tekshirilayotgan obyektning massasi qancha katta bo‘lsa, ularga zarba kuchi
shuncha kam ta ’sir qiladi. Bunday hollarda sezgirroq asboblar qo'llash yoki
kuchliroq zarba berish talab etiladi. Shuning
uchun ham amaliyotda bu
usuldan kamroq foydalaniladi.
Ikkinchi usulga ko‘ra konstruksiyalarning xususiy tebranishlari chastotasi
vibratsion mashinalar yordamida aniqlanadi.
V ibrom ashina maxsus uskunalar yordamida konstruksiyaga
m ahkam lanadi. V ibrom ashina harakati
jarayonida konstruksiyada
chastotalaming keng diapozonida majburiy tebranishlar vujudga keladi.
Vibromashina uyg'otgan majburiy tebranish chastotasi konstruksiyaning
xususiy tebranish chastotasiga tenglashganda rezonans vujudga keladi; buni
vibro yozuvlardagi amplitudalarning keskin o'sib ketganidan bilsa bo'ladi.
V ibratsion
sinovlar tekshirilayotgan
obyektning
dinam ik
xarakteristikalarini to'laroq va hartaraflama aniqlash imkonini beradi.
Tebranish amplitudalarini aniqlash uchun vibro yozuvlardan tashqari bevosita
o'lchaydigan vizual asboblardan ham foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: