‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

onasi esa yerdir
— degan.
Hozirgi zamon nazariyotchilari ham yaratilgan mahsulot 
ishlab chiqarish resursiga aylanib, boylik hosil etishini e’tirof 
etadilar. Milliy boylik yoki ijtimoiy boylik umumiqtisodiy 
kategoriyadir. Ishlab chiqarish bor joyda milliy boylik vujudga 
keladi.
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida yaratil­
gan va jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual boyliklar
hamda tabiat inomlaridan iboratdir.
Milliy boylik o‘z ichiga moddiy va nomoddiy ne’matlami, 
yaratilgan san’at asarlarining intellektual salohiyatini hamda 
barcha tabiat resurslari va boyliklarini oladi.
Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy 
qismlarga ajratish mumkin:
1. Moddiy buyumlashgan boylik.
2. Nomoddiy boylik.
3. Tabiiy boylik.
Moddiy buyumlashgan boylik 
ishlab chiqarishning unumli 
mehnatining natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarishda yaratilgan 
mahsulotlaming joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini
36


jamg‘arish oqibatida vujudga keladi va o‘sib boradi. 
Boylikning 
bir qismi har yili ishdan chiqarilib va qaytadan yangilanib turadi 
(ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari). Shu sababli 
ishlab chiqarish vositalarining o‘mini qoplash bilan bir vaqtda 
yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy buyumlashgan boylik 
sifatida jamg'arilib boriladi. Milliy boylik mehnat natijasida 
yaratiladi va ko‘payib boradi.
Milliy boylikning 
inson mehnati bilan yaratilgan qismi, 
o‘z 
ichiga quyidagilami oladi:
- ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy fondlar;
- noishlab chiqarish xarakteridagi asosiy fondlar. 
Asosiy 
fondlaming bu turiga davlatning uy-joy fondi, ijtimoiy madaniy 
xarakterdagi obyektlar kiradi;

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin