4.4. Diversifikatsiyaning iqtisodiyotdagi o ‘rni
Diversifikatsiya
tushunchasi milliy iqtisodiyotimizda 90-
yШardan keyin qo‘llanila boshlandi. Bu so‘z lotin tilidan olingan
bo‘lib,
diversus
— turli, har xil va
facere
— bajaraman, degan
turli-tumanlashtirish, o‘zgartirish ma’nosini anglatadi. U ishlab
chiqariladigan tovar va mahsulotlar nomenklaturasining kengayi-
shiga, ishlab chiqarishning yangi yo‘llarini o‘zlashtirish hisobidan
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iqtisodiy samara va
inqirozning oldini olish bo‘lib, bu ishlab chiqarishni
diversifika-
tsiyalash
deyiladi.
Buyuk fransuz olimi va faylasufi Rene Dekart (1596—1650)
shunday degan edi: «Mavjud muammolarni tarkiblarga va
62
qismlarga bo‘lish va uni hal qilish» degan m a’noda izohlab
iqtisodiyotda qo‘llay boshlagan.
Amerikalik iqtisodchi S. Fredrix fikricha, «diversifikatsiya
bu 1 dan ortiq aktivga ega bo‘lish» degan ta’rifni beradi.
Mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, diversifikatsiya
so‘zining mohiyati ko‘pgina mualliflar tom onidan turlicha
talqin qilinadi, ya’ni har bir sohani tahlil qilganda diver-
sifikatsiyaning shu sohaga taalluqli tomonini ко‘rib o ‘tishga
harakat qilinadi. Ba’zi olimlar diversifikatsiyaga baza topish
maqsadidagi firmalarning asosiy faoliyatidan tashqari ish olib
borish sohasidagi marketing faoliyatining strategiyasi sifatida
qarashadi.
Masalan, U. Kaporliskiy va A. Filinalaming fikricha, «Di
versifikatsiya firmaning asosiy faoliyatidan tashqari yangi faoliyat
turini o ‘zlashtirish borasida olib boradigan, ya’ni marketing
strategiyasidir.
Diversifikatsiyaning maqsadi
— bozor konyunkturasi o ‘zgari-
shini o‘z vaqtida anglay olish va korxonaning iqtisodiy faoliyatini
barqarorlashtirishdan iborat. Ushbu ta ’rifga, asosan, konyuk-
tura o‘zgarishi yangi texnika va texnologiya, fan yutuqlarini
joriy qilish jarayonlarini inobatga olgan holda faoliyat ko‘rsatishi
lozimligi ta’kidlanadi. Diversifikatsiya — ishlab chiqariladigan
yoki import va eksport qilinadigan tovarlar assortimentini ko‘pay-
tirish, turlarini o ‘zgartirish, shuningdek, ishlab chiqarish va
savdo-sotiq samaradorligini oshirish har qanday bankrotlik-
laming oldini olish maqsadida ishlab chiqarishning yangi soha-
larini o‘zlashtirishdir. Diversifikatsiya nafaqat bir turdagi mah
sulot ishlab chiqarishga yoki yagona xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq-
likning oldini olish uchun, balki an’anaviy bozorlardagi ulushini
oshirish, yangi bozorlami egallash, kapital oqimi uchun yangi
sohalarni izlab topish va boshqa maqsadlarda ham amalga
oshiriladi.
Ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda diversifikatsiya jarayonini yangi
bozorlarga chiqish maqsadida korxonaning asosiy faoliyatidan
tashqari marketing strategiyasi sifatida talqin etiladi. Ammo
bunday ta’rifga to ‘la qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki tashqi savdo,
63
ya’ni eksport va import ham asosiy ishlab chiqarishning natijasi
hisoblanadi.
Asosiy ishlab chiqarishni modernizatsiya va rekonstruksiya
qilmasdan, uning xarakterini o‘zgartirmasdan turib, tashqi
aloqalarda sezilarli natijalarga erishib bo'lmaydi. Eksport tarkibini
diversifikatsiyalash zarurati nafaqat tashqi, balki ichki imkoniyat
va omillarga ham bevosita bog‘liq.
Masalan, 0 ‘zbekistonda eksportning muhim komponent-
laridan hisoblanadigan bir qator rangli metallar tiklanmaydigan
resurslar qatoriga kiradi. Mamlakatimizda ularning zaxiralaridan
foydalanishni keskin oshirish kelgusida bu tabiiy resurslar
kamayib ketishi bilan bog‘liq noxush holatlami keltirib chiqarishi
mumkin.
Yana bir misol. 0 ‘zbekiston eksportida paxta tolasi katta
ulushni egallab keladi. Uning hozirgi ulushi uncha katta
bo‘lmasa-da, kelgusida ham saqlanib qoladi, albatta. Lekin paxta
tolasi eksporti ob-havo sharoitiga, xalqaro bozorlarda xomashyo
narxlarining tebranib turishiga bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida,
uni eksport qilishdan keladigan daromadlarning beqarorligiga
olib keladi.
Bundan tashqari, paxta xomashyosini ishlab chiqarish yer
va suv resurslariga bevosita bog‘liqligi tufayli, uni ishlab
chiqarishni ko‘paytirib borish imkoniyatlari cheklangan. Sanoat
tarmoqlarining rivojlanishi, yo‘l va boshqa infratuzilma, uy-
joy qurilishining kengayishi ham paxta ekin maydonlarining
qisqarib borishiga olib keladi. Shunday qilib, bir xil turdagi
mahsulotni katta miqdorda eksport qilish, iqtisodiy jihatdan
noqulay bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotining bir xil turdagi
mahsulot eksportiga bog‘lanib qolishiga olib keladi. Uni
kamaytirib borish esa dastlab ayrim qiyinchiliklarni keltirib
chiqaradi. Bularning barchasi diversifikatsiya jarayoniga rejali
va uzluksiz yondashish zarurligini taqozo etadi. 0 ‘zbekiston
iqtisodiyotida 2011—2015-yillardagi eng muhim vazifa -
makroiqtisodiy barqarorlik va izchil yuqori iqtisodiy o‘sish
sur’atlarini ta’minlash, uning sifat ko'rsatkichlarini iqtisodiyot
tarmoqlarini yanada diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarishni
64
modemizatsiya etish, texnik va texnologik yangilash, mamla-
katimizda ishlab chiqarilgan mahsulot hamda xizmatlaming ichki
va tashqi bozorlardagi raqobatdoshligini oshirish hisobiga yaxshi-
lashdan iborat.
Yalpi ichki mahsulotning yiliga 8 foizdan ortiq bo‘lgan dara-
jadagi barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, umuman 2011—
2015-yillar davomida uning hajmi 1,5 barobar, xarid qobiliyati
pariteti bo‘yicha esa 1,6 barobar hisobidagi o'sishga erishish
ko‘zda tutilmoqda. Bunda iqtisodiy o ‘sish barqarorligi
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlaming mutanosibligi, past inflatsiya
ko‘rsatkichlari va milliy valuta kursining barqarorligi orqali
ta’minlanadi.
Kelgusi yillarda ichki talabning oshib borishiga muhim
ahamiyat beriladi. Chunki jahon iqtisodiyoti va mahsulotlar
bozorlaridagi beqarorlik sharoitida bunday yondashuv iqtiso
diyotni izchil rivojlantirishning barqarorlashtiruvchi va rag‘bat-
lantiruvchi omili sifatida muhim o'rin tutadi. Raqobatdoshlikka
erishish, dunyo bozorlariga chiqish uchun, eng avvalo,
iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o£zgartirish va
diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga
asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining
jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko'rsatayotgan quv-
vatlarni modemizatsiya qilish, texnik yangilash orqali amalga
oshirilishi mumkin.
2012-2016-yillarda qiymati 6 mlrd 200 mln dollar bo‘lgan
270 dan ortiq investitsiya loyihasini, ya’ni ishlab chiqarishni
modemizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash
bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Jumladan, Surg‘il koni bazasida
Ustyurt gaz-kimyo kompleksi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar,
Qo‘ng‘irot soda zavodining ikkinchi navbati sintetik suyuq
yoqilg'i ishlab chiqaradigan zavodini qurish boshlanadi. Shu
ningdek, Tollimaijon IES da 2 ta bug‘-gaz qurilmasi, Angren
IESda yangi energoblok qurish, avtomobil shinalari, transporter
tasmasi ishlab chiqariladi.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar va uni yanada diversifi
katsiya qilish sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2010-
65
yildagi 24 % dan 2015-yilda 28 % ga, qurilishda — 6,4 % dan
7,6 % ga oshirish imkonini beradi. Natijada 2011—2015-yillarda
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1,3 barobar
ortgani holda, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 17,5 %
dan 13,5 % ga tushadi.
Mamlakatimiz va uning barcha mintaqalarida o‘ta qulay
ishchan m uhitni yaratish, tabdirkorlikka yanada k o ‘p roq
erkinliklar berish, asossiz turli byurokratik to ‘siqlami barham
toptirish borasidagi chora-tadbirlam i amalga oshirish kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal sur’atlarda, birinchi
navbatda ishlab chiqarish va yuqori texnologiyali tarmoqlarda
rivojlantirishni, m azkur sohaning yalpi ichki mahsulotdagi
u lu sh i 2 0 10-yildagi 52,5% dan 2 0 1 5 -y ild a riv o jlan g an
mamlakatlardagi kabi, 60%dan yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.1
Dostları ilə paylaş: |