Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini
ilmiy tadqiq qilish asosida
uning boshlanishiga sabab b o ig a n voqeliklar birma-bir topilib, ulaming
shakli hamda mazmuni aniqlanib global hodisaga ko‘rsatgan ta’sirlari
o‘rganilmoqda. T a’kidlash kerakki, iqtisodiy inqiroz bu muammolar
kompleksidir. Uning yechimi ham kompleks chora-tadbirlami muayyan
davr davomida uzluksiz qoilanilishini talab qiladi. Moliyaviy
iqtisodiy
inqirozning kelib chiqishini shartli ikki yirik guruh: makroiqtisodiy
ham da mikroiqtisodiy darajadagi sabablar bilan izohlash mumkin.
Mikroiqtisodiy darajadagi sabablarga ko‘plab x o ‘jalik subyektlari
tomonidan hisob tizimining davr talablari asosida tashkil qilinmaganligi
ham da mazkur holatlarga auditorlik firmalarining jiddiy munosabat
bildirmaganligi kabilar misol b o ia oladi. Bunday kamchiliklar x o ‘jalik
faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish ishlarida ham yaqqol ko‘zga tashlandi.
Agarda, xo‘jalik subyektlari har bir iqtisodiy
voqelikni ilmiy asosda
chuqur tahlil qilib, boshqaruv qarorlarini o ‘z vaqtida qabul qilganlarida
edi, jahon miqyosida inqiroz tufayli o‘z faoliyatini to ‘xtatgan, bankrot
b o ig an korxonalar soni bu darajada ko‘p b o im a s edi.
Xo‘jalik subyektlari faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish - ular faoli
yatini har tomonlama ilmiy bilishda, resurslami samarali boshqarishda,
investitsiyalar jalb qilishda, boshqa korxonalar bilan iqtisodiy muno-
sabatlar o‘matishda hamda turli maqsadlar uchun o ‘rganishda muhim
ahamiyatga ega.
Jahon iqtisodiyotida sodir boiayotgan salbiv voqealarga qaramas-
dan Respublikamizda xo'jalik subyektlari faoliyatini
iqtisodiy tahlil
qilish borasida va uni rivojlantirishda ko‘plab ijobiy ishlar amalga
oshirildi hamda bu jarayon davom ettirilmoqda.
So‘nggi yillarda respublikamizda iqtisodiy islohotlar koiam ining
ham kengayib, ham chuqurlashib borishi, shuningdek, raqobatdosh iqti-
sodiyotni shakllantirish sharoiti x o ‘jalik subyektlari faoliyatini yanada
obyektiv iqtisodiy tahlil qilish zarurligini ko‘rsatib bermoqda. Bu esa, bu
boradagi ishlami davr ehtiyoji asosida takomillashtirish vazifasini yuza
ga chiqarmoqda.
Mutaxassislar bilimi hamda malakasini davr talablari asosida tako-
millashtirib borish ham bu boradagi muhim ahamiyatga ega tadbirlardan
biri hisoblanadi.
Axborot-komunikatsiya texnikalari vositasida informatsion texnolo-
giyalarga asoslangan holda iqtisodiy tahlil
ishlarini tashkil qilish va
yuritish masalasi hisob tizimidagi zamonaviy y o ‘nalishdir.
Iqtisodiy munosabatlaming rivojlanishiga mos keluvchi tahlilning
uslubiy asoslarini takomillashtirish esa vazifalami muvafFaqiyatli bajari-
lishining markaziy jihati hisoblanadi.
«Iqtisodiy tahlil nazariyasi» nomli o‘quv qo‘llanma aynan k o ‘rsatib
o ‘tilgan masalalami hal qilish y o iid a bajarilgan ishlardan biri sanaladi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma sakkiz bobdan iborat bo‘lib, unda iqtisodiy
tahlilning ilmiy asoslari, mazmuni, predmeti, vazifalari, metodi, meto
dikasi, iqtisodiy-matematik usullari turlari, axborot manbalari, iqtisodiy
tahlil
ishlarini tashkil qilish, kompleks iqtisodiy tahlil hamda ishlab
chiqarish-moliyaviy faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari tahlilining uslu
biy asoslari, informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqarish tizi
mida iqtisodiy tahlil kabi masalalar bayon qilingan.
Qo‘llanmaning o ‘ziga xos jihati bo‘lib bilish nazariyasi va iqti
sodiy tahlil, 0 ‘zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining rivojlanishi, tahlil
prinsiplari, iqtisodiy tahlil metodologiyasi, omilli tahlil metodikasi, tahlil
usullari va metodikasi, taqqoslash usuli, ko‘p oichovli taqqoslash,
ko‘rsatkichlami taqqoslanm a ko'rinishga keltirish
usullari, iqtisodiy
tahlilda o ‘rtacha miqdorlar, grafik usuldan foydalanish, zanjirli bog‘-
lanish usuli, iqtisodiy matematik usullaming turlari, determinallashgan
modellar va xo'jalik faoliyatidagi omillar tizimining tahlili, stoxastik
modellar va x o ‘jalik faoliyatidagi omillar tizimi, nazariy o‘yin usuli va
tahlilda foydalanishning o ‘ziga xos tomonlari,
iqtisodiy tahlilni turlarga
ajratish, moliyaviy tahlil, boshqaruv tahlili, tezkor tahlil, joriy tahlil,
istiqbolli tahlil, kompleks tahlil, funksional qiymat tahlili, diagnostik
tahlil, iqtisodiy tahlilda axborot turlari va ulaming manbalari, korxona
faoliyatini iqtisodiy tahlil
qilishning asosiy qoidalari, korxonada
iqtisodiy tahlilning tashkillashtirish shakllari va uning ijrochilari, ana
litik ishni rejalashtirish, tahlilning infomiatsiya hamda uslubiy ta ’minoti,
iqtisodiy tahlilni tashkil etishning bosqichlari, tahlil natijalarini umum
lashtirish va rasmiylashtirish, kompleks iqtisodiy tahlilni tashkil etish,
mahsulot ishlab chiqarish va sotishning muhim ko‘rsatkichlari tahlili,
informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida iqtisodiy
tahlilning roli va o ‘m i, informatsion texnologiyalarga asoslangan bosh
qaruv tizimida iqtisodiy tahlilning tashkil etish tamoyillari va mazmuni
kabi masalalar yetarlicha bayon qilinganligi hisoblanadi. Har bir mavzu-
ga oid tayanch so‘z va iboralar, topshiriqlar
hamda test materiallari
berilgan.