Ultratovush akustik sinash usuli tovushni konstruksiya materialida tarqalish qonuniyatini o'rganishga asoslangan. Tovush — gazsimon, suyuq yoki qattiq muhitda t o ‘lqin ko'rinishida tarqaladigan elastik muhit zarrachalarining tebranma harakatidir. Elastik toMqinlar chastotasi 20 Gs gacha bo'lgan infratovush, chastotasi 20 Gs dan 20 kGs gacha bo'lgan tovush, chastotasi 20 kGs dan 1000 MGs gacha bo'lgan ultratovush hamda chastotasi 1000 MGs dan ortiq bo'lgan gipertovushlaiga bo'linadi. Beton va sopollarni sinashda chastotasi 20 kGs dan 200 kGs gacha, metall va plastmassalami sinashda chastotasi 30 kGs dan 10 MGs gacha bo'lgan ultratovush tebranishlaridan foydalaniladi. Amaliyotda ultratovush usulidan foydalanishning turli xil yo'nalishlari bor. Bular ichida ultratovush impuls usuli, rezonans usuli, impedans usuli hamda akustika emissiyasi usullari eng ko'p tarqalgan usullardan hisoblanadi. Akustik usullar fizikadan maMum bo'lgan yaxlit muhitlarda to'lqin tarqalish qonuniyatlariga asoslanadi. To'lqinlaming tarqalish shakli ancha murakkab jarayon hisoblanadi, chunki muhitga o'ta tezkor jarayonlar ta’sir etganda turli xil toMqinlar paydo bo'ladi. Ultratovush impuls usulidan foydalanib qurilish konstruksiyalaridagi nuqsonlarni, shuningdek, materialning mustahkamligi, elastik parametrlari, g'ovakligi kabi fizik-mexanik xossalarini aniqlash mumkin. Ultratovush orqali metall konstruksiyalardagi payvand choklarining sifatini tekshirsa bo'ladi. Gap qurilish konstruksiyalaridagi nuqsonlar (дефект)ni ultratovush orqali aniqlash haqida borar ekan, impuls — usul haqida ham to'xtalib o'tishni joiz topdik. Katta o'lchamlik yirik konstruksiyalami sinashda toMqinlar qarshilikli muhitda so'nib borishi tufayli ultratovush usuli yaxshi samara