bo ' lmagan xarajatlar
( doimiy xarajatlari )
( o ' zgaruvchi xarajatlar)
Tenglikni ikkala qismini ishlab chiqarish harajatlari hajmi xbo’lsak, quyidagini olamiz:
Bir mahsulot birligi Bir mahsulot Bir mahsulot
hisobida ishlab
birligiga doimiy
birligiga o ' zgaruvchanxarajatlar
Bunday tenglamalarning parametrlari kichik kvadratlar usuli bilan baholanishi mumkin, ushbu parametrlarning xususiyatlari shundan iboratki ularning har biri aniq iqtisodiy ma’noga ega.
Ekonometrik tadqiqotlar quyidagi masalalarni o’z ichiga oladi:
iqtisodiy o’zgaruvchilar orasidagi bog’lanishlarni sifat jihatdan tahlil qilish, ya’ni bog’langan ( y j ) va bog’liq bo’lmagan ( xk ) o’zgaruvchilarni ajratish;
ma’lumotlarni tanlash;
y j va xk o’zgaruvchilar orasidagi bog’lanish shaklini aniqlash;
model parametrlarini aniqlash;
sohta o’zgaruvchilarni kiritish;
avtokorrelyatsiyani aniqlash;
trendlarni, davriy va tasodifiy komponentalarni aniqlash;
bog’lanish shaklini aniqlash va birpaytli tenglamalar tizimini tuzish;
identifikatsiya shartlarini tekshirish;
birpaytli tenglamalar tizimining parametrlarini baholash;
davriy qatorlar tizimi asosida modellashtirish: statsionarlik va kointegratsiya muammolari;
integratsiya muammolari va parametrlarni baholash.
Ekonometrik model o’zaro bog’langan o’zgaruvchilarning nazariy jihatlari va ular orasidagi bog’lanish xususiyatlariga asoslanadi.
O’zaro bog’lanishlarni ifodalashda asosan, ularning sifat tomonlarini tahlil qilishga ko’proq e’tibor beriladi.
Shuning uchun ekonometrik tadqiqotlar bosqichlariga quyidagilarni kiritish mumkin.
muammoning qo’yilishi;
ma’lumotlar yig’ish, ularni sifatini tahlil qilish;
model xususiyatini aniqlash;
parametrlarni baholash;
echimlarni tushinish, muhokama qilish va amalga joriy etish.
Bu bosqichlar barcha tadqiqotlar uchun xos bo’lib, qanday ma’lumotlardan foydalanishidan qat’iy nazar va zamonga bog’liq bo’lmagan holda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |