aniqligi, ishonchliligi lekshiriladi. mutanosib ko‘rinishga olib kelinadi,
tizinilashtiriladi. Iqtisodiy tahlil natijalari axborotlaming sifatiga bog‘liq
bo‘ladi;
4) xo'jalik yuritishning haqiqatdagi natijalarini hisobot davri reja
ko'rsatkichi bilan, qabul qilingan m e’yorlar va standartlar, o'tgan yillar
haqiqatdagi m aium otlari bilan, yetakchi korxonalar yutuqlari, o'rtacha
soha bo'yicha taqqoslash o'tkaziladi; korxona rivojlanishi tendensiyalari
va sur’atlari, uning revtingi, moliya va tovar bozoridagi holati
o'rganiladi; yechimi bo'yicha muayyan chora-tadbirlar taqozo qiluvchi
muammolar topiladi;
5) omillar va korxona faoliyati natijalariga o'tnnshda ham da istiq-
bolda ulaming ta’siri aniqlanadi, korxona maqsadlariga erishishda fov-
dalanilmagan imkoniyatlar hisoblanadi va shuning asosida erishilgan na
tijalami baholash amalga oshiriladi;
6) yuzaga kelgan vaziyatda korxona rivojlanishining ehtimoliy sse-
nariysi ko'rib chiqiladi, fan va amaliyot sohasida yangiliklami o'rganish
negizida korxona mehnat unumdorligini oshirishning mavjud zaxiralari
baholanadi;
7) qo'yilgan maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan strategik va tak-
tik boshqaruv qarorlari qabul qilish bo'yicha tavsiyalar tayyorlanadi;
qabul qilinayotgan qarorlaming ehtimoliy oqibatlari, ishlab chiqarish va
moliyaviy risklar darajasi baholanadi; korxonaning operativ, joriy va
istiqbolli rejalari aniqlanadi.
Analitik tadqiqotlami bajarishning bunday ketma-ketligi iqtisodiy
tahlil nazariyasi va amaliyoti nuqtai nazaridan yanada maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
Analitik tadqiqotning turli bosqichlarida qoilaniladigan tahlilning
texnik uslublari va usullari (tahlil instrumentariysi) iqtisodiy tahlil
metodikasining eng muhim elementi hisoblanadi va quyidagicha
yoziladi.
Dostları ilə paylaş: