1.5. O‘zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining rivojlanishi1
0 ‘zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining shakllanishi ham da rivoj
lanishi 1931-yilda Toshkent moliya-iqtisod institutining tashkil topishi
bilan chambarchas bog‘liq. M ana shu davrdan xalq x o ‘jaligining moliya
sohasi hamda tarmoqlari iqtisodiy jihatdan tahlil qilinib o‘rganilgan.
Garchand, iqtisodiy fanlar qatoridan iqtisodiy tahlil fani alohida predmet
bo‘Iib ajralib chiqmagan bo‘lsa-da, uning usullari va uslublaridan
boshqa fanlarda foydalanilgan. Ayniqsa, moliya, kredit, buxgalteriya
hisobi fanlarida iqtisodiy tahlil elementlari keng ko'lam da qoilanilgan.
1950-yillargacha xo‘jalik faoliyati tahlili buxgalteriya hisobi fani
tarkibida o ‘qitilgan. 1950-yillardan keyin xo'jalik faoliyati tahlili alohi
da fan tarzida oliy o‘quv yurtlarida o ‘qitila boshlagan. Misol uchun,
Toshkent moliya-iqtisod institutida i.f.d., professor Ayrumov Arsen
Mixaylovich «Paxta etishtiruvchi jam oa xo‘jaliklari faoliyatini tahlil
qilish» bo'yicha o‘quv qo‘llanmani 1955-yilda (rus tilida), «Sanoat
korxonalari xo‘jalik faoliyati talilili» nomli darslikni (rus tilida) 1959-
yilda, «Davlat x o ‘jaliklarida x o ‘jalik faoliyati tahlili» bo‘yicha amaliy
m ashg'ulotlar uchun materiallar (1960-yil) kabi maxsus adabiyotlami
yozgan.
1
Ушбу параграфни ёзишда М.К- Пардаевнинг «Икгиеодий тачлил назарияси»
(Дарслик «Зарафшон» нашриёти, Самарканд, 2001) китобидан фойдаланилди.
17
(.
<2- S О f
1966-yilda Moskvaning «Ekonomika» nashriyotida chop etilgan
«Matlubot kooperatsiyasi korxonalar xo'jalik faoliyatining tahlili» nomli
darslikni yozishda novosibirsklik L A. Falkovichlar bilan birgalikda
samarqandlik olim I N. Toporovskiy ham taklif qilingan edi. 1970-yilda
samarqandlik olimlar I.T. Abdukarimov, B.A. Zalesskiy va N.I. Topo
rovskiy tomonidan Moskvaning «Экономика» nashriyotida «Matlubot
kooperatsiyasi korxona va tashkilotlari xo'jalik faoliyatini tahlil qilish
bo‘yicha masalalar to‘plami» o ‘quv qoilanm asi chop etildi.
Toshkent moliya-iqtisod institutining Toshkent xalq xo‘jaligi ins-
titutiga aylanishi va mazkur institutda «Xo‘jalik faoliyati tahlili» kafe-
drasining faoliyati ham iqtisodiy tahlil fanining alohida b o iib rivoj-
lanishida muhim ahamiyatga ega boidi. Jumladan, iqtisod fanlari
doktori, professor A.M. Ayrumov tomonidan «Sanoat korxonalari xo‘ja-
lik faoliyati tahlili» nomli darslik (rus tilida) 1971-yilda chop etildi.
N.B.Kartamishev, S.K. Qodirxonov, S.X. Ablyatifovlar tomonidan «Sa
noat korxonalari xo‘jalik faoliyati tahlili bo'yicha masalalar» (-T.:
« 0 ‘qituvchi», rus tilida) nomli kitobi 1977-yilda oliy o‘quv yurtlari
uchun o ‘quv qo ilanm a sifatida tavsiya etilgan.
1970-yillarda respublikamizdagi iqtisodiy oliy o'quv yurtlarida
tahlil maktablari tarkib topa boshladi.
1970-yillaming ikkinchi yarmiga kelib talililchilar safi 0 ‘zbekiston
miqyosida tanila boshlandi va kengaydi. Bu fan bo'yicha o‘zbek tilida
darsliklar paydo b o ia boshladi. 1973-yilda « 0 ‘qituvchi» nashriyotida
N.A. Xan tomonidan tayyorlangan «Qishloq xo‘jalik korxonalari xo'ja
lik faoliyatining analizi» nomli oliy o ‘quv yurtlari uchun darslik chop
etildi. 1979-yilda O. Mahmudovning «Qishloq xo‘jalik korxonalarining
x o ‘jalik faoliyatini analiz qilish» nomli o‘rta maxsus o ‘quv yurtlariga
m oijallangan o'quv qoilanm asi o ‘zbek tilida chop etildi. Bu darslik va
o ‘quv qoilanm alar respublikamizda iqtisodiy tahlilning taraqqiyoti va
istiqboli uchun qo'yilgan ilk qadamlar edi.
