qiladi. Demak, mazkur usulda masalani hal qilish - mavjud muqobil im- koniyatlar orasida eng maqbul hamda yaxshisini tanlab olishdir. Iqtiso-
divotda chiziqli dasturlashdan foydalanishning qimmati va ahamiyati shu bilan izohlanadiki - mavjud ko‘p miqdordagi ahamiyatli muqobil vanantlar ichida eng maqbul variant tanlanadi. Boshqa usullar yorda- lnida mazkur turdagi masalalarni hal qilishning imkoni mavjud emas. Ushbu usul yordamida sanoat korxonalarida stanoklaming eng maq bul unumdorligi, qishloq x o ‘jaligida minimal miqdor va qiymatdagi ozuqa ratsioni, transport masalalari hal etiladi. 4.5. Nazariy o‘yin usuli v a tahlilda foydalanishning o ‘ziga xos tomonlari Nazariy o ‘yin usuli o ‘rgamlayotgan voqelik tafsifiga ko'ra undagi mavjud vaziyatlar ichida eng maqbul strategiyani topishni tadqiq qiladi. Bunda korxona uchun eng qulay va maqbul vaziyat strategiya qilib boshqaruv qarorlari asosida belgilab olinadi. Mazkur holatni matematik ko‘rinishga keltirishda har bir vaziyatni alohida o ‘yin ishtirokchisi, deb belgilab olinadi. Har bir ishtirokchi esa o ‘zining manfaatini maksimal- lashtirishni boshqa ishtirokchilar hisobidan amalga oshirishga harakat qiladi. Nazariy o ‘yin usulida masala aniq formulalashtirishni talab qiladi. Bunda o ‘yin qoidasi va ishtirokchilar soni belgilanadi, ishtirokchilar imkoniyatidagi strategiyalar aniqlanadi, yutuqlar va yutqazishlar o ‘rga- niladi. Masalalarni hal qilishda algebraning chiziqli tenglamalar va teng- sizliklar tizimi usullari va boshqa shu kabilardan foydalaniladi. Nazariy o ‘yin usulining mazmunini quyidagi misolda ko‘rishimiz mumkin.