Tashqi savdo, iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalarda quyidagilar ustuvor yo‘nalish deb belgilanadi. Birinchidan, respublikaning eksport qudratini rivojlantirish
va yanada mustahkamlash, eksportga yo'naltirilgan iqtisodiyotni
shakllantirish.
Ikkinchidan, eksport im koniyatini kengaytirish, jahon
bozorlariga kirib borish uchun, awalo, qimmatbaho xomashyoni
qayta ishlash negizida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi
qo‘shma korxonalarni rivojlantirish zarur.
Uchinchidan, eksportni kengaytirishga qaratilgan strategiyani
faol qo‘llash bilan bir qatorda importning salmog‘ini qisqar-
tirishga qaratilgan siyosatni izchillik bilan o‘tkazish.
To‘rtinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkin-
lashtirish, xo‘jalik ishlarini yurituvchi subyektlarga xorijiy
sheriklar bilan bevosita aloqalar o'rnatishda, o£z mahsulotini
chetellarda sotishga erkinlik berish.
Beshinchidan, qo'shm a korxonalarni tashkil qilishda
ko‘maklashish, shuningdek, sarmoyalarning manfaatlari himoya
qilinishini ta’minlash.
Oltinchidan, tashqi savdo, lizing, konsalting va sug'urta
firmalari, tashqi aloqalami rivojlantirish manfaatlari va shartlariga
mos keladigan transport, aloqa va kommunikatsiyalar tizimlarini
vujudga keltirish.
Yettinchidan, xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy faoliyat,
bank tizimi, hisob-kitob va statistik hisob sohasida malakali
kadrlar tayyorlashni tashkil qilish. Bundan tashqari, respublika
fuqarolar va yuridik shaxslarning aqliy mulkini himoya qilish
uchun o ‘zimizning
patent-litsenziya ishlari tizimini yo ‘Iga qo‘yish zarur. Mahsulotni standartlash va sertifikatlash xalqaro
tizimiga izchillik bilan o‘tish zarurdir.
244