1973-yilda prof. I T. Abdukarimov va dots. M.Q. Pardayevlar tomo
nidan «Kooperativ savdoda mehnat ko‘rsatkichlari tahlili» nomli kitobi
Moskvaning «Ekonomika» nashriyotida chop etildi. Bu bilan o‘zbe-
kistonlik olimlar tematik tahlil rivojlanishiga yana bir qutlug‘ qadam
qo‘ydilar.
1980-yillar 0 ‘zbekistonlik olimlar uchun juda sermahsul davr
b o id i. I.T. Abdukarimov, M.Q. Pardayev va A.A. Abdiyevlar hamkorli-
gida «X o'jalik faoliyatining tahlili»ga bagishlangan to ‘rt tomlik albom
yaratildi. Bunda kooperativ savdo korxonalari xo‘jalik faoliyati batafsil
tahlil qilingan. Ammo matlubot kooperatsiyasi ko‘p tarmoqli soha. Shu
tufayli albomning 3-tomi «Matlubot kooperatsiyasi alohida tarmoqlari
xo' jalik faoliyatining tahlili» mavzusiga bag‘ishlangan.
1984-yilda I. T. Abdukarimov tomonidan «Matlubot kooperatsiyasi
xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» nomli darslik Moskvaning «Eko-
nomika» nashriyotida chop etildi. 1989 yil vilda ushbu darslik aynan ana
shu nashriyotda qayta ishlangan va to ‘ldirilgan variantida yangidan
nashr qilindi.
O'zbekistonlik olimlar tahlilning yangi shakli - kompleks tahlil
usullarini ishlab chiqishga kirishdi. Natijada 1983-yilda professor
I T. Abdukarimov tahririda M.Q. Pardayev va Yu.S. Sattarovlar tomoni
dan tayyorlangan «Chakana savdoda mehnat samaradorligini kompleks
baholash» bo‘yichauslubiy tavsiyayuzaga keldi.
Xo‘jalik faoliyatini kompleks baholash borasida ilmiy izlanishlar
davom etadi. Endi bir tarmoqda emas, balki ko'p tarmoqda qanday usul
bilan kompleks baholash mumkinligi ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib
borildi va nihoyat, 1990-yilda V.I. Abdukarimov tomonidan «Axborot-
lam i avtotmatlashtirilgan tizimi sharoitida ko‘ptarmoqli matlubot
kooperatsiyasi samaradorligini kompleks baholash masalalari» nomli
monografiyaToshkentdagi «Mehnat» nashriyotida bosmadan chiqdi.
Shu davrlarda korxonalar iqtisodiyoti yoki hisob tizimiga bag‘ish-
langan adabiyotlarda iqtisodiy tahlil fani usullaridan samarali foyda-
lanilgan. Misol uchun. professor A.S. Sotivoldiyevning Qishloq xo‘ja-
ligida xarajatlar uchyoti va mahsulot tannarxini hisoblash ( 0 ‘quv
qo‘llanma. -Т.: Mehnat, 1988), Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi
(Darslik. -Т.: Mehnat. 1991) kabi kitoblarida iqtisodiy tahlil usullari
keng ko‘lamda qoilanilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasining mustaqillik sari intilishi o ‘zbekis-
tonlik olimlami o‘zbek tilida darslik yozishga da’vat etdi. 1989-yilda
I T. Abdukarimov, M.Q. Pardayev, A.A. Abdiyev va V.I. Abdukarimov-
lar tomonidan «Matlubot kooperatsiyasi x o ‘jalik faoliyatini tahlil qilish»
mavzusida o ‘zbek tilida darslik vujudga keldi. U Toshkentdagi « 0 ‘qi-
tuvchi» nashriyotida chop etildi. Bu darslikdagi ko‘p iqtisodiy atamalar
o‘zbek tilida yozildi.
T a’kidlash kerakki, mazkur davrlarda ayrim o ‘zbekistonlik olimlar
iqtisodiy talilil faniga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib
borishgan va ulami muvaffaqiyatli himoya qilishgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o ‘ziga xos va
mos bozor iqtisodiyotiga asoslangan taraqqiyot y o ‘lini tanlab oldi. Bu
esa olimlardan bozor iqtisodiyotiga oid adabivotlami yaratish \ a/ifasmi
talab qildi. 1991-yilda I T. Abdukarimov, M.Q. Pardayev va Sh.U. Hay-
darovlar hamkorlikda «Yangi xo‘jalik yuritish sharoitida kooperativ
savdoda daromadlar tahlili» risolasini chop etdi.
1995-1999-yillarda 0 ‘zbekistonda «Iqtisodiy tahlil» fanining asosiy
sohasi b o ig a n moliyaviy tahlilga bagishlangan bir qancha adabiyotlar
chop etildi. I.T. Abdukarimovning «Moliyaviy hisobotni o‘qish va tahlil
qilish y o ilari» (-T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1998,
ikkinchi nashn 1999-yilda), I.O. Volji va V.V. Ergashboyevlaming
«Moliyaviy tahlil» (-T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi,
1998), M.Q. Pardayev va B.I. Isroilovlaming «Moliyaviy tahlil» (-T.:
«Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1999), M.Q. Pardayev va
boshqalar Boshqaruv tahlili ( 0 ‘quv qoilanma. -Т.: «Iqtisodiyot va
huquq dunyosi», 2005) kabi kitoblami kiritish mumkin.
