topsada, ulardan ilmiy asosda foydalanish bu shaxslaming bilimi,
malakasi, tadbirkorligiga bog‘liq.
Yakuniy moliyaviy natijalar korxona faoliyatining hisobot davri
davomida erishgan foyda yoki zararini lfodalab beradi. Mazkur ko‘r-
satkichlar iqtisodiy tahlilda turli tomondan tizimli va kompleks o ‘rga-
niladi. Bundan tashqari moliyaviy hisobot shakllaridagi axborotlar
asosida korxona moliyaviy holati keng ko‘lamda tahlil qilinadi.
Korxonalardagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyatlaming
natijalari rejalashtirishdan oldin hamda rejaning bajarilishi bo‘yicha ham
samaradorligini o‘rganish tahlilda muhim tadbirlardan biri hisoblanadi.
B u bilan har bir faoliyat va ularga ta’sir etgan omillar bo‘yicha muhim
xulosalar olinadi. Samaradorlik ko‘rsatkichlarini o ‘rganish korxona fao-
livatlari bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishda o ‘ta muhim aha
m iyatga ega.
Iqtisodiy tahlil fanining predmeti ta’rifida iqtisodiy axborotlar tizimi
bo‘ lib aks etgan, obvektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan
xo'jalik subvektlaridagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyatlar,
ulardagi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik hamda yakuniy moliyaviy
natijalar hisoblanadi, deb ta’kidlab o‘tildi. Darhaqiqat, korxonalardagi
barcha xo‘jalik munosabatlari iqtisodiy axborotlar ko‘rinishida aks etadi
va ular yaxlit tizimni tashkil qiladi. Mazkur tizimda turli xildagi, turli
darajadagi, turli vaqtdagi iqtisodiy munosabatlar axborotlar ko‘rsat-
kichlar tarzida ifodalab beriladi. Ushbu tizimdagi axborotlar iqtisodiy
tahlil uchun baza bo‘lib hisoblanib, ular asosida tadqiq ishlari amalga
oshiriladi. Boshqaruv subyektiga kelib tushgan axborotlar belgilangan
maqsad va vazifalardan kelib chiqib foydalaniladi. Shuning uchun
korxonada axborotlaming sifati, yetarli b o iish i, o ‘z vaqtida yetkazib be-
rilishi kabi tadbirlami ilmiy asosda tashkil etilishi iqtisodiy tahlilni davr
talablari darajasida bo‘lishiga, pirovard natijada esa maqbul boshqaruv
qarorlarini qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: