Bevosita ta'sir
muhiti
2.6-chizm a. B evosita ta ’sir m uhiti.
2.7-chizm a. Bilvosita ta ’sir m uhiti.
Q onunlar va davlat muassasalari.
Ko‘plab qonunlar va davlat
muassasalari tashkilotga bevosita ta’sir ko‘ rsatadi. Tashkilotlar davlat
chiqargan qonunlarga bo‘ysunadi va ular asosida o ‘z faoliyatini olib
boradi.
Bundan tashqari, tashkilotlar davlat boshqarish organlari
talablarini ham bajarishi shart.
32
Is te ’molchilar.
Tashkilotning am alda yashab qolishi uning
faoliyati natijalari iste’molchilarini topish
va ulaming ehtiyojini
qondirishiga ko‘p jihatdan bogMiq. Iste’molchilar, ular uchun
qanday tovar yoki xizmatlar va qanday narxda kerakligi to‘g ‘risida
qaror qabul qilib, tashkilot uchun uning faoliyati natijalariga taaluqli
boMgan hamma narsani aniqlab beradi. Iste’molchilar ehtiyojini
qondirish zarurligi tashkilot ta’minotchilari bilan o ‘zaro bogMiqlikda
ta’sir ko‘rsatadi.
Raqobatchilar.
Tashqi muhitning bu ta’sirini rad etish mumkin
emas. Tashkilot rahbariyati
aniq biladiki, agar boshqa raqobatchilar
kabi iste’molchilar ehtiyojini samarali qondirmasa,
uzoq faoliyat
ko‘rsata olmaydi. Ko‘p hollarda iste’molchilar emas, aynan
raqobatchilar qanday mahsulotlar sotish va qanday narx belgilashni
aniqlab beradilar.
B ilvosita ta’sirm uhiti: Texnologiya.
Texnologiya — ham ichki
omil, ham tashqi omil hisoblanadi. Texnologik yangiliklar mahsulot,
ish va xizmatlaming tayyorlanishi, sotilishi, eskirishi darajasi hamda
o ‘xshash mahsulotlar haqida axborotlarning to ‘planishi,
saqlanishi,
tarqatilishi bilan bogMiq masalalarga ko‘proq ta ’sir etadi. Tashkilotlar
raqobaqtchilaridan o ‘zib ketishi yoki hech boMmaganda ular bilan
birqatorda boMish uchun, faoliyati natijalari samaradorligiga bogMiq
boMgan yangiliklarni qoMlashi lozim.
Iqtisodiyot holati.
Rahbariyat
tashkilot operatsiyalariga
iqtisodiyotning umumiy holati ta’sirini baholashni ham bilishi kerak.
Jahon iqtisodi holati hamma resurslar qiym atigavaiste’molchilaming
m a’lum tovar va xizmatlar sotib olish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, inflyatsiya kutilsa, rahbariyat qo‘shimcha resurslar sotib
olish va ishchilar bilan vaqtinchalik ish haqi belgilash to‘g‘risida
kelishishi mumkin. Bundan tashqari, u
qarz olishga qaror qilishi
mumkin. Agar ishlab chiqarish pasayishi kutilsa, aksincha, zaxiralami
kamaytirishga, ishchilami qisqartirishga harakat qiladi. Iqtisodiyot
holatidan bankdan kredit olish, soliqlaming kamaytirilishi bogMiq.
Ijtimoiy-madaniy omillar.
Har
qanday tashkilot hech
boMmaganda bir madaniy muhitda amal qiladi. Shuning uchun ijti-
33
moiy madaniy om illar — hayotiy qadriyatlar, urf-odatlar tashkilotga
ta ’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy-madaniy omillar
tashkilot faoliyati nati-
jasi bo‘lmish tovar va xizmatlarga ham ta ’sir ko‘rsatadi. Masalan,
iste’mochilarning kiyim xarid qilishida k o ‘proq mashhur firmalar
mahsulotiga talabi katta.
Dostları ilə paylaş: