Induksiya -
alohida faktlar bilimidan umum bilimlarga (ya’ni
qonunlar yoki boshqa amaliy va zaruriy aloqalami aks ettiradigan) o'tish
usulidir.
Deduksiya -
fikrlami umumiylikdan xususiylikka tatbiq etish usu
lidir. Bunda, umumiy tasnifdagi qonunlar, bog'liqliklar xususiy tasnifga
o'tkaziladi.
Mazkur usullar yordamida iqtisodiy hodisalami, ham xususiy, ham
umumiy jihatlari o'rganilib, ular bo'yicha tegishli xulosalar olinib,
amaliyotga tatbiq etiladi.
Yuqorida ko'rib chiqilgan bilishning elementlari, usullari (dia-
lektika, analiz, sintez, induksiya va deduksiya) iqtisodiy tahlil fanida
ham iqtisodiy voqea vajarayonlam i o'rganishning asosini tashkil etadi.
Iqtisodiy tahlil aytib o'tilgan umumiy usullar va xususiy jihatlar
bilan birgalikda alohida fan sifatida yuzaga chiqib, korxonalami tadqiq
qilish tizimiga ega bo'ladi.
1.2. Bozor iqtisodiyoti va iqtisodiy tahlil
Bozor iqtisodiyoti - bozoming o ‘zigaxos qonunlari, fiinksiyalari va
vazifalarini bajarishga asoslangan iqtisodiy munosabatlaming alohida
shaklidir. Bu jarayonda bozor munosabatlarining barcha jihatiari hamda
xususiyatlari amal qiladi.
Bozor subyektlari, y a’ni ishlab chiqaruvchilar yoki xaridorlar, mav
jud tarkib topgan tizimda talab va taklif, pul muomalasi, raqobat, inqiroz
va shu kabi tomonlarga moslashib, o ‘z faoliyatini amalga oshirishi shart.
Bu esa ulami mazkur sharoitda yashab qolish yoki rivojlanishini
ta’minlaydi. Aks holda, ular o‘zlari oldiga qo‘yilgan maqsadga erisha
olmay bozorda o‘rinlarini y o ‘qotadilar. Demak, korxonalar bozordagi
mavjud holatni va o‘zlaridagi ichki imkoniyatlami chuqur o ‘rganmay
turib o‘z faoliyatlarini samarali amalga oshira olmay yoki qo‘yilgan
maqsadga erisha olmaydilar.
Jamiyatda korxonalar faoliyatiga asos solinishi, faoliyat boshlanishi
yoki davom ettirilishidan oldin, dastavval bozor munosabatlari hamda
o‘zining barcha holat va imkoniyatlarini ilmiy-amaliy tahlil qilishga
majbur. Natijada tavakkalchilikka asoslangan, lekin ayni paytda ilmiy
asosiga ega bo‘lgan faoliyat dasturi ishlab chiqiladi. Dasturga amal
qilish esa mablag‘lardan to‘g ‘ri va samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Bozor munosabatlarining rivojlanib, tobora murakkablashib hamda
takomillashib borishi korxonalarda tahlil qilinadigan, o‘rganiladigan
obyektlar sonini ko‘paytirib hamda ulami murakkablashtirib bormoqda.
Jumladan, bozor geografiyasi, iste’molchilar guruhi, infrastruktura
xizmatidan boshlab to korxonadagi ta’minot, ishlab chiqarish, sotish va
boshqa hisob-kitoblar hamda moliyaviy bozor munosabatlarigacha, qiy
mat yaratilishi va erishilishining barcha bosqichlari va shu kabilar tahlil
obyekti b o iib qolmoqda. So‘nggi global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz
iqtisodiy tahlilning zarurati va ahamiyatini yanada oshirdi. Ayni bir
paytda, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi iqtisodiy tahlil ishlarida jiddiy
kamchiiikiar mavjudligini va bu borada ko‘plab ishlami amalga oshirish
zarurligini ham ko'rsatib berdi.
Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot o ‘zgaruvchanlik tav-
sifiga ega. Korxonalar faoliyatini har doim uzluksiz holda uning
talablariga moslashtirib boradi. Bu jarayon korxonada marketing tadqi-
qotlarini ishlab chiqish va unga amal qilishni keltirib chiqaradi.
Demak, tashqi va ichki muhit ta’siridan kelib chiqqan holda kor
xonalar faoliyatini marketing tadqiqotlari asosida olib borishga majbur.
Natijada esa, faoliyat strategiya va tak.tik.asi hamda ularga muvofiq
keluvchi dasturlar va rejalar ishlab chiqiladi.
Bozor sharoitida ilmiy asosda ishlab chiqilgan biznes-rejalar harakat
uchun qo‘llanmadir. Rejaning ilmiy asosda b o iish i bevosita iqtisodiy
tahlil ishlari bilan bogiangandir. Chunki reja ko‘rsatkichlari bozordagi
holat, o ‘tgan yillar tajribasi, belgilangan me’yorlar, yetakchi hamda ra-
qobatchi korxonalar holati, innovatsion yangiliklami joriy qilish, ichki
imkoniyatlar ahvolini o‘rganishdan kelib chiqib belgilanadi.
M azkur tadbir mutaxassislar uchun o ia muhim hisoblanib, mab-
la g iard an foydalanishda eng yaxshi deb tanlangan samarali y o ‘nalish,
har bir bosqichi, har bir jarayonda amalga oshiriladigan xatti-harakat
aniq miqdor va qiymat ko‘rsatkichlari asosida belgilanib olinadi. Ular
dan kutiladigan natijalar esa ilmiy asosda hisob-kitob qilinadi. Demak,
rejalashtirish ishlanning har bir elementi dastavval turli usullar bilan
muqobillik asosda tahlil etiladi. Eng maqbul faoliyat deb tanlab olingan
y o ‘nalish uchun m ablagiar sarflash samarali chora-tadbirlar asosida
ishlab chiqiladi.
Korxonalar ishlab chiqarish va tijorat ishlarini amalga oshira bosh-
laganida haqiqiy m aium otlar olinib, uni reja ko‘rsatkichlari bilan taq-
qoslanib o ‘rganiladi. Bu bilan rejaning naqadar realligiga baho beriladi,
yuzaga kelgan ijobiy yoki salbiy holatlar aniqlanadi hamda imkoniyatlar
oldindan qay darajada belgilanganligi yoki nazarda tutilmaganligi
o ‘rganiladi. Haqiqiy m aium otlar bevosita bozordagi holat bilan ham
bogianadi. Bozordagi o ‘zgarishlar va ulaming korxona faoliyatiga ijo
biy yoki salbiy ta’siri tezkorlik bilan tahlil qilinadi. Shu asosda tegishli
chora-tadbirlar belgilanadi. Demak, bozor munosabatlarida barcha ja
rayonlar aniq faktlar bilan analitik usulda tahlil qilinib, ulami sintez
y o ii bilan umumlashtirib tegishli qarorlar qabul qilinadi hamda korxona
faoliyatiga ta’sir o‘tkaziladi.
Iqtisodiy tahlil bozor sharoitida faqatgina haqiqiy holatni o‘rganib uni
ijobiy tomonga o‘zgartinsh vazifasini bajaribgma qolmaydi, balki uning
vositasida korxona faoliyati bilan qiziquvchi shaxslar uchun ham zarur
b o ig a n m aium otlar tayyorlanadi. Bu bilan korxonani moliyaviy holati
hamda iqtisodiy imkoniyati to‘g ‘risida ham to ia tasavvur hosil qilinadi.
Natijada korxonaga ko‘plab hamkorlar jalb qilinish imkoniyati oshadi.
Muxtasar qilib aytganda, bozor munosabatlari ilmiy boshqaruvni ta
lab qiladi. Maqsadga muvofiq boshqaruv esa uning muhim funksiyasi
b o ig a n iqtisodiy tahlil vositasida amalga oshiriladi. Iqtisodiy tahlilning
aniq va ishonchli b o iish i boshqaruv qarorlarining obyektivligini oshiradi.
|