2000-yildan so‘ng respublikamizdagi iqtisodiy oliy o‘quv yurtlarida
iqtisodiy tahlil faniga bagishlangan ko‘plab adabiyotlar chop etildi,
ilmiy-tadqiqot ishlari o ‘tkazilib muvaffaqiyatli himoya qilindi. Jum
ladan, Toshkent Moliya instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan ham
bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Ularga quyidagilami misol qilib
ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Yo. Abdullayev, A. Ibragimov, M.Raxi-
mov. Iqtisodiy tahlil. ( 0 ‘quv qoilanm a. -Т.: «Mehnat». 2001), A.V.Va-
hobov, A.T. Ibrohimov «Moliyaviy tahlil» (Darslik. -Т.: «Sharq»,
2002), A. Vahobov, A. Ibragimov, B. Xakimov «Iqtisodiy tahlil
nazariyasi» ( 0 ‘quv qoilanm a. -Т.: «Moliya», 2003), A.V. Vahobov,
A.T. Ibrohimov «Boshqa tarmoqlarda iqtisodiy tahlilning xususiyatlari»
( 0 ‘quv qoilanm a. -Т.: TMI. 2004), A.Ibragimov, M.Raximov.
Moliyaviy talilil. ( 0 ‘quv qoilanm a. -Т.: TMI. 2004), X. Axmadjonov,
M. Raximov. Boshqaruv tahlili. ( 0 ‘quv qoilanm a. -Т.: TMI. 2004),
T.Sh. Shagiyasov «Теория экономического анализа» (Ucheb. posobie
/ TFI. -Tashkent, 2005), T.Sh. Shagiyasov, Z.A. Sagdillaeva. B.V. Fay-
ziev. «Финансовый и управленческий анализ» (Uchebnik. -Т.:
«Iqtisod-Moliya», 2008), T.Sh. Shog‘iyosov Kompleks iqtisodiy tahlil.
( 0 ‘quv qoilanm a. -Т.: «Iqtisod-moliya», 2009), B.Xakimov, X. X o‘ja-
xonov, «Byudjet tashkilotlarida iqtisodiy tahlil» (-T.: «Iqtisod-Moliya»,
2011), T.Sh.Shogiyosov «Kompleks iqtisodiy tahlil» (Darslik. -Т.:
«Fan va texnologiya», 2012) va boshqalar.
2005-yildan Toshkent Moliya instituti «Moliyaviy tahlil» kafedrasi
qoshida magistratura 5A340903-»Iqtisodiy tahlil» mutaxassisligi bo‘-
yicha o ‘zbek, rus va ingliz tillarida kadrlar tayyorlay boshladi. Toshkent
Moliya instituti «Moliyaviy tahlil» kafedrasining mudiri professor
B.J.Xakimov rahbarligida hamda kafedra a’zolari harakati tufayli
A340903-»Iqtisodiy tahlil» mutaxassisligi 2011-yilda MASTERS
RANKING (eduniversal xalqaro tashkiloti xulosasiga ko‘ra) The Best
Masters and MBA Worldwide 2011 dasturi bo‘yicha dunyoning eng
kuchli TOP 200 Best Masters Programs - Worldwide Economics
ro ‘yxatiga kiritildi. Ushbu hodisa 0 ‘zbekiston iqtisodiy fanlari tarixida
birinchi marta ro‘v berishi edi. Bu esa, Toshkent Moliya instituti
«Moliyaviy tahlil» kafedrasi professor-o‘qituvchilari va ular tomonidan
tayyorlanayotgan «Iqtisodiy tahlil» mutaxassislarini butun dunyoda
e’tirof etilganidan dalolatdir.
Hozirgi kunda Toshkent moliya instituti «Moliyaviy tahlil» kafe
drasi tomonidan iqtisodiy y o ‘nalishdagi bakalavr talabalariga «Iqtisodiy
tahlil nazariyasi», «Moliyaviy va boshqaruv tahlili», «Iqtisodiy tahlil va
audit» nomli fanlar o‘qitilmoqda. Iqtisodiy y o ‘nalishdagi magistrlarga
esa «Kompleks iqtisodiy tahlil», «Fuksional iqtisodiy tahlil», «Iqtisodiy
subyektlaming moliyaviy holatini tahlil qilish», «Tashqi iqtisodiy
faoliyat tahlili» fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasida uzluksiz va uzviy olib borilayotgan
iqtisodiy islohotlar natijasi b o iib raqobatbardosh iqtisodiyotni shakl-
lantirish o‘rta muddatdagi asosiy strategik masala b o iib qolmoqda.
Mazkur sharoitdagi iqtisodiy munosabatlar, ulardagi mutanosiblik ham
da tendensiyalar iqtisodiy tahlil fanini rivojlantirish yo ilarin i aniqlab
beradi.
Dostları ilə paylaş: |