‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Milliy iqtisodiyotning boshqaruv vazifalari umumiy tarzda



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

Milliy iqtisodiyotning boshqaruv vazifalari umumiy tarzda
quyidagicha belgilangan:
1. Bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslari va ijtimoiy muhitni 
yaratib berish.
2. Mulk dahlsizligini ta’minlash.
3. Raqobat halolligini saqlash va uni himoya qilish.
4. Daromad va milliy boyliklarni taqsimlash va qayta 
taqsimlash.
226


5. Milliy mahsulot tarkibini yaxshilash maqsadida resurslar 
taqsimotini tartibga solish, ustuvor yo‘nalishlami belgilash.
6. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, uni modernizatsiyalash, 
inflatsiya jarayonlarini nazorat qilish, iqtisodiy o‘sishni rag‘bat- 
lantirish, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish.
7. Aholini ijtimoiy himoyalashni ta’minlash, uning sog‘lig‘ini 
m uhofaza qilish, fan, ta ’lim, jism oniy tarbiya va sportni 
rivojlantirish.
8. Aholining bandliligini ta’minlash, ularning daromadlarini 
oshirishga erishish.
9. Yangi texnika va texnologiyani ishlab chiqarishga, xizmat 
ko‘rsatish sohalariga jalb qilish.
10. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bosqichlarining 
uzviyligini ta’minlash va uni takomillashtirish.
11. Respublika aholisining tarkibiy o'sish sur’atlari va boshqa 
xususiyatlarini hisobga olgan holda yangi ish joylarini tashkil 
etish, aholining ish bilan bandligini ta’minlash, mehnat biijalari 
va mehnat bozorlarini tashkil etish.
12. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi- 
yangi ish o‘rinlarini yaratish, ularning yalpi ichki mahsulot 
tarkibidagi ulushini oshirish.
13. Iste’mol bozorining himoyasini tashkil etish.
14. Milliy pul birligi kursining qat’iyligini ta’minlash va 
hokazolar.
15. Hududlaming ekologik holatini yaxshilash, uni doimo 
nazorat qilib borish.
Bozor iqtisodiyotiga og‘ishmay borishni ta ’minlash uchun, 
birinchi navbatda, ana shu qayd etilgan ishlami amalga oshirish 
lozim bo‘ladi.
Shu bilan birga mahalliy xususiyatlami hisobga olish, oldingi 
markazlashgan davlat boshqaruvchi tizimining ham maqsadga 
muvofiq jihatlarini saqlab qolish kerak bo‘ladi.

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin