7-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, o'tgan davr ichida eksport
tarkibida xomashyo yo‘nalishi ayrim tovarlar guruhi (paxta
tolasi) bo‘yicha kamaygan bo‘lsa-da, enegriya xomashyo guruhi
bo‘yicha 3,0 barobarga yaqin o‘sgan. Mashina va asbob-usku-
nalar eksporti bo‘yicha ham uncha katta bo£lmagan ijobiy siljish
bor. Import tarkibidagi tovar guruhining ulushi deyarli o‘z-
garmagan, ammo mashina va asbob-uskunalar bo‘yicha barqaror
yuqori ko'rsatkich (45,4 foiz), garchi inqirozgacha bo‘lgan
ko'rsatkichdan 5,5 punktga past bo‘lsa-da, saqlanmoqda. Bu
iqtisodiy sektorlarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash
jarayonini amalga oshirish sharoitida ijobiy tendensiya hisob
lanadi.
Shunday qilib, respublika milliy iqtisodiyotini shakllantirish
va rivojlantirish
modernizatsiya rivoji
bilan chambarchas bog‘liq.
Shuni e’tiborga olib, 2012-yilda iqtisodiyotimizga 11 mlrd
700 mln AQSH dollari, jam i investitsiyalarning qariyb 74%
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilashga qaratil-
di va 2012-yilning o ‘zidayoq 205 ta yirik investitsiya obyekti
qurib bitkazildi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish ilg‘or texnologiyaga
asoslangan holda mahsulot ishlab chiqarishni taqozo etadi. Ilmiy-
texnikaviy faoliyatni bozorga o ‘tkazishning o‘ziga xos xusu-
siyatlari bor.
Davlat nazariy izlanishlarni doimo qo‘llab-quvvatlab,
moliyaviy tomondan ta’min etib turadi.
Yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish hamda
ularni keng ko‘lamda amaliyotga joriy qilish, bevosita xo‘jalik
shartnomalari asosida amalga oshiriladi va olingan natijalar
mahsulot sifatida qabul qilinadi. Fan va texnikani zamon talabiga
mos tarzda rivojlantirish uchun uning hozirgi va kelajakdagi
o‘rnini aniqlab bera oladigan ilmiy izlanishlarni olib borishni
kengaytirish zarur.
Fan samaradorligini oshirishdagi asosiy omil fan va texnika
uchun bo‘lgan
Dostları ilə paylaş: