Mavzu: Ekonometrika so’zi nimani anglatadi va u fan sifatida qaysi davrda yuzaga kelgan
Ekonometrika-fanda juda tez rivojlanuvchi soha bo’lib, uning maqsadi iqtisodiy munosabatlarga miqdoriy o’lchamlarni berishdan iborat. “Ekonometrika” iborasi(so’zi) 1910 yilda (Avstro-Vengrya) buxgalter P.Tsemp tomonidan kiritilgan (u “ekonometriya” degan). Tsemp, “Agar buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga algebriya va geometriya usullarini qo’llansa, u holda xo’jalik faoliyati natijalari to’g’risida yanada chuqurroq tasavvurga ega bo’lish mumkin” deb ta’kidlagan. Ushbu ibora ko’p vaqt davomida ishlatilmagan bo’lsada, “ekonometrika” iborasi iqtisod ilmida yangi yo’nalishni yuzaga kelishida juda qulay keldi.
Iqtisod fanida yangi yo’nalish - “ekonometrika” 1930 yilda paydo bo’ldi. “Ekonometrika” (grekcha “metron”) so’zi ikkita “ekonomika” va “metrika” so’zlarining birlashmasidan tashkil topgan. Shunday qilib, iboraning o’zida ekonometrikani fan sifatida uning xususiyati va mazmuni ifodalanadi. Uning mazmuni: iqtisodiyot nazariyasi tomonidan ochilgan va asoslangan aloqa va munosabatlarni miqdoriy ifodalashdan iborat. Demak ekonometrika iqtisodiy hodisalarni o’lchash va tahlil qilish haqidagi fandir.
Ekonometrikaning yuzaga kelishi iqtisodiyotni o’rganishda bir nechta fanlarni birlashtirgan yondashuv natijasi bilan bog’liq.
Bu fan iqisodiyot nazariyasi, statistika va matematik usullarni birlashtirish va o’zaro to’ldirish natijasida yuzaga kelgan. Keyinchalik ekonometrikani rivojlantirish uchun ushbu usullarga hisoblash texnikasi
tadbiq etilgan.