sodir boiganligini bilish hamda uning dinamikasini kuzatish kerak. Bu
bilan nisbiy iqtisodlar aniqlanadi.
Ishlab chiqarishning ichki imkoniyatlari resurslaming har b ir turi,
ulardan foydalanish o‘mi, joyi bo‘yicha tarkibli va umumiy o‘rganilgan
holda korxona bo‘yicha kompleks baholanadi hamda ulami boshqarish-
ning chora-tadbirlari belgilanadi.
Ishlab chiqarish faoliyatini intensifikatsiya qilinganligini baholash
ham kompleks tahlilda muhim rol o ‘ynaydi. Buning uchun rentabellik
k o ‘rsatkichidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mazkur ko\rsatkich
asosiy faoliyatdan olingan foydani ishlab chiqarish asosiy vositalari va
moddiy aylanma m ab lagiarga nisbati bilan hisoblanadi.
Bu yerda: R - rentabellik;
F - asosiy faoliyatdan olingan foyda;
AV - ishlab chiqarish asosiy vositalari;
MM - moddiy aylanma mablag4 lar.
Ta’kidlab o‘tish kerakki, korxona faoliyatini kompleks baholash
murakkab vazifa bo‘lgani uchun mazkur maqsadda ko‘plab ko‘rsatkich-
lardan foydlanish hamda ular asosida yagona xulosaga kelish tahlil nati-
jasining yanada obyektivligini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |