‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Diversifikatsiyaning iqtisodiyotdagi o ‘rni



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

4.4. Diversifikatsiyaning iqtisodiyotdagi o ‘rni
Diversifikatsiya 
tushunchasi milliy iqtisodiyotimizda 90- 
yШardan keyin qo‘llanila boshlandi. Bu so‘z lotin tilidan olingan 
bo‘lib, 
diversus 
— turli, har xil va 
facere 
— bajaraman, degan 
turli-tumanlashtirish, o‘zgartirish ma’nosini anglatadi. U ishlab 
chiqariladigan tovar va mahsulotlar nomenklaturasining kengayi- 
shiga, ishlab chiqarishning yangi yo‘llarini o‘zlashtirish hisobidan 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iqtisodiy samara va 
inqirozning oldini olish bo‘lib, bu ishlab chiqarishni 
diversifika-
tsiyalash 
deyiladi.
Buyuk fransuz olimi va faylasufi Rene Dekart (1596—1650) 
shunday degan edi: «Mavjud muammolarni tarkiblarga va
62


qismlarga bo‘lish va uni hal qilish» degan m a’noda izohlab 
iqtisodiyotda qo‘llay boshlagan.
Amerikalik iqtisodchi S. Fredrix fikricha, «diversifikatsiya 
bu 1 dan ortiq aktivga ega bo‘lish» degan ta’rifni beradi.
Mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, diversifikatsiya 
so‘zining mohiyati ko‘pgina mualliflar tom onidan turlicha 
talqin qilinadi, ya’ni har bir sohani tahlil qilganda diver- 
sifikatsiyaning shu sohaga taalluqli tomonini ко‘rib o ‘tishga 
harakat qilinadi. Ba’zi olimlar diversifikatsiyaga baza topish 
maqsadidagi firmalarning asosiy faoliyatidan tashqari ish olib 
borish sohasidagi marketing faoliyatining strategiyasi sifatida 
qarashadi.
Masalan, U. Kaporliskiy va A. Filinalaming fikricha, «Di­
versifikatsiya firmaning asosiy faoliyatidan tashqari yangi faoliyat 
turini o ‘zlashtirish borasida olib boradigan, ya’ni marketing 
strategiyasidir.
Diversifikatsiyaning maqsadi 
— bozor konyunkturasi o ‘zgari- 
shini o‘z vaqtida anglay olish va korxonaning iqtisodiy faoliyatini 
barqarorlashtirishdan iborat. Ushbu ta ’rifga, asosan, konyuk- 
tura o‘zgarishi yangi texnika va texnologiya, fan yutuqlarini 
joriy qilish jarayonlarini inobatga olgan holda faoliyat ko‘rsatishi 
lozimligi ta’kidlanadi. Diversifikatsiya — ishlab chiqariladigan 
yoki import va eksport qilinadigan tovarlar assortimentini ko‘pay- 
tirish, turlarini o ‘zgartirish, shuningdek, ishlab chiqarish va 
savdo-sotiq samaradorligini oshirish har qanday bankrotlik- 
laming oldini olish maqsadida ishlab chiqarishning yangi soha- 
larini o‘zlashtirishdir. Diversifikatsiya nafaqat bir turdagi mah­
sulot ishlab chiqarishga yoki yagona xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq- 
likning oldini olish uchun, balki an’anaviy bozorlardagi ulushini 
oshirish, yangi bozorlami egallash, kapital oqimi uchun yangi 
sohalarni izlab topish va boshqa maqsadlarda ham amalga 
oshiriladi.
Ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda diversifikatsiya jarayonini yangi 
bozorlarga chiqish maqsadida korxonaning asosiy faoliyatidan 
tashqari marketing strategiyasi sifatida talqin etiladi. Ammo 
bunday ta’rifga to ‘la qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki tashqi savdo,
63


ya’ni eksport va import ham asosiy ishlab chiqarishning natijasi 
hisoblanadi.
Asosiy ishlab chiqarishni modernizatsiya va rekonstruksiya 
qilmasdan, uning xarakterini o‘zgartirmasdan turib, tashqi 
aloqalarda sezilarli natijalarga erishib bo'lmaydi. Eksport tarkibini 
diversifikatsiyalash zarurati nafaqat tashqi, balki ichki imkoniyat 
va omillarga ham bevosita bog‘liq.
Masalan, 0 ‘zbekistonda eksportning muhim komponent- 
laridan hisoblanadigan bir qator rangli metallar tiklanmaydigan 
resurslar qatoriga kiradi. Mamlakatimizda ularning zaxiralaridan 
foydalanishni keskin oshirish kelgusida bu tabiiy resurslar 
kamayib ketishi bilan bog‘liq noxush holatlami keltirib chiqarishi 
mumkin.
Yana bir misol. 0 ‘zbekiston eksportida paxta tolasi katta 
ulushni egallab keladi. Uning hozirgi ulushi uncha katta 
bo‘lmasa-da, kelgusida ham saqlanib qoladi, albatta. Lekin paxta 
tolasi eksporti ob-havo sharoitiga, xalqaro bozorlarda xomashyo 
narxlarining tebranib turishiga bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida, 
uni eksport qilishdan keladigan daromadlarning beqarorligiga 
olib keladi.
Bundan tashqari, paxta xomashyosini ishlab chiqarish yer 
va suv resurslariga bevosita bog‘liqligi tufayli, uni ishlab 
chiqarishni ko‘paytirib borish imkoniyatlari cheklangan. Sanoat 
tarmoqlarining rivojlanishi, yo‘l va boshqa infratuzilma, uy- 
joy qurilishining kengayishi ham paxta ekin maydonlarining 
qisqarib borishiga olib keladi. Shunday qilib, bir xil turdagi 
mahsulotni katta miqdorda eksport qilish, iqtisodiy jihatdan 
noqulay bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotining bir xil turdagi 
mahsulot eksportiga bog‘lanib qolishiga olib keladi. Uni 
kamaytirib borish esa dastlab ayrim qiyinchiliklarni keltirib 
chiqaradi. Bularning barchasi diversifikatsiya jarayoniga rejali 
va uzluksiz yondashish zarurligini taqozo etadi. 0 ‘zbekiston 
iqtisodiyotida 2011—2015-yillardagi eng muhim vazifa -
makroiqtisodiy barqarorlik va izchil yuqori iqtisodiy o‘sish 
sur’atlarini ta’minlash, uning sifat ko'rsatkichlarini iqtisodiyot 
tarmoqlarini yanada diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarishni
64


modemizatsiya etish, texnik va texnologik yangilash, mamla- 
katimizda ishlab chiqarilgan mahsulot hamda xizmatlaming ichki 
va tashqi bozorlardagi raqobatdoshligini oshirish hisobiga yaxshi- 
lashdan iborat.
Yalpi ichki mahsulotning yiliga 8 foizdan ortiq bo‘lgan dara- 
jadagi barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, umuman 2011— 
2015-yillar davomida uning hajmi 1,5 barobar, xarid qobiliyati 
pariteti bo‘yicha esa 1,6 barobar hisobidagi o'sishga erishish 
ko‘zda tutilmoqda. Bunda iqtisodiy o ‘sish barqarorligi 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlaming mutanosibligi, past inflatsiya 
ko‘rsatkichlari va milliy valuta kursining barqarorligi orqali 
ta’minlanadi.
Kelgusi yillarda ichki talabning oshib borishiga muhim 
ahamiyat beriladi. Chunki jahon iqtisodiyoti va mahsulotlar 
bozorlaridagi beqarorlik sharoitida bunday yondashuv iqtiso­
diyotni izchil rivojlantirishning barqarorlashtiruvchi va rag‘bat- 
lantiruvchi omili sifatida muhim o'rin tutadi. Raqobatdoshlikka 
erishish, dunyo bozorlariga chiqish uchun, eng avvalo, 
iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o£zgartirish va 
diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga 
asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining 
jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko'rsatayotgan quv- 
vatlarni modemizatsiya qilish, texnik yangilash orqali amalga 
oshirilishi mumkin.
2012-2016-yillarda qiymati 6 mlrd 200 mln dollar bo‘lgan 
270 dan ortiq investitsiya loyihasini, ya’ni ishlab chiqarishni 
modemizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash 
bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Jumladan, Surg‘il koni bazasida 
Ustyurt gaz-kimyo kompleksi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar, 
Qo‘ng‘irot soda zavodining ikkinchi navbati sintetik suyuq 
yoqilg'i ishlab chiqaradigan zavodini qurish boshlanadi. Shu­
ningdek, Tollimaijon IES da 2 ta bug‘-gaz qurilmasi, Angren 
IESda yangi energoblok qurish, avtomobil shinalari, transporter 
tasmasi ishlab chiqariladi.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar va uni yanada diversifi­
katsiya qilish sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2010-
65


yildagi 24 % dan 2015-yilda 28 % ga, qurilishda — 6,4 % dan
7,6 % ga oshirish imkonini beradi. Natijada 2011—2015-yillarda 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1,3 barobar 
ortgani holda, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 17,5 % 
dan 13,5 % ga tushadi.
Mamlakatimiz va uning barcha mintaqalarida o‘ta qulay 
ishchan m uhitni yaratish, tabdirkorlikka yanada k o ‘p roq 
erkinliklar berish, asossiz turli byurokratik to ‘siqlami barham 
toptirish borasidagi chora-tadbirlam i amalga oshirish kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal sur’atlarda, birinchi 
navbatda ishlab chiqarish va yuqori texnologiyali tarmoqlarda 
rivojlantirishni, m azkur sohaning yalpi ichki mahsulotdagi 
u lu sh i 2 0 10-yildagi 52,5% dan 2 0 1 5 -y ild a riv o jlan g an
mamlakatlardagi kabi, 60%dan yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.1

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin