‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

Avtomobil yo‘llari. 
Respublika rivojlangan yo‘l xo‘jaligi va 
zamonaviy talablarga javob beradigan xalqaro, respublika, 
mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo£llariga ega.
Respublika mustaqillikka erishganidan keyin mavjud avto­
mobil yo‘llarini xalqaro andozalarga moslash, yo‘llarni saqlash 
va ta’mirlash, yangi barpo etilayotgan sanoat rayonlarini xalqaro 
magistrallar bilan bog‘laydigan yo‘llar qurilishi masalalariga 
e’tibor kuchaydi.
Bu borada 0 ‘zbekiston Xitoy va Pokistonga chiqish imko- 
niyatini beruvchi Andijon - 0 ‘sh - Ergashtom - Qashqar 
avtomobil yo'lini ishga tushirishdi (1997-yil 21-iyul), 
Hind
okeaniga chiqish imkonini beradigan Termiz — Xirot - Karachi
avtomobil yo‘Ii qurilishida o ‘z ulushi bilan qatnashmoqda.
Shuningdek, Buxoro-Nukus avtomobil yo‘lini qurish davom
etmoqda.
139


Havo transporti. 
0 ‘zbekiston jahondagi ko‘p mamlakat- 
larning poytaxtlari, yirik shaharlar, sanoat markazlari bilan havo 
yo'llari orqali bog‘langan.
Respublika havo transporti — fuqaro aviatsiyasi tarixi 1920-
yillardan boshianadi. 1930-yildan Toshkent — Moskva yoiida
samolyotlar muntazam qatnay boshladi.
Respublika mustaqillikka erishgandan keyin, 1992-yilning 
yanvar oyida « 0 ‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi 
tashkil etildi.
Respublikaning, ayniqsa, xorijiy mamlakatlar bilan tashqi 
iqtisodiy, sayyohlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda mamlakatning 
o‘z havo transporti muhim rol o‘ynamoqda. « 0 ‘zbekiston havo 
yo‘llari»ning bir qancha Yevropa va Osiyo, Amerika mamlakat - 
larida vakolatxonalari ochildi; yangi xalqaro marshrutlarda 
samolyotlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi: 1993-yildan Toshkentdan 
MDHdan tashqari London, Manchester, Frankfurt-Mayn, Tel- 
Aviv, Shaija, Jidda, Istambul, Karachi, Dehli, Kuala-Lumpur, 
Bangkok, Pekin, Afina, Amsterdam, Seul va Nyu-York shahar- 
lariga muntazam xalqaro aviareyslar, Xalab (Aleppo), Singapur 
hamda Osiyo va Yevropaning ko‘pgina mamlakatlariga charter 
yo‘lovchi tashish reyslari bajariladi.
« 0 ‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Ger- 
maniya, Fransiya, Rossiya firmalari bilan turli sohalarda ham- 
korlik qilmoqda.
« 0 ‘zbekiston havo yo‘llari» xilma-xil tipdagi havo kemalariga 
ega. Havo transporti tarmoqlarida yangilash ishlari davom ettiril- 
moqda. 2010-yil «Air bus industy» kompaniyasining 6 ta 
A 320 — 200 rusumli samolyoti sotib olindi.
Shu yilda « 0 ‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi 
«Korean Air» kompaniyasi bilan hamkorlikda havo qatnovlari 
geografiyasini yanada kengaytirish, aeroport infratuzilmasini 
yanada takomillashtirish va yuklarni tashish uchun samolyotlar 
sonini ko‘paytirish ishlarini davom ettirmoqda.
2013-yil milliy avia kompaniya (MAK) samolyotlari to- 
monidan 24559 ta qatnov bajarildi. 2 mln 677 ming 500 
nafar yo‘lovchi manziliga yetkazilib, 41000 ming tonna yuk
140


Xalqaro aeroportlar
Toshkent
Sam arqand
Navoiy
Buxoro
U rganch
Term iz

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin