‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

Avtomobil transporti. 
Respublika iqtisodiyotining barcha 
tarmoqlari va mamlakat aholisi ehtiyojlarini qondirish darajasida 
rivojlangan avtomobil transportiga egadir.
Sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, suv xo‘jaligi, aloqa, savdo, 
sogMiqni saqlash, kommunal xo‘jaligi, madaniyat, mudofaa va 
boshqa tarm oqlarda ixtisoslashtirilgan yirik avtotransport 
korxonalari mavjud.
1991-yildan shu kunga qadar mamlakatimizda qariyb 3000 
km dan ortiq yo‘l yangidan qurildi, rekonstruksiya qilindi va 
tubdan ta ’mirlandi (bu yo‘llarning qariyb 70—80%i yangi 
qurilgan yo‘llar hisoblanadi) har yili o‘rtacha 200 km avtoyo‘llar 
quriladi va ta’mirlanadi.
2012-yilda 500 km lik 4 polosali zamonaviy avtomobil 
yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi. 
Shundan 163 km sementbeton va 335 km esa asfaltbeton bilan 
qoplangan yo'llardir.
Uzunligi 116 km bo‘lgan «Guliston — Ohangaron» avtomobil 
yo'li, Qo‘qon shahrini aylanib o‘tadigan avtoyo‘l foydalanishga 
topshirildi. Samarqandni Toshkent, Qarshi va Olot shaharlari 
bilan bog‘laydigan yo‘llar rekonsturksiya qilindi.
Xalqaro va davlat ahamiyatiga ega umumiy foydalaniladigan 
avtomobil yo‘llarini qurish va ta ’mirlash dasturini bajarish 
doirasida yo‘l qurilishiga har yili 500 mlrd so'mdan ortiq mablag1 
ajratiladi. «Qamchiq davoni» orqali 5 mln tonna yuk tashishni 
ta ’minlash ko‘zda tutilmoqda.
«Angren logistika markazi» tashkil qilindi. «Logistika» degan 
tushuncha — bu xalqaro yuklarni tashish va tranzit xizmatini 
ko‘rsatish bilan bog‘liq atama qo‘llanilayotganligini va amalda 
tatbiq etilayotganligi yuk hamda yo‘lovchi tashish hajmining 
o‘sgan!igidan dalolat beradi.
1992-yil fevralda 0 ‘zbekiston avtomobil yo'llarini qurish 
va undan foydalanish davlat aksionerlik konsemi «O‘zavtoyo‘1» 
tashkil topgan.
Konsem tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat 
avtomobil yo‘llari boshqarmalari, tuman avtomobil yo‘llari bosh- 
qarmalari, 532 yo'llarni asrash va ulardan foydalanish bo‘limlari,
138


« 0 ‘zyo‘lloyiha» respublika yo‘l va inshootlar qurish, qayta 
qurish va ta ’mirlash bo‘yicha loyiha-qidiruv instituti, ko'prik 
temirbeton qurilmalari zavodi va boshqa korxonalar bor.
2010-yil avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish 
uchun 378 mln dollarga yaqin mablag‘ o‘zlashtirildi, bu o‘tgan 
yilga nisbatan 31,5 % ko‘p, shuning hisobidan 270 km lik 
zamonaviy avtomobil yo‘li foydalanishga topshirilgan.
Respublikada umumiy foydalaniladigan avtomobil trans- 
portida yo‘love hilar tashishga mo‘ljallangan 15,0 ming avtobus,
6 mingdan ko‘proq yengil taksi mashinalari mavjud. Respublika 
bo'yicha 3000 dan ortiq avtobus marshrutlarida (jumladan, 
593 shahar, 1768 shahar atrofi, 532 shaharlararo) avtobuslar 
qatnaydi.
Avtobuslar bilan har kuni 5 mln ga yaqin yo‘lovchi tashiladi. 
Respublikada 30 ga yaqin avtovokzal, 120 dan ortiq avtostansiya 
xizmat ko‘rsatadi.
0 ‘zbekistonda turli maqsadlarga m o‘ljallangan 200 mingga 
yaqin yuk avtomobillari, 35,4 ming avtobus, 45,9 ming yengil 
avtomobillar xizmat ko‘rsatadi.
Respublikada fuqarolarning shaxsiy mulki bo‘lgan 900 
mingdan ortiq yengil avtomobillar bor.

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin